Xulosalar.
Bitiruv Malakaviy Ishini bajarish jarayonida bu boradagi mavjud adabiyotlar
yerlarning tuproq va ekologik holatini tahlil qilish natijasida quyidagilarni xulosa
qilish mumkin:
1.Dunyoda tuproq degradatsiyasining quydagi turlari mavjud: texnalogik, tuproq
eroziyasi,sho’rlanish,botqoqlanish,tuproqning ifloslanishi cho’llanish.
2.Tuproq degradatsiyasiga shamol, suv,harorat va antropogen omillar ta’sir
ko’rsatadi.
3.Tuproqning mexanik buzulishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
Tuproqning mexanik buzulishi quyidagilar ta’sirida vujudga keladi.Tuproqlarning
mexanik buzulishi – bu tuproqlarning ustki genetikqatlamlaridan nozik kolloid
zarrachalarni chiqib ketishi bilan belgilanadi.Kolloid zarrachalarni tuproqlarni
ustki qatlamlaridan chiqib ketishi shamol yoki yerni ustki suv oqimi ta’sirida
bo’lishi mumkin.Bundan tashqari yer usti qazilma boyliklarni qazib olishda
86
,o’rmonlarni kesish ,yog’ochlarni tashish va o’rmonlarni yonishida ,gaz va neft
quvurlarini yotqizishda ,qishloq xo’jalik faoliyati davrida ,chorva millarini boqish
va yerlarni shudgor qilish vaqtida tuproqlarni tuproqlarni mexanik buzulishi sodir
bo’ladi.
4.Tuproqning fizik degradatsiyasi.Tuproq fizik xossalarining salbiy tomonga
o’zgarishi ,birinchi navbatta strukturasining va qatlamlarining buzililishi natijasida
suv havo va uzuqa elementlar rejimining yomonlashishi tuproqning fizik
degradatsiyasiga olib keladi.Tuproqning fizik degradatsiyasi tuproqning loyli
mexanik tarkibli bo’lishi ,organik moddaar miqdorining kamayishi ,qishloq
xo’jalik texnikalari faoliyati natijasida yuzga keladi.
5.Tuproqlarning kimyoviy degradatsiyasi. Degradatsiya turlari orasida kimyoviy
degradatsiya tuproq xossalariga ta’siri jihatidan eng xavflisi bo’lib, bunda tuproq
tarkibi o’zgarishiga uchraydi va qayta tiklanishi ham uzoq muddatda katta
iqtisodiy sarf orqali amalga oshiriladi.
6.Tuproqni eroziya natijasida degradatsiyaga uchrash jarayonlari,tuproqni
unumdor qatlami yo’qolishi bilan xarakterlanib,ularsuv orqali yoki shamol
deflyatsiyasi jarayonlari ko’rinishida yuzaga keladi.
7.Cho’llanish jarayonlari tuproqda namlik kamayishi va tuproqda o’simlik
qoplamini yo’qolishi bilan kuzatiladigan jarayon bo’lib, u deflyatsiya ,grunt
suvlarining
joylashish
chuqurligi,quyosh
radiatsiyasining ko’pligi ,havo
haroratining yuqoriligi ,tuproq sho’rlanishi ,yerlardan noto’g’ri foydalanish kabi
bir qator omillar ta’sirida yuzaga keladi.
8.Tuproqlarni degradatsiyasini oldini olishda unga qarshi choralarni qo’llashda
zamonaviy
GAT
texnalogiyalaridan
foydalanish
katta
qulayliklar
tug’diradi.Chunki biz GAT texnalogiyasi yordamida ma’lum bir hududda qanday
jarayonlar borayotganini bilish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
9.Tuproqlarda kechayotgan degradatsion jarayonlarni ixotalash, sug’orish
jarayonlarini to’g’ri tartibga solish ishlarini bajarish tadbirlari orqali degradatsion
jarayonlarni oldini olish va hatto to’xtatish imkoniyatiga ega bo’lishimiz
87
mumkin.Ekin yerlarda sho’r yuvish,ixotalar barpo etish kabi jarayonlar orqali
tuproqdagi degradatsion jarayonlarni oldini olish imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |