1. G’aznachilik faoliyatini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana27.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#710942
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
15 мавзу (2)

Davlat moliyasini 
boshqarishni isloh qilish 
strategiyasi yo’nalishlari
Zamonaviy markazlashgan 
g'aznachilik tizimini 
shakllantirish
O’rta
muddatli
budjet
strategiyasi
va
budjetlashtirilishiga
o’tib
boorish
Yagona budjet hisobi 
tizimini shakllantirish va 
yuritish
Barqaror budjet 
daromadliligini t’minlash 
maqsadida oqilona soliq 
siyosatini yuritish
Budjet qonunchiligini 
yanada takomillashtirish


qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini yangi ishtirokchi 
– Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi.
Umuman olganda, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlarini amalga 
oshirish maqsadlariga hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag’lardan tashqari, 
Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit mablag’lari, Yaponiya 
hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va 
Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko’zda 
tutilgan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish 
strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri – byudjet tizimining to’liq 
shaffofligini ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini ularning oluvchilariga 
etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo’l qo’ymaslik, byudjet mablag’laridan 
maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, byudjetlararo munosabatlar 
samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi byudjetlarning 
hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari 
hisobraqamlarini G’aznachilikka o’tkazishdan iborat. 
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g’azna ijrosi 
mexanizmlarini O’zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning 
moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, 
davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini 
beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. G’aznachilik 
tizimi davlat byudjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib, 
unda davlat daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operatsiyalar G’aznachilik 
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi deganda davlat byudjeti va byudjetdan 
tashqari jamg’armalarning mablag’lari to’planadigan va ushbu mablag’lar 
doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan 


yagona g’azna hisobraqam orqali davlat byudjetini ijro etish hamda davlat 
moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
G’aznachilik byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchilarning 
majburiyatlarini ro’yxatga oladi, mol etkazib beruvchilar tomonidan ularga 
mahsulotlar etkazib berilganidan va xizmatlar ko’rsatilgandan so’ng, byudjet 
tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomidan va ularning 
topshirig’iga asosan G’aznachilik vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet 
mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar 
bo’yicha to’lovni amalga oshiradi.
G’aznachilikning rivojlanishi byudjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha 
darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi 
sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag’larini yagona davlat 
xazinasida jamlashga qaratiladi. 
Har qanday davlat va jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini 
bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta’lim, sog’liqni saqlash, mudofaa hamda 
boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo’ladi. Buning uchun rivojlangan 
byudjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad manbalari va 
xarajat yo’nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy malumotlarga ega bo’lish talab 
etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat byudjetining o’rta va uzoq istiqboldagi 
rivojlanish yo’nalishlarini belgilab olish uchun ushbu malumotlarni aniq va o’z 
vaqtida ta’minlab beruvchi mexanizm sifatida G’aznachilik organlari oldiga davlat 
byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilish, davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi 
va hisobotini yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to’plash, qayta 
ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va 
tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish 
kabi muhim vazifalar yuklatilgan. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish