1.3. Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan
foydalanishning avfzalliklari, qulayliklari hamda o‟ziga xos yuziga
keladigan murakkabliklari
Autodesk kompaniyasining AutoCAD tizimi hozirgi davrda avtomatik
loyihalashning
xalqaro
standarti
hisoblanadi.
AutoCAD
dasturining
yaratilganligiga 30 yildan oshgan bo‘lsa-da, avtomatik loyihalash dasturlari
orasida hanuzgacha mashhurligicha qolmoqda. Chunki AutoCAD dasturi
mukammal va ommabop dastur bo‘lib, u har qanday turdagi sxema va
chizmalarni yaratishda yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur
dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalgam oshirishga
yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutahassislar, olimlar, muhandislar va
talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida AutoCAD tizimidan
foydalanishlari oddiy holatga aylanib bormoqda.
AutoCAD dasturi nafaqat muhandislar uchun qulay bo‘libgina qolmay
balki, o‘zining bir qator afzallik tomonlari bilan chizmachilik darslarini
samaradorligini oshirishda anchayin qulayliklar tug‘diradi. Bulardan biri undagi
aniqlik
bo‘lib hech bir dasturda AutoCAD dasturichalik aniqlikda chiza
olmaymiz. Aniq buyruq asosida chizilgan chizma o‘zining aniqligi bilan boshqa
dasturlarda ishlangan chizmadan yaqqol ajralib turadi. Yana bir muhim afzallik
tomonini hisobga olib, uning birgina AutoCAD dasturida bir vaqtning o‘zida
tekislik va hajmda ishlay olish imkoniyatiga ega ekanligimiz, biz
o‘qituvchilarga dars samaradorligini oshirish uchun katta qulaylik yaratadi.
O‘quvchilarga chizmani tushuntirib bo‘lgan o‘qituvchi, o‘tilgan mavzu bo‘yicha
ularning tasavvurlarini kengaytirish maqsadida buni AutoCAD ning 3D qismida
ya‘ni hajmda o‘quvchilarga ko‘rsatib berish imkoniyati mavjuddir(masalan
proyeksion chizmachilik bo‘limining ko‘rinishlar, qirqimlar mavzularida qo‘l
keladi). Bu esa darsni to‘g‘ri va to‘laroq tushunganlar sonini ortishiga olib
keladi. O‘quvchi chizilgan detalning yaqqol tasvirini ko‘rgach mavzuni unda
tug‘ilgan savollarga o‘zi javob topadi. Bularning bari o‘quvchining fazoviy
tasavvurini kengaytirishiga, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlariga olib keladi.
AutoCAD-tizimlаridа
uch o‗lchаmli оbyеktlаrni yarаtish uchun
mоdеllаshning аsоsаn uch: kаrkаsli, sirtli vа qаttiq jismli mоdеllаsh usullаridаn
fоydаlаnilаdi; ulаrning hаr biri rеаl оbyеktlаrni rеаllikning hаr xil dаrаjаsidа
yarаtish imkоnini bеrаdi:
Kаrkаsli mоdеllаsh
. Ushbu mоdеldа оbyеktning fаqаt qоburg‗аlаri tаqdim
etilаdi, uning qirrаlаri аniqlаnmаydi, shuning uchun mоdеl shаffоf
bo‗lаdi. Kаrkаsli mоdеldа hаjm tushunchаsi bo‗lmаydi.
Sirtli mоdеllаsh
. Bu mоdеldа оbyеktning qоburg‗а vа qirrаlаri аniqlаnаdi,
u kаrkаsli mоdеlgа nisbаtаn аniqrоq bаyonni tа`minlаydi. Mоdеl shаffоf
emаs, оldindаgi qirrаlаr оrtdаgi qirrаlаrni bеrkitib turаdi. Sirtli mоdеl
hаjmgа egа, lеkin mаssаni hisоbgа оlmаydi, chunki mоdеl dеvоrlаri
qаlinligi hisоbgа оlinmаydi.
Qаttiq jismli mоdеllаsh
. Bu mоdеl оbyеktni hаqiqаtgа yaqin bаyon qilish
imkоnini bеrаdi. U оbyеktning tаshqi qirrаlаri vа qоburg‗аlаri hаqidа
bаtаfsil infоrmаtsiyani bеrаdi hаmdа uning ichki strukturаsini bаyon
qilаdi. Qаttiq jismli mоdеl hаjm vа mаssаgа egа vа mаtеriаl
xаrаktеristikаsini hisоbgа оlаdi.
Uch o‗lchаmli mоdеllаsh quyidаgi imkоniyatlаrni tа`minlаydi:
mоdеlni fаzоning istаlgаn nuqtаsidаn ko‗rib chiqish;
mоdеl kеsimini bаjаrish;
mоdеlning ikki o‗lchаmli chizmаlаrini аvtоmаtik tаrzdа bаjаrish;
mоdеlning rеаl аksini оlish;
mаtеriаl xаrаktеristikаlаri vа tаshqi yoritishni qo‗shish.
AutoCADdа uch o‗lchаmli fаzоdа ishlаsh uchun kоmаndаlаr mаvjud, ulаr
yordаmidа uch o‗lchаmli оbyеktlаrni mоdеllаsh, mаtеriаlni bаyon qilish vа
yoritishni o‗rnаtish mumkin. AutoCAD 2007 dа uch o‗lchаmli mоdеllаsh uchun
qulаy mаxsus intеrfеysi mаvjud.
Bugungi kunda ta‘lim jarayonini sifatli va zamon talablariga javob bera
oladigan shaklda tashkil etish kuning dolzarb masalaridan hisoblanadi. Oily
texnika o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan muhandislar kelajakda Respublikamiz
iqtisodiyotiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassis kadr sifatida kamol topishi uchun
barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu maqsadda maktabdan to oily ta‘lim
muassasasigacha
bo‘lgan
ta‘limtizimi
jahon
andozalari
asosida
modernizatsiyaqilindi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta‘lim jarayonida Kompyuter
texnikasi va vositalarini qo‘llash hamda ulardan samarali foydalanish zarur.
Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, talabalarda grafik
topshiriqlarni bajarishda ro‘y beradigan xatoliklarning bir xildaligi aniqlandi. Bu
muammoning maqbul yechimini topishda kompyuterlashtirilgan o‘qitish tizimini
tashkil etish maqsadga muvofiq. Zamonaviy kompyuterlar o‘qituvchi uchun texnik
yordamchi vosita sifatida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning beqiyos
imkoniyatlaridan kengroq foydalanish zarur. Amaliy daturlar paketi o‘qituvchidan
kompyuterni mukammal bilishni va ishlashni talab etmaydi. Shunday ekan,
bugungi kunda muammolarni bartaraf etish o‘quvchilardan ta‘lim samaradorligini
oshirish uchun darsga boshqacha, ya‘ni zamonaviy yondashishni talab etmoqda.
Bugungi kun talabalarining grafik savodxonligini rivojlantirish dolzarb
masala hisoblanib, uni hal etish uchun quyidagilarga amal qilish lozim bo‘ladi:
-
―Chizma geometriya va muhandislik grafikasi‖ fanini o‘qitishda
zamonaviy Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;
-
grafik topshiriqlarni takomillashtirish (murakkablik darajalariga
ajratish);
-
garafik topshiriqlarni bajarish bo‘yicha multimediali uslubiy ko‘rsatma
yaratish va foydalanishni tashkillashtirish;
-
talabalarning fazoviy tasavvurini shakillantirish;
-
shakllanga fazoviy tasavvur asosida ijodiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish.
Yuqorida sanab o‘tlgan vazifalarni bajarish natijasida talabalarning fanga
bo‘lgan munosabati o‘zgaradi.
―Chizma geometriya va muhandilik‖ fanidan topshiriqlar to‘plamining
elektron variantini yaratish va uni ta‘lim jarayonida bevosita qo‘llash lozim.
Ayniqsa, mustaqil ta‘lim jarayonida talabalar grafik topshiriqlarni bajarishda
electron darslikning topshiriqlar to‘plami bo‘limiga ko‘proq murojaat qiladilar va
mavzular bo‘yicha grafik topshiriqlarni bajarish jarayonida muammoga duch
kelsalar, shu Mavzu bo‘yicha multimediali animatsion bajarilish namunasidan
foydalanishlari mumkin.
Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan har doim ham
foydalnish biz kutgan natijani beravermaydi. Asosan chizmachilik darslarini
o‘tilishdan maqsad – talabalarga kelajakda o‘zlarining texnik fikrlarini chizma
orqali namoyon qilish, tasvirlangan har qanday buyum, yoki ob`ektlarning
chizmasi bo‘yicha ishlash printsipi va konstruktiv tuzilishini tushunib olish va
tasavvur qila olish uchun bilim, ko‘nikma va malaka berishdan iborat.
Chizmachilik fanida buyum va inshootlarni grafik tasvirlash metodlarini
o‘rganishga oid bo‘lgan asosiy qoidalar, tegishli standartlar hisobga olingan holda
bayon etiladi. Agar biz AutoCAD dasturini chizmachilik fanlarida doimo qo‘llab
boradigan bo‘lsak, o‘quvchilar chizmalar chizish qoidalarini va mazmunini
tushunishdan chetda qolishlari bizga yaqqol ayon. Shuning uchun ham AutoCAD
dasturini ba‘zi mavzulardagina dars samaradorligini oshirish, dars jarayonini
o‘quvchilarning mavzuni tushunishlarini tezlashtirishni maqsad qilib olgan
holdagi-na, o‘qituvchi uchun texnik yordamchi vosita sifatida qarab foydalanish
o‘rinli.
Misol qilib oladigan bo‘lsak chizmachilik faninning ―geometrik
chizmachilik‖ bo‘limidagi mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishda AutoCAD
dasturidan foydalanish umuman noo‘rin. Sababi ushbu bo‘lim chizmachilik
faninning dastlabki bo‘limlaridan biri bo‘lganligi uchun quyidagi mavzular:
aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, tutashma bajarish qoidalari, oval va ovoid
yasash tartibi, Lekalo egri chiziqlari – algebraic va transcendent eri chiziqlar,
masalan ikkinchi tartibli egri chiziqlarni yasash qoidalari, sikloida, episikloida,
sinusoida, kosinusoida, spiral, o‘ramalarni chizish tartiblari shu bo‘limdan joy
olgan. Yuqoridagi mavzularni AutoCAD dasturida o‘tish o‘qituvchi uchun qulay
bo‘lishi, vaqtni tejashi mumkin, ammo bunday holatda o‘qituvchi o‘z oldiga
qo‘ygan asosiy maqsadiga erisha olmaydi, o‘quvchilar chizmalarni faqatgina ko‘r-
ko‘rona bajarishi natijasida ularning savodsiz bo‘lib qolishlariga olib keladi. Bu
bo‘limni bilish esa chizmachilik fanining qolgan bo‘limlarining asosi sifatida
qaraladi, hamda chizmachilikning hamma bo‘limlari chambarchas bog‘liqligini
hisobga olgan holda buni o‘quvchi qo‘lda oddiy o‘quv qurollari yordamida
chizgani ancha natija beradi: o‘quvchi mavzu haqida ko‘proq bilimga ega bo‘ladi,
chizma chizishda malakasi oshib unda shu mavzu yuzasidan ko‘nikma hosil
bo‘ladi. Pedagog darslarda AutoCAD dasturidan foydalanishdan avval yuqoridagi
bilimlarni o‘quvchiga nazariy jihatdan mukammal egallashlari shundan keyingina
dasturdan foydalanishi masadga muvofiqdir.
Chizmachilik fanining qolgan ba‘zi bo‘limlarida ham shunday holatlar
uchrashi mumkin, bunda pedagog qaysi mavzuda dasturdan foydalanishi muhim
ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchidan dasturdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish
mahoratiga ega bo‘lish uchun undan pedagogik bilim, yillar davomida oshirib
kelayotgan malakasiga ega bo‘lishi, tanlangan dars uchun mukammal dars
ishlanmasi ishlab chiqqan bo‘lishi, yaxshi natijaga erishishiga ishonch talab etiladi.
Yuqorida keltirilgan misolni AutoCAD dasturining kamchiligi deb qaray
olmaymiz. Chunki dastur o‘quvchiga dars berish maqsadida emas balki
muhandisning ishini osonlashtirish va aniq chizmalar asosida talabga javob
beradigan loyihalar ishlab chiqilishi maqsadida yaratilgan
.
Bizga ma‘lumki AutoCAD dasturining 3D panelidan hajmli ob‘yektlar
ustida ishlagandagina foydalanamiz. Biz chizmachilik o‘qituvchilari uchun
AutoCAD dasturining 3D bo‘limi detallarning yaqqol tasvirini o‘quvchilarga
ko‘rsatishda juda qo‘l keladi. Biz dasturning ushbu oynasida prizma, uchburchakli
prizma, silindr, konus va shunga o‘xshash sirtli shakllarni bemalol qurishimiz
mumkin. Ammo detallarni qirqib ko‘rsatish kerak bo‘lib qolganda biz tayyor
tekislik bilan emas o‘quvchilarga uni prizma orqali kesib ko‘rsatishga majbur
bo‘lamiz.
a) b)
c)
d)
Bundan ko‘rinib turibdiki AutoCAD(2006 va 2007) dasturida biz tekislikni
ko‘rsatib bera olmaymiz. Natijada chizma geometriya va shunga o‘xshash
fanlarida dasturdan foydalanish biroz noqulaychiliklar tug‘dirishini xulosa
qilishimiz mumkin. Chunki chizma geometriya fanidan biz asosan to‘g‘ri chiziq,
tekislik va shunga o‘xshash shakl va sirtlarning o‘zaro vaziyatini o‘rganamiz,
pozitsion va metrik masalalar ishlaymiz. Ammo bunday noqulayliklarni yuqorida
keltirilib o‘tilgan misol kabi qo‘lda tuzatish imkoniyatiga egamiz. Nafaqat tekislik
balki to‘g‘ri chiziqlar ustida bazariladigan amallarda ham shunday muammmolar
yuziga keladi.
Yana bir murakkablik tutashma bajarishda yuziga keladigan muammmo.
Tutashma mavzusida biz nuqta bilan aylanani, ikkita aylanani, to‘g‘ri chiziqlarni
berilgan radius orqali qoidasi asosida osonlikcha tutashtira olamiz. dastur esa bizga
buni avtomatik tarzda quyidagi funksiya – ―
‖ orqali osonlikcha bajaramiz.
Istisno tariqasida shuni eslatib o‘tish kerakki dastur bizga aylana bilan nuqtani
berilganaylana radiusi bilan tutashtirib bera olmaydi. Bunday noqulaylikni ham
o‘zimiz yuqorida aytib o‘tganimdek qo‘lda bajarishga majbur bo‘lamiz. Bunday
murakkabliklar ustida ishlash haqida bitiruv malakaviy ishimning III – bob, 2.2
qismida ko‘rsatib o‘taman.
II BOB.
Do'stlaringiz bilan baham: |