Boshqaruv shakli - konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil yetish
usullarining majmuidir.
Agar ushbu ta’rifni Yanada aniqroq ifodalaydigan bo’lsak, u oliy
hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, tarkibi, vakolatini, shu
organlarni tashkil yetish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu
organlar vakolati muddatlarini ko’zda tutishini aytishimiz kerak bo’ladi. Boshqaruvning
qadim-qadimdan insoniyatga ma’lum bo’lgan shakllari
monarxiya
va
respublikadir.
Shu
munosabat bilan Arastu o’z vaqtida boshqaruv shakllarini oliy hokimiyat tanho amalga
oshiriladigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga
oshiriladigan aristokratiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demoqratiyaga
bo’lganligini eslash o’rinlidir.
Qadimgi yunon faylasufining shu qadar uzoqni ko’ra bilish qobiliyatiga tan berish
kerak! Zero, hozirgacha boshqaruv shakli oliy hokimiyat bir kishi tomonidan amalga
oshirilishi (monarxiya) Yoki u saylab qo’yiladigan vakolatli kollegial organ (respublika)ga
taalluqliligiga qarab bo’linadi.
«Monarxiya» atamasi («monos» - bir, «arxe» - hokimiyat) yunoncha so’z bo’lib,
«yakkahokimlik», «yagona hukmdor» ma’nolarini bildiradi. Monarxiya boshqaruv shakli
sifatida o’zining aniq yuridik belgilariga ega. Monarx davlatning jonli timsoli bo’lib, tashqi
va ichki siyosat bobida davlat boshligi sifatida, xalq vakili, millat «otasi» sifatida,
fuqarolarni jipslashtiruvchi, ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga
chiqadi. Monarxlar - masalan, Frantsiya qirollaridan biri: «Davlat - mening o’zimman», deb
bejiz aytmagan. Biroq, bu aksariyat hollarda masalaning faqat Yuridik tomonini anglatar,
amaldagi ahvolni ifodalay olmasdi.
Monarx tanho hukmronlik qiladi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o’zi
hal yetarkan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko’psonli
maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishardi. Ayni paytda, eng
muhim, prinsipial davlat ishlari bo’yicha monarxning o’zi hukm chiqarishiga to’g’ri kelardi. U
butun hokimiyatning to’la sohibidir. Monarx hokimiyati oliy hokimiyat bo’lib, mustaqildir. U
- davlatdagi oliy hokimiyatdir.
Odatda, uning hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinar, din og’ushiga o’ralar edi.
Albatta, shularning barchasiga qaramay, monarxning xalqaro, siyosiy va milliy
kuchlar ta’sirini his etmasligi mumkin emas. Lekin ba’zan monarx hukmi tasodifiy,
sub’yektiv omillarga bog’liq bo’lib qoladigan hollar ham uchraydi (buni ham tushunsa
bo’ladi - axir monarx ham odam, insonlarga xos narsalarning hammasi unga ham begona
emas).
Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo’lib
o’tadi. Hokimiyatning bir shaxsdan ikkinchisiga o’tishiga xalqning hech qanday aloqasi
bo’lmaydi. Monarx muddatsiz va umrbod hokimiyat egasidir. Lekin bundan monarxni faqat
tabiiy o’limgina hokimiyatidan ajratar ekanda, deb xulosa chiqarish xato bo’lurdi. Monarxlar
ag’darib tashlangini, o’ldirilgini, boshqa kishilar bilan almashtirilginiga tarixda misollar ko’p.
Monarx mas’uliyatdan ozod kishi hisoblanadi, ya’ni u o’z boshqaruvi natijalari uchun
68
aniq yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Darvoqe, tarixda xalq monarxni
javobgarlikka tortgan holatlar haqida ko’pdan-ko’p misollar mavjud (inqiloblarni eslaylik).
Monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri yangi davr arafasiga to’g’ri kelib, bu
vaqtda uning boshqaruvning respublika shaklidan farqlari ko’zga tashlana boshlagan,
Do'stlaringiz bilan baham: |