5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING SHAKLLANISHI
DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr)
Tayanch atamalar va iboralar
: to‘qimachilik sanoati, bug‘ dvigateli,
“savdo assotsiatsiyalari”, mustamlaka, fritrederlik, prusscha yo‘l
Reja:
1. Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
yo’nalishlari
2. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
3. Germaniyaning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari
5.1. Angliyaning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari
Sanoat to
‘ntarilishi oqibatlari. XIX asrning 30-yillariga kelib Angliyada
sanoat to‘ntarilishi yakunlandi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish past
mehnat unumdorligi va qo‘l mehnatiga asoslangan hunarmandchilik va
manufaktura ustidan g‘alaba qozondi. Mamlakatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar yuz berdi. XIX asr o‘rtalariga kelib Angliya shaharlar va ishchilar
shaharchalari mamlakatiga aylandi, ularda aholining 86% istiqomat qilar edi.
Qurilish va sanoatda band bo‘lganlar ulushi 50%gacha ko‘tarildi, qishloq
xo‘jaligida esa 15%ga pasaydi.
Paxtani qayta ishlash sanoati.
Industrial taraqqiyot etakchisi bo‘lib
paxtani qayta ishlash sanoati
saqlanib qoldi. To‘qish stanoklari bilan
jihozlangan fabrikalar soni ko‘paydi. 1800-1870 yy.da paxta matosini ishlab
chiqari
sh 19 martaga, paxta iste’moli 1000 martaga o‘sdi. XIX asr o‘rtasiga
kelib tekstil va to‘qimachilik sanoatida ish kuchining 1/3 qismi band edi.
Og‘ir sanoat.
og‘ir sanoat ham sekin-asta rivojlana boshlandi. Mamlakatda 600ta
domna pechlari ishlab turardi
1800-
1870 yy.da ko‘mir qazib olish 11 marotaba va metallni qayta ishlash
mahsulotlari 28 marotaba o‘sdi
dunyo bo‘yicha cho‘yan ishlab chiqarishning yarmi, toshko‘mir qazib
olishning yarmidan ortig‘i Angliyaga to‘g‘ri kelardi
mamlakatning og‘ir
sanoat mahsuloti AQSh, Germaniya va Fransiyani
mahsulotlaridan 4-5 barobar ortiq edi.
Bug‘ dvigatellari. Industrial taraqqiyotning yutuqlari asosan bug‘
dvigatellarini joriy etilishi bilan bog‘liq. Bu bug‘ transportini rivojlanishiga ham
olib keldi. Mamlakatning orolda joylashganligi kemasozlik rivojini taqazo etdi.
1811 yilda Angliyada paroxod transporti rivojlana boshlandi, 40-50-yy.dan
boshlab yirik okean kemalari qurila boshlandi.
Angliya yirik savdo flotiga ega edi. 1800-1870 yy.da uning tonnaji 12,5
barobarg
a o‘sib dunyo tonnajining 60%ni tashkil etdi. Angliya
«jahon yuk
tashuvchi»siga aylandi.
Jahondagi sanoat etakchiligini yo‘qotilishi
XIX asrning 70-
yillariga kelib Angliya o‘z etakchilik mavqeini yo‘qota
boshladi.
Mamlakatning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 1870
yildagi
32%dan XX asr boshiga kelib 18%ga tushib qoldi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur’atlari qisqardi.
An’anaviy tarmoqlar ham (tekstil, metallurgiya, ko‘mir) nisbatan tushkunlik
holatiga tushdi.
XIX asrda shakllangan
ularning texnik asosi eskirgan bo‘lib, yangi
texnikani ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan edi.
Ingliz monopoliyalari.
XIX asrning 80-90 yy.da birinchi ingliz
monopoliyalari tashkil topdi. Yirik monopolistik
birlashmalar sanoatning
quyidagi tarmoqlarida vujudga keldi
– elektrotexnika, quvur ishlab chiqarish,
kimyo, harbiy va boshqalar.
Ularga misol: ingliz-german portlovchi moddalar tresti (Dinamit-Nobel,
1886 y.), kimyo tresti (Yunayted Alkali, 1890 y.). Morgan moliyaviy guruhi
qudratli ingliz-amerika kemasozlik trestini yaratdi.
An’anaviy sanoat tarmoqlarida kam sonli kartellar “savdo
assotsiatsiyalari” ko‘rinishida vujudga keldi.
Paxtani qayta ishlash sanoati uchun matoga ishlov berish va bo‘yash
bo‘yicha alohida monopoliyalar yaratish xarakterli edi.
Mustamlakalar.
XIX asr o‘rtalariga kelib Angliya qudratli ishlab-
chiqarish texnik bazadan tashqari katta mustamlaka yerlariga egalikni qo‘lga
kiritdi. Mamlakatning qudrati deyarli qaram hududlarni ekspluatatsiyasi
evaziga ta’minlanar edi. Mahalliy
aholini talon-taroj qilish, noekvivalent
ayirboshlov, ko‘psonli soliq to‘lovlari keng tarqalgan edi. Mustamlakalardagi
yerosti va yer usti boyliklari talon-taroj qilindi.
Mustamlakalardan o‘ta past narxlarda zarur xom ashyo va oziq-ovqat
mahsulotlari olib kelina
rdi. O‘z navbatida, bepoyon
Britaniya mustamlaka
imperiyasi ingliz tovarlarini monopol narxlarda daromadli sotishning katta
bozori hisoblanar edi.
Bu davrda Britaniya imperiyasining durdonasi hisoblangan Hindiston
to‘liq bosib olindi. Hindistonda Britaniya imperiyasi aholisining 70% istiqomat
qilardi. 1860 yilga kelib ushbu hududda 6,5 mln.kv.km. maydonda 145
mln.kishi yashardi.
Savdo siyosati.
industirlashtirish jarayoni sanoatni qudratini oshirib Angliyani «dunyoning
fabrikasi»ga aylantirdi va tashqi savdo siyosatining yo‘nalishlarini
o‘zgartirdi
Angliya sanoat rivoji bo‘yicha boshqa mamlakatlarni o‘zib o‘tib
raqobatdan cho‘chimas edi.
proteksionizmdan
fritrederlikka
1
(erkin savdoga) o‘tish
mamlakat
iqtisodiyotini
yanada
rivojlanishiga,
kapitalni
jamg‘arilishiga,
industirlashtirish sur’atlarini o‘sishiga sababchi bo‘ldi.
1
Кустова Т.Н., Камакина О.В. История экономики: Учебное пособие / РГАТА.-
Рыбинск, 2001.- С. 56.
xom ashyoning arzon narxlari jahon bozorida ingliz tovarlarining
raqobatbardoshligini oshirdi, ingliz tovarlariga bojlarni pasayishiga olib
keldi
Angliyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi mamlakatning ichki
ehtiyojlaridan ancha ko‘p bo‘lib, sanoat
mahsulotlari eksportini
kengaytirdi.
XIX asrda Angliya tashqi savdo operatsiyalari hajmi bo‘yicha etakchilik
qildi. 1800-1870 yy.da tashqi savdo oboroti 7 marotaba (85 mln.dan 611
mln.f.st.gacha) o‘sdi.
eksport tovarlari ichida tekstil, mashinalar, ko‘mir,
qora metallurgiya
mahsulotlari katta ulushga ega edi.
xom ashyo (paxta, jun) va oziq-
ovqat (don, go‘sht va boshq.) import
qilinardi.