G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

1.3.Asab tizimining evolyusiyasi 
Tirik organizmlar hayoti davomida tashqi muhitning turli-tuman ta‘sirlariga 
uchraydilar va ular bunday ta‘sirlarga nisbatan o‗z holatini u yoki bu fiziologik 
reaksiyalar shaklida yoki xulq-atvorini o‗zgartirish bilan javob beradi. Buning


21 
zarurligi shundaki, tirik organizmlar ta‘sirotni qabul qilib olish, ularni qayta ishlash 
va ularga tegishlicha javob berish qobiliyatiga ega. Tiriklikning bunday xossasi 
ta’sirchanlik
deyiladi.
Bir hujayrali hayvonlar ta‘sirotlarga hamma hujayrasi bilan yaxlit javob beradi, 
ko‗p hujayralilarda esa ixtisoslashgan hujayralar, ya‘ni ta‘sirotni qabul qiladigan, uni 
qayta ishlaydigan va impulslarni yuboradigan, organizm faoliyatini boshqaradigan 
neyronlar paydo bo‗lgan. Bunday hujayralar ektodermadan kelib chiqadi va asab 
tizimini shakllantiradi.
Ko‗p hujayrali organizmlar orasida asab tizimi birinchi bo‗lib ichak 
bo‗shliqlilarda paydo bo‗lgan. Evolyusiya davomida asab tizimining 3 ta asosiy tipi: 
diffuziyali, tugunli
va 
trubkasimon
tiplari shakllangan (6-rasm). 
 
6-rasm. Asab tizimi tuzilishining
murakkablashib borishining asosiy bosqichlari. 
I – aniq markazlarga ega bo‗lmagan diffuziyali asab
tizimi. 
II – neyropillari bo‗lgan gangliylar: 
a – neyronlarning tanasi, 
b – neyropildagi neyronlarning o‗simtalari.
III – asab trubkasi. 
 
Diffuziyali asab tizimi
– eng qadimiy va eng sodda bo‗lib, qo‗zg‗atuvchilarga 
nisbatan differensiasiyalashgan reaksiyalarni yaratish imkonini bermaydi. Bunday 
tizim ichakbo‗shliqlilar kabi ko‗p hujayrali organizmlarda (gidra (6-rasm)) bo‗ladi. 
Bunday asab tizimining o‗ziga xosligi uning asab hujayralarining asab tarmog‗iga 
birlashishidadir. Bu tarmoq, hayvonning butun tanasi bo‗ylab diffuziya yo‗li bilan 
o‗tadi, unda qo‗zg‗alishni o‗tkazish turli yo‗nalishlarda bir tekis amalga oshiriladi va 


22 
u, qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko‗rsatgan joydan uzoqlashgan sari sekin-asta so‗nib boradi. 
Tananing har qanday nuqtasiga ta‘sir qilinganda qo‗zg‗alish barcha asab tizimi 
bo‗ylab tarqaladi va hayvon butun tanasining harakatlanishi bilan javob beradi. Bu 
yerda markaziy yoki periferik qismini ajratish mumkin emas. 
Filogenetik jihatdan eng qadimgi sistema 
diffuziyali 
hisoblanadi. U ichak 
bo‗shliqlilarga xos bo‗lib, ularda aniq ko‗rinadigan markazlar bo‗lmaydi. Uni tashkil 
qilgan neyronlar asosan ektodermada joylashgan va ularda ko‗plab bir xil o‗simtalar 
bo‗ladi. Ana shu o‗simtalar yordamida ular bir-biri bilan va tananing 
innervasiyalanadigan hujayralari bilan aloqa qiladi. Diffuziyali asab tizimi anatomik 
tuzilishi bo‗yicha to‗rni eslatadi, uni hosil qilgan neyronlar esa bir vaqtning o‗zida 
ham sensor (sezuvchi), ham effektor funksiyalarga ega – ular ta‘sirotni ham qabul 
qilib oladilar, ham asab impulslarini tananing hujayrali komplekslariga uzatadi. 
Bunday tipdagi asab tizimi uchun umumiy generalizasiyalashgan reaksiya xosdir.
Neyronlar bir-biri va tananing boshqa hujayralari bilan sinapslar orqali 
bog‗lanadi. Bu asab impulslarini yoki maxsus kimyoviy moddalar – mediatorlar 
hisobiga (kimyoviy sinapslar) yoki elektrik potensial hisobiga (elektrik sinapslar) 
o‗tkazadigan maxsus uchastkalardir. Sinapslar asab tizimining universal tuzilmasidir 
va u umurtqasizlar uchun ham, umurtqalilar uchun ham xosdir. Biroq, yuksak 
umurtqalilarda ta‘sirotning jadalligini, sifatini hisobga olishga imkon beradigan va 
integral jarayonlarni amalga oshirishga yordam beradigan kimyoviy sinapslar 
ko‗proq uchraydi. Qo‗zg‗alishni tezroq uzatish kerak bo‗lgan taqdirda elektrik 
sinapslar ishlatiladi.
Erkin suzadigan ichakbo‗shliqlilarda, ayniqsa ancha murakkab xulq-atvorga ega 
bo‗lgan ssifomeduzalarda, neyronlar zont chekkasi bo‗ylab alohida to‗plamlar 
ko‗rinishida birlashadi va asab halqasini hosil qiladi.
Ichakbo‗shliqlilarning asab tizimi ancha oddiy anatomik tuzilgan bo‗lishiga 
qaramay, ushbu hayvonlar ancha barqaror reflekslarni shakllantira oladi va hattoki 
assosiativ xotiraga ham ega. Bu aktiniyalar bilan o‗tkazilgan tajribalarda isbotlangan. 
Ularni tabiiy sharoitdan olib akvariumga solinganida o‗zlarining erkin tabiatdagi 


23 
orientasiyalarini takrorlab bemalol akvariumga joylasha oladilar. Bunga sabab 
ularning ilgari og‗iz teshigi qaysi tomonga yo‗nalganligini eslab qolganliklari bo‗lishi 
mumkin. 
Asab tizimi filogenezining keyingi bosqichi uch qatlamli ikki tomonlama 
simmetrik hayvonlarda (chuvalchanglar, ignaterililar, artropodlar va mollyuskalar) 
tugunli
(ganglionar) 
asab tizimining
paydo bo‗lishi hisoblanadi. 
Gangliylar (tugunlar) – tanasi tugunning periferiyasi bo‗ylab, neyropil deb 
ataladigan ichida esa ularning chirmashib ketgan o‗simtalari joylashgan 
neyronlarning yig‗indisidan tashkil topgan anatomik tuzilmadir (6-rasm).
Neyronlarning ushbu jamlangan shaklidan keyinchalik evolyusiya davomida 
umurtqalilarning asab trubkasi paydo bo‗lgan, deb hisoblanadi. U o‗simtalarning 
neyropildan tugunlarning tashqi tomoniga chiqishi natijasida shakllangan.
Ancha sodda chuvalchanglarda (yassi va yumaloq) gangliylar tananing oldingi 
uchida ovqatni ushlab olish va asosiy sezgi a‘zolari to‗plangan halqumoldidagi asab 
halqasi tarkibida joylashgan. Yassi chuvalchanglarda halqumoldidagi asab halqasidan 
tananing orqa uchiga qarab ikkita yon asab stvollari cho‗zilgan. Ushbu stvollar asab 
tolalarining ko‗ndalang tutami bilan birikkan, ana shu tutashgan joylarda 
neyronlarning tanasi joylashgan. Umumiy ko‗rinishda asab tizimi zinani eslatadi. 
Bosh tugunlarining neyronlari sezgi a‘zolaridan keladigan axborotni qabul 
qiladi, qayta ishlaydi va asab impulslarini muskul hujayralariga uzatadi. Bu 
hayvonlarga sudralish va suzish kabi murakkab bo‗lmagan harakatlarni amalga 
oshirish imkonini beradi. Tanasi metamer segmentasiyaga va har bir segmenti qator 
a‘zolarga ega bo‗lgan halqasimon chuvalchanglarda asab tizimining markaziy bo‗limi 
rolini bajaradigan bosh tugunlaridan tashqari qornida juft gangliylar zanjiri mavjud. 
Ushbu gangliylar o‗zaro asab tolalarining ko‗ndalang va bo‗ylama tutamlari bilan 
bog‗langan (7-rasm). 
Ushbu chuvalchanglarda turli-tuman reseptorlar (xemoreseptorlar, fotoresep-
torlar, muvozanat reseptorlari, sezish, og‗riq reseptorlari va bosimni sezishga imkon 
beradigan baroreseptorlar) mavjud va ularning boshidagi asab tuguni yirik bo‗lib, 


24 
bosh miya rolini bajaradi. Asab tizimi va mushakmushaklarning rivojlanganligi 
hisobiga halqalilar turlicha hayot kechiradilar va turli o‗simlik va hayvon ozuqalarini 
ishlatadi. Ularga refleksning barcha tiplari xos, ularni shartli reflekslarga o‗rgatish 
mumkin va ular assosiativ xotiraga ega. Ana shunday xotira hisobiga ular nisbatan 
murakkab xulq-atvorni namoyon qiladilar.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish