425
Denverlik Gitanjali Rao bir necha sohalarda, shu jumladan ichimlik suvini topishda
yordam beruvchi qurilma, kiber-bezorilikni sun’iy ong
yordamida aniqlovchi mobil
ilova ixtiro qilib, jamoatchilik nazariga tushgandi.
Gitanjalining aytishicha, u boshqalarni dunyo miqyosidagi muammolarga yechim topa
olishga ilhomlantirishni istaydi. Gitanjali 5000 nafar amerikalik bolalar orasidan 5
finalchi tanlab olingan tanlov g’olibi bo’ldi.
U va qolgan to’rt finalchiga juma kuni TV orqali mukofotlar topshiriladi. Aktrisa va
gumanist Anjelina Joli bilan suhbatda Rao shunday deydi: “Men siz ko’rgan olimlarga
o’xshamayman, TVda men ko’rib o’rgangan olimlar odatda keksa oq tanli erkak
bo’ladi. Maqsadlarim o’zgardi. Endi men nafaqat muammolarga yechim topish, balki
odamlarni ham ilhomlantirishni istayman. Tajribamdan kelib chiqqan holda o’zingga
o’xshagan odam yo’qligini ko’rish osonmas. Binobarin, men shuni qila oldimmi, siz
ham qila olasiz, har kim qila oladi, demoqchiman”.
Time jurnali 1927-yildan “Yilning faxrli insoni”ni aniqlashni yo’lga qo’ygan.
Keyinchalik u “Yil odami”ga o’zgardi. Mana endi “Yil bolasi” nominatsiyasi ham joriy
etildi. O’tgan yili Greta Tunberg 16 yoshida “Yil odami” bo’lgan
eng yosh laureat
bo’lgandi.
1. Berilgan ma’lumotlarni matn asosida to’g’ri yoki noto’g’riga ajrating.
a) Gitanjali Rao Hindistonda tug’ilib voyaga yetgan;
b) Greta Tunberg 15 yoshida “Yil odami” bo’lgan edi;
c) Greta Tunberg mobil ilovalar yaratish bo’yicha mashhurlikka erishgandi;
2. Maqolaga o’zgacha sarlavha tanlang.
3. Maqola mazmunini 3 ta jumla bilan ifodalab bering.
4. Gitanjali Rao nomidan intervyu tayyorlang.
5. Siz shu yoshgacha qanday yutuqlarga erishdingiz?
2-topshiriq
Shoir har kuni aqalli bitta she’r yozishi kerak, adib har
kuni aqalli bitta sahifani
to’ldirishi kerak, degan gaplar yuradi. Chindan ham tikuvchi har kuni aqalli bitta
ko’ylak tikadi. Oshpaz har kuni aqalli bir qozon osh damlaydi. Novvoy har kuni aqalli
426
bir tandir non yopadi… shunday ekan, shoir nega har kuni aqalli bitta she’r yozmasligi
kerak? Shunaqa-ku…
1. Berilgan matnni mantiqiy davom ettiring.
2. Matn qaysi uslubda?
3. Matn qanday vositalar yordamida bog’lanmoqda?
Matnlar asosida berilgan savol va topshiriqlar yordamida o’quvchilarning
matnni
o’qib tushunish darajalari tekshiriladi. To’g’ri-noto’g’ri ma’lumotlarni ajratish orqali
esda saqlash qobiliyatlari sinalsa,
matnga sarlavha tanlash, intervyu tayyorlash kabi
topshiriqlar o’quvchilarni ijodkorlikka, izlanuvchanlikka undaydi. Shuningdek, savol-
topshiriqlarda matnni kengaytirish va qisqartirishga oid ko’nikmalarni shakllantirishga
ham e’tibor qaratilgan.
Bunday ko’rinishdagi topshiriqlardan aynan bir mavzu doirasida emas, butun o’quv
yili
davomida, darsning kirish yoki mustahkamlash qismlarida foydalanish mumkin.
Asosiysi, mashq va topshiriqlar bilan ishlashda asosiy maqsadlardan chalg’imaslik,
o’quvchining nutqiy savodxonligini e’tibordan qochirmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: