Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/197
Sana28.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#712596
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   197
Bog'liq
2-1053

 
Nazorat savollari: 
1.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar tushunchasi. 
2.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasini tushuntirib bering. 
3.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi. 
 
10.2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash usullari va 
vositalari 
Elektromagnit 
nurlanish 
indikatorlari 
qo‘shimcha 
elektromagnit 
nurlanishlarni 
aniqlash va nazoratlash 
uchun 
ishlatiladi. 
Indikatorning 
soddalashtirilgan sxemasi 10.4-rasmda keltirilgan. 


256 
Yuqori chastota 
kuchaytirgichi
Busaga 
qurilmasi
Indikator
Amplituda 
detektori
Past chastota 
kuchaytirgichi
10.4-rasm. Elektromagnit nurlanish indikatorining sxemasi 
Asbob fazoning ma’lum nuqtasidagi elektromagnit nurlanishlarni qaydlaydi. 
Agar ushbu nurlanishlarning sathi bo‘sag‘a nurlanishdan oshib ketsa tovush yoki 
nur yordamida ishlovchi ogohlantiruvchi qurilma ishga tushadi. Demak, ushbu 
joyda yashirincha o‘rnatilgan radio qurilmasi (radiozakladka) mavjud. 
Indikatorning ishlash prinsipi quyidagicha. Indikator sxemasida tashqi 
signallar fonida test akustik signalini ajratishga imkon beruvchi past chastota 
kuchaytirgichi 
va 
radiokarnay 
mavjud. 
Test 
akustik 
signal 
bilan 
modulyatsiyalangan 
nurlanishni 
indikator 
antennasi 
qabul 
qiladi 
va 
kuchaytirilgandan so‘ng radiokarnayga uzatiladi. Radiozakladka mikrofoni bilan 
indikator radiokarnayi orasida xushtakni eslatuvchi tovush signali ko‘rinishida 
namoyon bo‘luvchi musbat teskari bog‘lanish o‘rnatiladi. Bu akustik teskari 
bog‘lanish yoki "akustik bog‘lanish" rejimi deb ataladi. 
Elektromagnit maydon indikatorlari quyidagi ko‘rsatkichlari bilan 
xarakterlanadi: 

chastotaning ishchi diapazoni; 

sezuvchanlik; 

zakladkani topish radiusi; 

ta’minot manbai xili; 

zakladkani qidirish rejimida avtonom ishlash vaqti; 


257 

indikasiya xili. 
Zamonaviy indikator D-008 ning ko‘rinishi 10.5 - rasmda keltirilgan. Asbob 
ishlashining ikkita rejimi mavjud: 

radionurlantiruvchi zakladkani qidirishga mo‘ljallangan maydonni 
aniqlash; 

yashirincha tinglovchi qurilmalarni qidirishga mo‘ljallangan simli 
liniyalarni taxlillash. 
Ushbu asbob modulyatsiya xiliga bog‘liq bo‘lmagan holda zakladkalarni 
aniqlaydi. Aniqlash radiusi nurlanish quvvatiga, zakladka ishlashi chastotasiga, 
tekshiriluvchi xonadagi elektromagnit ahvolga bog‘liq. Zakladka quvvati 5 mVt 
bo‘lganida aniqlash radiusi taxminan 1m ga teng bo‘ladi. 
10.5-rasm. D-008 indikatori 
Akustik teskari bog‘lanish rejimi qurilmaning lokal elektromagnit maydon 
ta’sirida yanglish ishlashini bartaraf etish va o‘ziga xos tovush signali bo‘yicha 
zakladkani aniqlash imkoniyatini beradi. Qurilma 50­1500 mGs chastota 
diapazonida ishlaydi. 
Radiochastotomerlar 
elektromagnit 
nurlanishning chastota bo‘yicha 
bo‘sag‘aning oshib ketishini qaydlaydi. Zakladkani qidirish xonani reja asosida 
radiochastotomer bilan aylanish yo‘li orqali amalga oshiriladi va zakladka bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan joy tekshirilayotgan xonaning ma’lum nuqtasidagi signalning 
maksimal sathi bo‘yicha aniqlanadi. Nurlanish aniqlanganda displeyda olingan 
signal chastotasi ko‘rsatiladi, tovush yoki yorug‘lik orqali xabar beriladi. 
Radiochastotomerlarning ba’zi xillari axborotni yuqori chastotada liniya 
orqali uzatuvchi zakladkalarni aniqlashda qo‘llaniladi. Niyati buzuqning texnik 


258 
vositasining uzatish chastotasi 40-600 KGs (ba’zida 7 MGs gacha) diapazonda 
bo‘ladi. 
RICh-3 chastotomerning (10.6-rasm) ishlash prinsipi radiosignallarni keng 
polosali detektirlashga asoslangan. Bu esa ixtiyoriy modulyatsiyali radiouzatuvchi 
qurilmalarni aniqlash imkoniyatini beradi. 
Asbob ikkita rejimda ishlaydi:qidirish va qo‘riqlash.
Qidirish 
rejimi 
radiomikrofonlar, 
telefon 
radiotranslyatorlar, 
radiostetoskoplar, yashirin videokameralar o‘rnatilgan joylarni aniqlashda 
ishlatiladi. Undan tashqari radiostansiyalar va radiotelefonlarni ruxsatsiz ishga 
tushirilganligini aniqlaydi. 
10.6-rasm. RICh-3 chastotomeri 
Qo‘riqlash rejimi begona radionurlanish manbasini paydo bo‘lish onini 
qaydlashga va trevoga signalini uzatishga imkon beradi. 
RICh-3 asbobi chastota o‘lchanishining yuqori aniqligida (0,002%), 
chastotaning 100-3000 MGs diapazonida ishlaydi. 
Skanerlovchi priemniklar transportda tashiladigan va qo‘lda olib 
yuriladiganlarga bo‘linadi. Maydon indikatori va radiochastotomerlarga o‘xshab, 
skanerlovchi priemniklar axborot sirqib chiquvchi kanallarni aniqlashda 
qo‘llanilishi mumkin. 
10.7-rasmda Winradio skanerlovchi priemnikning tashqi ko‘rinishi 
keltirilgan. Ushbu priemnik kompyuterning 16-bitli slotiga o‘rnatiladigan karta 
ko‘rinishida yasalgan (10.8-rasm), bu esa uning ketma - ket portlar orqali 


259 
ulanadiganlariga nisbatan imkoniyatlarini orttiradi. 
Winradio 1000 modeli 500 kGs dan 1300 mGs gacha chastotalarda ishlaydi 
va turli modulyatsiyali signalni qabul qilishi mumkin. Dasturiy boshqarish 
sichqoncha va klaviatura yordamida qurilma resurslarini operativ boshqarishga 
imkon beradi. Boshqarish paneli monitor ekranida akslantiriladi. Tezligi – 50 
kanal/s, chastota bo‘yicha o‘zgartirish qadami 1 kGs dan to 1 mGs gacha. 
10.7-rasm. Winradio skanerlaydiganqabul qiluvchi qurilma 
10.8-rasm. Winradio skanerlovchi priemnikning kompyuterga o‘rnatish 
Winradio Communication firmasi radiopriemniklari komplekti tarkibiga 
boshqarishning quyidagi dasturiy vositalari kiradi: 

bazaviy dasturiy ta’minot; 

qo‘shimcha dasturiy ta’minot; 

skanerlash rejimini amalga oshirishiga imkon beruvchi dasturiy ta’minot. 
Bazaviy dasturiy ta’minot priemnik ishlashini boshqaruvchi asosiy 
boshqarish dasturi bo‘lib, quyidagi masalalarni hal etadi: priemnikni ish 
chastotasiga va ishlash rejimiga o‘rnatish, skanerlash parametrlarini belgilash va 


260 
natijalarini akslantirish, ish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish. 
Qo‘shimcha dasturiy ta’minot priemnikning funksional imkoniyatlarini 
kengaytirishga imkon beradi: 

Digital Suite dasturi signalning vaqt va chastota xarakteristikalarini 
taxlillashga, turli standartlardagi signallarini ishlashga, hamda audio - signallarini 
WAV – formatda qattiq diskga yozishga imkon beradi. Signallarni taxlillash va 
ishlash muolajalarini amalga oshirishda kompyuterning standart tovush kartasidan 
foydalaniladi. 

Datebase 
dasturi 
ixtisoslashtirilgan 
ma’lumotlar 
bazasining 
shakllanishini ta’minlaydi. Dastur tarkibiga butun dunyo bo‘yicha uch yuz 
mingdan ortiq qaydlangan chastotalarini, manzil mamlakati, geografik 
koordinatlari ko‘rsatilgan radiostansiyalar xususidagi axborotli ma’lumotlar bazasi 
kiradi. 
Skanerlashning ko‘pgina algoritmlari mavjudki, ularning asosiy vazifalari 
quyidagilar: 

agar qabul qilinadigan signal sathi berilgan bo‘sag‘adan oshsa skanerlash 
to‘xtatiladi. Operator tovush yoki nur orqali ogohlantiriladi. 

signal aniqlanganda skanerlash to‘xtatiladi va signal yo‘qolganida 
skanerlash qaytadan boshlanadi; 

signalni taxlillash vaqtida skanerlash to‘xtatib turiladi va skanerlash 
rejimi ishga tushirilganda davom ettiriladi; 

qo‘l yordamida skanerlash – priyomnikni sozlash operator yordamida 
amalga oshiriladi. 
Qo‘shimcha dasturiy ta’minot chastotalari ma’lum radiozakladkalarni 
qidirishda ishlatiladi. Bunda ba’zi skanerlovchi priemniklarda modulyatsiyaning 
berilgan xili va ustivor kanallar bo‘yicha skanerlash ko‘zda tutilgan. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, shaxsiy kompyuterlarning aniqlash qurilmalari 
bilan kompleksda ishlatilishi signallarni aniqlash va taxlillash bo‘yicha 
imkoniyatlarni jiddiy kengaytiradi. "Skanerlovchi priemnik + shaxsiy kompyuter" 
komplekti avtomatlashtirilgan qidiruv kompleksining oddiy misoli hisoblanadi. 


261 
Yanada murakkab tizimlar ham shaxsiy kompyuter va skanerlovchi priemnik 
asosida quriladi, ammo ular kompleksning tezkorligini hamda funksional 
imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘shimcha bloklarga ega. 
Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qidiruv 
kompleksi ishlashini "Nelk" firmasining "KRONA" va "KRONA Pro" 
komplekslari misolida ko‘ramiz. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish