263
10.3. Ob’ektlarni injener ximoyalash va texnik qo‘riqlash
Axborot
manbalarini
fizik
ximoyalash
tizimi
niyati
buzuqning
ximoyalanuvchi axborot manbalariga suqilib kirishini oldini oluvchi hamda tabiiy
ofatdan, avvalo yonG‘indan, ogoxlantiruvchi vositalarni o‘z ichiga oladi.
Injener konstruksiyalar
taxdid manbalarini
axborot manbalari tomon
xarakati (tarqalishi) yo‘lida ushlab qoluvchi to‘siqlarni yaratadi. Ammo axborotni
himoyalashni ta’minlash uchun taxdidlarni niyati buzuqning va tabiiy ofatning
himoyalanuvchi axborotli manbaga ta’siridan oldin neytrallash zarur. Buning
uchun
taxdid
neytrallash vositalari
tomonidan aniqlanishi va oldi olinishi zarur.
Bu masalalar
axborot manbalarini texnik qo‘riqlash
vositalari
tomonidan hal
etiladi.
Axborotga taxdidlarning turlari va ro‘y berishi vaqtining noaniqligi,
axborotni himoyalovchi vositalarining ko‘p sonliligi va turli – tumanligi, favqulot
vaziyatlardagi vaqtning tanqisligi
axborotni fizik himoyalash vositalarini
boshqarishga
yuqori talablar qo‘yadi.
Boshqarish qo‘yidagilarni ta’minlashi lozim:
axborotni himoyalashning umumiy prinsiplarini amalga oshirish;
axborotni fizik himoyalash tizimini va uni sirqib chiqishidan himoyalash
tizimini yagona doirada ishlashini muvofiqlashtirish;
axborotni himoyalash bo‘yicha operativ qaror qabul qilish;
himoya choralarining samaradorligini nazoratlash.
Fizik himoyalash tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar axborotni
himoyalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. Ammo yo‘riqnomalarda
barcha vaziyatlarni hisobga olish mumkin emas.
Fizik himoyalash tizimining
vositalari vaqt tanqisligi sharoitida notipik vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘g‘ri
xulosa qabul qilinishini ta’minlashi lozim.
Axborotni ximoyalash uning samaradorligini nazoratlamasdan amalga
oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, boshqarish tizimining muxim vazifasi
ximoyalash bo‘yicha choralarni turli xil nazoratlashni
tashkil etish va amalga
264
oshirishdir.
Fizik ximoyalash tizimining tarkibi turli – tuman: oddiy qulfli yog‘och
eshikdan to qo‘riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha. Fizik ximoyalash
tizimning umumlashtirilgan sxemasi 10.11-rasmda keltirilgan.
Ob’ektlarni injener himoyalash va texnik qo‘riqlash zaruriyati statistika
orqali
tasdiqlanadi, ya’ni suqilib kirishlarning 50% dan ko‘prog‘i xodimlar va
mijozlar tomonidan erkin foydalaniladigan ob’ektlarga amalga oshirilsa, faqat 5 %
kuchli qo‘riqlash rejimli ob’ektlarga amalga oshiriladi.
Niyati buzuqlarning suqilib kirishlari yashirincha,
instrument yordamida
yoki portlatish orqali injener konstruksiyalarini mexanik buzish bilan amalga
oshirilishi mumkin. Ba’zi xollarda suqilib kirishlar qorovullarni neytrallash bilan
xarbiy xujum ko‘rinishida amalga oshiriladi.
10.11-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining strukturasi
Axborotni injener ximoyalashni quyidagilar ta’minlaydi:
niyati buzuqning va tabiiy ofatning axborot manbalariga (yoki
qimmatbaho narsalarga) qarab harakat qilishi mumkin bo‘lgan yo‘ldagi
tabiiy va
sun’iy to‘siqlar;
foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlarning to‘suvchi
qurilmalari.
Axborot manbaini fizik himoyalash
tizimi
Axborot manbaini injener
himoyalash
Axborot manbaini fizik himoyalash
vositalarini boshqarish
Axborot manbaini texnik
qo’riqlash