“ Tasdiqlayman ”



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana28.06.2022
Hajmi2,05 Mb.
#711846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
chizmalarni auto cad dasturining uch olchamli funksiyalarini orgatish metodikasi

 
 
II BOB. 
CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURNING UCH O‟LCHAMLI 
TASVIRLAR BAJARISHNING METODIK ASOSLARI
2.1. Chizmachilik darslarida grafik dasturlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish 
metodikasi
………………………………………………………………………………. 35
2.2. Chizmalarni AutoCAD dasturida chizishda dasturning mavjud murakkablarini qo‘lda 
chizishga moslashtirish (o‘rgatish) usullari
.……………………………………………. 43 
2.3. Chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo‘limida Auto CAD dasturining 
uch o‘lchamli funksiyalarini qo‘llash va uning ahamiyati
………………………………53
III BOB. 
CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURINING UCH O‟LCHAMLI 
FUNKSIYALARIDAN FOYDALANIB O‟QITISHDA
TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1. Chizmalarni AutoCAD dasturining uch o‘lchamli funksiyalarini o‘rgatish yuzasidan 
tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
……………………………………………………….58
3.2. Kasb-hunar kolejlarida chizmachilik darslarining ―Aksonometrik proyeksiyalar‖ 
mavzusiga Auto CAD dasturining uch o‘lchamli modellash interfeysidan foydalanib 
samarali dars tashkil etish
………………………………………………………………..60
3.3. Tajriba-sinov ishlarining natijalari
…………………………………………………..66
Umumiy xulosalar………………………………………………………………...68 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...71 
Ilovalar……………………………………………………………………………72 
 
 
 


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga 
erishgandan so‘ng iqtisodiy, ijtimoiy ma‘naviy sohalarda, ayniqsa ta‘limni isloh 
qilish borasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Oliy 
Majlisning qabul qilingan ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun O‘zbekistonda ta‘lim 
tizimini rivojlantirish borasidagi asosiy yo‘nalishini belgilab berdi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi — ta'lim sohasini tubdan 
isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la 
xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va 
ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning Milliy 
tizimini yaratishdan iborat. Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, uddaburon, 
ishning ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va 
yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglar oldida 
turgan eng muxim va mas'uliyatli vazifadir. Hozirda bunday ulkan vazifani sharaf 
bilan bajaradigan, zamonaviy va jahonning eng ilg‘or ta'lim texnologiyalari bilan 
qurollangan pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kundan—kunga ortib bormoqda. 
Bunda o‘qituvchi (yoki muallim)ning vazifasi insonlarga yangi bilim va 
ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirishdan va insonlarning o‘zida mavjud bo‘lgan 
bilim hamda ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat. 
Ta‘lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish o‗quv jarayonida 
o‗quvchilarni faqat nazariy bilimlari bilan cheklanib qolmasdan balki, amaliy 
mashg‗ulotlar o‗tkazishda, ularning har tomonlama yetuk kadrlar qilib 
tayyorlashida muhim rol o‗ynaydi. Ta‘limdagi axborot texnologiyalari keng 
me‘yoriy tushuncha bo‗lib, olib borilayotgan har bir mavzu ana shu texnika, 
texnologiyadan foydalanishni taqazo etadi. Chunki, zamonaviy o‗qitish 
texnikasidan foydalanish ijobiy natijalar beradi. 
1. Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgust IX sessiyasida qabul qilingan ―Ta‘lim 
to‘g‘risida‖gi Qonun 


Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta‘lim tizimiga tadbiq etish, iqtisodiy 
samara berishi bilan bir qatorda, o‗quv jarayonida yangi o‗qitish uslublarini 
qo‗llashga keng imkoniyatlar ochadi. Ta‘lim tizimida axborot texnologiyalarini
qo‗llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologiyalarining pedagogik-
dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog‗liq. 
Ta‘lim tizimida axborot-pedagogik texnologiyadan foydalanish uning 
yangi sohasi, ya‘ni ta‘limning elektron didaktik shakli paydo bo‗lishiga asos 
solib, unda: o‗quv fanlarining boblarini ajratib, elektron ko‗rinishda tasvirlash, 
elektron darslikning ma‘ruza va amaliy darslar qismini ularning vazifalaridan 
kelib chiqqan holda ishlab chiqish, elektron darslikni baholash mexanizmini 
yaratish va tadbiq etish, elektron darsliklar asosida virtual stendlar yaratish va 
o‗quv jarayoniga qo‗llash, elektron darslikni qo‗llash orqali o‗qitishning umumiy 
saviyasini aniqlash kabi imkoniyatlar yaratilishi ko‗rsatilgan. Shu jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi 1730-sonli 
‘‘Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va 
rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarorida o‘z aksini topgan. 
Bugungi kunda, kun sayin fan-texnika rivojlanib borayotgan 
davlatimizda yangi malakali kadrlarni yetishtirb chiqarish maqsadida ularni 
zamon talabiga mos ravishda yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan 
holda dars o‘tishni talab qilmoqda. Va albatta o‘z ishining samarasiga 
erishmoqchi, ya‘ni o‘z oldiga kelajakda malakali, bilimli mutaxasislarni yetkazib 
berishni maqsad qilib qo‘ygan pedagog bunday zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanmasdan turib pedagogic faoliyatini olib borishida bu maqsadga 
to‘laqonligicha erisha olishi mushkul. Shunday ekan ta‘limga kirib kelgan 
texnologiyalar (ya‘ni bularga misol qilib AutoCAD, 3DMax, PowerPaint 
dasturida slaydlar)ni dars jarayonida to‘g‘ri qo‘llash ijobiy natija bermay 
qo‘ymaydi. 
So‘nggi yillarda ta‘lim tizimida ko‘pchilik fanlarni o‘qitishda 
avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlarining turli xillaridan foydalanish keng 


ommalashib bormoqda. Avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlari o‘qituvchiga o‘quv 
jarayonini tashkil qilishda, o‘quvchilarga esa fanni o‘zlashtirishlarida katta 
yordam beradi. Ularning yordamida o‘quv jarayoni borishini jadallashtirish, 
o‘quv materiallarini ancha soda va yaqqol tasvirlar yordamida o‘quv jarayoni 
borishini jadallashtirish, o‘quv materiallarini ancha sodda va yaqqol tasvirlar 
yordamida bayon qilish kabi afzalliklarga ega imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganidek ―O‘quv jarayoniga yangi 
axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish…, ta‘lim-tarbiya tizimini sifat 
jihatidan butunlayyangi bosqichga ko‘tarish‖
1
hozirgi kunning dolzarb 
masalasidir. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda amal qilinayotgan ta‘lim tizimi 
xususiyatlarini o‘rganish va bu sohada erishilgan yutuqlarni tahlil qilish natijalari 
quyidagilarni aniqlash imkonini beradi: ta‘lim mazmunining ijtimoiy buyurtma 
asosida belgilanishi, jamiyat hayotining har tomonlama taraqqiy etishiuchun 
poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa shaxsning mujassam rivojlanishi, o‘z 
imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun sharoit yaratadi. 
O‘zbekistonda ta‘lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy 
omillaridan biri ―shaxs manfaati va ta‘lim ustivorligi‖
2
dir. Bu omil 
davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta‘limning yangi 
modeli yaratildi. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish