13-Mavzu: Tayyor buyumlarga ishlov berish texnologiyasi
Ishdan maqsad:
Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalar asosida tayyor
buyumlarga ishlov berish texnologiyasini o’rganish.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
:
1. O'tirib va tik turib teshiklar o'yish.
2. Quloqcha va turumlar uchun yasalgan detallami randalash va
rejalash ishlari sifatini
tekshirish, quloqcha va turumlami arralash, o'yish.
3. Quloq va turum shaklidagi burmalarni yig‘ish, bir-biriga moslash.
4. To‘rtburchak va yumaloq mixlar tayyorlash.
5. Mix cho‘plami yelim yordamida o‘rnatish.
6. Buyumlar tayyorlash: ramka,
kiyim ilgich, eshik va deraza kesakilari.
ISHNING NAZARIY QISMI:
Tayyorlanadigan buyumlar: ramka, duradgor guniyasi,
kiyim ilgich, eshik va deraza
kesakillari. Ramkalar quyidagi tartibda tayyorlanadi.
1. Ramkalar uchun mos yog‘och tanlanadi va brusoklar tayyorlanadi.
2. Tirnoq va quloqlar rejalanadi.
3.
Quloq ochiladi, tirnoq va gul chiqariladi.
4. Birikmani xomaki yig‘ib, jipsligi ta’minlanadi.
5. Detallar yelimlab biriktiriladi.
6. Pardozlanadi.
Ramkalar shumtol, eman, yong‘oq, chinor kabi chiroyli naqshli yog‘ochlardan
tayyorlanib loklanadi yoki politurlanadi. Tabiiy guli yaxshi bilinmaydigan yog‘ochlardan
tayyorlanganda bo‘yaladi.
Tanlangan yog‘ochlarni randalab brusoklar tayyorlash 1-texnologik karta asosida
bajariladi.
Ramkalar har xil o‘lchamli qilib tayyorlanadi. Qismlarning‘
bir-biriga mos kelishini
ta’minlash uchun ko‘pincha ramkalarning eni bo‘yiga nisbatan uzunlikda tayyorlanadi.
Brusoklarning eni qalinligidan kamida bir yarim barobar ortiq qilib olinadi. Ramkalarning
o‘lchamiga qarab brusoklar alohida-alohida randalanishi yoki bir butun tayyorlanib, detallarning
o‘lchamiga qarab qirqib olinishi mumkin.
Tirnoq va quloqlarni rejalashda ramkalarning tirnoqli yoki tirnoqsiz qilib bog‘lanishidan
qat’iy nazar, oyna o‘rni uchun zakrov ochiladi. Shuning uchun
rejalashda zakrovni hisobga
olinadi. Ramkalarning bet qismidan faska, gul chiqarilishi yoki chiqarilmasligiga qarab qismlar
to‘g‘ri tirnoqli qilib yoki porsu usulida biriktirilishi mumkin.
Rejalash aniq chiqishi uchun har bir detal alohida-alohida rejalanmasdan bir xil
o‘lchamdagilar
birgalikda rejalanadi, reja chizig‘ini qolgan tomonlarga ko‘chirish alohida-alo-
hida bajariladi.
Tirnoq chiqarish va quloq ochish rasmda ko‘rsatilganidek olib borilib, so‘ngra zakrov
ochish, gul chiqarish ishlari bajariladi.
Detallar tayyor bo‘lgandan so‘ng ularni xomaki yig‘ib,
birikmaning jipsligi
ta’minlangach, qayta yelimlab biriktiriladi.
Birikma qurigandan kyoyin tirnoq va quloqlarning tashqi qismlari randalanib
tekislanadi, sirt jilvirlab silliqlanadi. Talab etilishiga qarab gruntovka
qilinib loklanadi yoki
beytslar surtilib politurlanadi.
Tayyor ramkaga bitta yoki ikkita osma o‘rnatilib kerakli joyga ilinadi