1. G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana27.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#710942
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
15 мавзу (2)

Byudjetning g’azna ijrosi metodologiya bo’limi:
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik materiallar, shu jumladan 
G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga 
oshiriladigan operatsiyalarni maqbullashtirish masalalari bo’yicha 


normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik materiallarni ishlab chiqishda, 
Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi buxgalteriya hisobi va hisobotini 
takomillashirishda qatnashadi; 
Moliyaviy resurslarni boshqarish bo’limi: 
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida respublika byudjeti daromadlari tushumi va 
xarajatlari amalga oshirilishining qisqa muddatli prognozlarini tuzadi; 
Ichki va tashqi qarz bo’yicha hisob-kitoblar bo’limi

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasining ichki 
va tashqi qarziga xizmat qiladi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining 
kafolatlarini ijro etadi; 
Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi: 
davlat xaridlari bo’yicha axborot bazasini yaratish va doimiy yangilab borish; 
davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi 
funktsiyasini bajarish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda kichik biznes sub’ektlari keng ishtirok 
etishini nazarda tutgan holda tanlov va tender tartibotlari qo’llanilishini 
takomillashtirish va kengaytirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar 
kiritish. 
Davlat byudjeti g’azna ijrosining yig’ma tahlili bo’limi:
Respublika va mahalliy byudjetlar ijrosini tahlil qiladi; 
G’aznachilikning hududiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
G’aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish bo’limi:
g’aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya 
qilinishini belgilangan tartibda nazorat qilish va monitoringni amalga 
oshirish; 
Davlat 
byudjetining 
g’azna 
ijrosi 
jarayonida 
mavjud 
bo’lgan 
tavakkalchiliklar bo’yicha xulosalarni baholash va taqdim etish. 
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi: 
manbalar bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi; 


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kundalik asosida yagona g’azna 
hisobvarag’ida va hududiy g’azna hisobvaraqlarida pul mablag’lari 
harakati to’g’risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi; 
Birlamchi hujjatlar asosida Davlat byudjeti g’azna ijrosining tahliliy va 
sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi; 
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi axborotni to’plash, qayta ishlash va 
tahlil qilish asosida Davlat byudjetining kassa ijrosi haqidagi hisobotni 
tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 
G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat 
ijroiya organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qoraqalpog’iston Respublikasi 
G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va 
tumanlarda G’aznachilik bo’linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. 
G’aznachilik va uning bo’linmalarining tuzilmasi G’aznachilik rahbariyati 
tomonidan ishlab chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi.
G’aznachilik rahbariyati o’z xodimlari uchun ochiq eshiklar siyosatini qo’llab-
quvvatlaydi. Bu har qanday xodim uchun uning bevosita rahbari o’ziga 
bo’ysunuvchini eshitishga va tegishli tarzda munosabat bildirishga majbur 
ekanligini anglatadi.
Agar bevosita boshliq o’ziga bo’ysunadiganni tinglashni xohlamasa yoki tinglay 
olmasa, boshliqqa bo’ysunuvchi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.
Jamoada ishlash va barcha xodimlarning sa’y-harakatlari muvaffaqiyatga erishish 
sharti hisoblanadi. G’aznachilik xayrixohli o’zaro munosabatlarni ma’qullaydi va 
jamoada qulay ijtimoiy-siyosiy muhit saqlab qolinishiga ko’maklashadi. Xodimlar 
o’rtasidagi barcha kelishmovchiliklar ularning bevosita rahbari tomonidan yoki 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kadrlar boshqarmasining mutaxassislari 
bilan hamkorlikda hal etiladi. Qandaydir bo’lmasin nizo uchinchi shaxslarga 
ma’lum bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 


G’aznachilik xodimlari bir-birlari bilan tovush ohangini balandlatmasdan va 
bir-birining so’zini bo’lmasdan xushmuomalalik bilan munosabatda bo’ladilar. 
G’aznachilik rahbariyati g’oyalar, mulohazalar va har qanday takliflar va 
muammolar bilan murojaat qilgan xodimlarni rag’batlantiradi.
Har qanday jamiyatni yoki davlatni o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini 
bajarish jumladan, kuchli ijtimoiy himoya, maorif, mudofaa, sog’liqni saqlash 
hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo’ladi. Buning uchun rivojlangan 
davlat byudjet tizimini yaratish lozim. Buning uchun mamlakat hududidagi mavjud 
daromad manbalari va xarajat yo’nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy 
malumotlar talab etiladi. Xozirgi davr talabidan kelib chiqib Davlat byudjetining 
kelgusi yo’nalishlarini belgilab olish uchun ushbu malumotlarni aniq va o’z 
vaqtida taminlab beruvchi mexanizm sifatida G’aznachilik organlari oldiga 
quyidagi vazifalar yuklatilgan.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va xisobotini yuritish,
davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni tuplash, qayta ishlash va taxlil qilish, 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat 
ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish. 
O’zbekistonda davlat byudjeti g’azna ijrosining bosqichma bosqich joriy 
etilishi, bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan davlatlarda amal qiluvchi davlat 
byudjeti g’azna ijrosi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda istiqbolda g’azna 
ijrosini takomillashtirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga 
muvofiqdir:
- G’aznachilik yagona hisobraqamini tashkil etish ishlarini jaddallashtirish. 
Xarajatlar to’lovi va mablag’larni o’tkazish to’g’ridan-to’g’ri tovarlar va xizmatlar 
etkazib beruvchilar, boshqa huquqiy shaxslarga Yagona g’aznachilik hisob 
raqamidan o’tkazib beriladi. YaG’HR da maqsadli jamg’armalar mablag’lari 
ham jamlanadi; 
- Xarajatlarni o’z vaqtida moliyalashtirilishiga erishish va Moliya vazirligini 
qarzlar olishini kamaytirish maqsadlarida qisqa muddatli moliyaviy
rejalashtirishni (ichki yillik) joriy qilish ko’zda tutiladi; 


- Respublikada g’aznachilik institutini joriy qilinishi byudjetni tayyorlash 
jarayonini takomillashtirish, o’rta muddatli fiskal istiqbollash va byudjet 
siyosatini olib borishni joriy qilish, byudjet ijrosi sifatini soliqlar yig’ish faoliyatini 
takomillashtirish va xarajatlarni g’aznachilikning Yagona hisob raqami printsipi 
asosida amalga oshirish, qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirish, ya’ni to’lovlar 
rejasini joriy qilish, yagona axborotlar tizimi joriy qilish evaziga byudjet ijrosini 
hisobga olish va hisobot tayyorlashni yaxshilash, davlat qarzini hisobga olish, 
tahlil qilish va rejalashtirish takomillashtirish imkonini beradi. 
Bugungi kunda davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etish borasidagi 
Prezident qarorlarining ijrosi doirasida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro 
moliya tashkilotlarining qarz mablag’larini jalb etgan holda davlat byudjetining 
barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar 
to’lovini amalga oshirish imkonini beruvchi davlat byudjeti g’azna ijrosining 
yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar 
kompleksi ishlab chiqildi. 
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar 
va tumanlarini qamrab olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tizimining ma’lumotlar tarmog’ini tashkil etish uchun er usti raqamli aloqa 
kanallarini berish choralari ko’rilmoqda. 
O’ylaymizki, qayd etilgan tavsiyalar davlat byudjeti g’azna ijrosiga joriy etish 
milliy iqtisodiyotimiz, mamlakatimiz davlat moliyasi xarajatlarining samarali 
tashkil etish va boshqarishni yaxshilaydi. 
 


Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish