227
8-§. Hindiston huquqiy tizimi (hindu huquqi)
Tashkil topishi qadimiy bo’lgan hamda ikki ming yillik uzoq tarixiy rivojlanish yo’lini
bosib o’tgan
hindu huquqi, hind jamiyatining yuridik ustqurmasining asosiy tarkibiy
qismidan biri bo’lib, hozirgi davrgacha o’zining tartibga soluvchi ahamiyatini sakdab qolgan
(cheklangan tartibda bo’lsada).
Hindu huquqining «barhayotlik» sirining asosiy sabablari qandaydir alohida o’ziga
xoslikda emas, balki o’ta barqaror, turli iqtisodiy va siyosiy sharoitlarga moslanuvchan
an’anaviy ijtimoiy institut normalzgi bilan mustahkam aloqada ekanligidadir. Birinchi
navbatda - jamoa va varnaviy-toifaviy tuzilishidadir.
Hindu huquqi yuqorida ko’rsatilgan an’anaviy ijtimo-iy institutlarga bog’likligi tufayli
ko’p asrlar davomida nafaqat o’zining shaklini emas, balki mazmunini ham saqlab qolgan.
Hindu huquqining asosiy xususiyati - din bilan uzviy birikib ketganligidir. Hindu
huquqi mustaqillikka ega emas, mohiyatan aniq, hayot tarzini taxmin qiluvchi, aniq jamiyat
tartibini, aniq ijtimoiy tashkilotlar yoki tuzil-malarni, umuman olganda turli diniy oqimlar va
urflarni, axloqiy, falsafiy va boshqa g’oyaviy qadriyatlarni qamrab oluvchi o’ziga xos voqelik
- hinduizmning ajralmas tarkibiy qismidir.
Dunyoda huquqning hindu tizimi eng qadimgi tizimlardan biridir.
Eramizgacha
bo’lgan ikki ming yillik va undan ham oldingi davrlarda yaratilgan qadimiy Vedalar - hind
diniy qo’shikdar to’plami, ibodatlar, gamnlar va matallar-ning matnlarida, alohida
misralarida axloq qoidalari ifodalangan.
Hindular Vedalarni xudoning inoyati va o’z dinlari va huquqining manbai deb
hisoblasada, ularning hindu aholi-sining ma’naviy hayotiga amaliy ta’siri
juda kam
ahamiyatlidir.
Qadimgi Hindistonda huquqiy institutlar va normalar musulmon huquqidek diniy
doirada tashkil topdi.
Hindu huquqining rivoji uchun diniy ta’sirdan chiqish jarayoni xos bo’lmay, balki
huquqiy va diniy shakllar o’zaro munosabatlardagi o’rin almashuvi diniy shakliga bo’lgan
munosabat o’zgarganligi xosdir. Bunda o’zaro va diniy aloqa bo’gani bo’lib davlat
hokimiyati chiqadi.
Musulmon dunyosidagidek, XI-XII asrlarda sekin-asta shakllangan hindu huquqi
maktablari uchta:
meros huquqi, oila huquqining bo’lak bo’lmagan alohida azolarining
mulkiy huquqiy rejimi, oila mulkini taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan zaruriy masalalarni hal
qilishda turlicha yondashishlar bilan farq qiladi.
Hindu huquqining asosiy maktablaridan biri bo’lib, Bengaliyadagi daya maktabi va
ko’p tarmoklangan mitakshara maktabi hisoblanadi. Bundan tashqari hindu huquqi ayrim
mintaqalarda haligacha saklanib qolgan odatlarni kasta, urug’lar yoki oilaning huquq
manbai sifatida ko’rilishi lozimligani tan oladi.
Britaniya mustamlakachiligi davrida klassik hindu huquqi
diniy boshqaruvchilar
tomonidan o’rnatilgan formal normalarga ham, sud qarorlariga ham asoslanmagan edi. U
mohiyatan olimlarning mehnatlariga, asarlariga, sharhlarga va ularning to’plamlariga
asoslangan. Hindistonning kohin-yuristlari huquqiy tan olishga arziydigan odatlarni
aniqdashda shubhasiz muhim rol o’ynaganlar.
Britaniya mustamlakachiligi davrida hindu huquqi jiddiy o’zgarishlarga uchradi. Mulk
huquqi va majburiyat huquqi sohalaridagi an’anaviy normalar juda tezlik biian umumiy
huquq normalarini almashtirdi. Meros, nikoh, kasta va boshqa odatlar yoki institutlardagi
hamma mushkullik oila va meros huquqi sohalaridagi o’zgacha holat bo’lib, ular hindu
huquqi normalariga muvofiq hal qilinar edi.
«Ingliz-hivdu huquqi»ga o’xshash huquq kelib chiqtsi.
Shunga qaramay, hindu
huquqining butunlay siqib chiqarilishi sodir bo’lsada, uning qator an’anaviy norma hamda
228
institutlari harakatda davom etdi. Mustaqillik uchun kurash ketayotgan davrda xivdu
huquqini butunlay kodifikatsiyalash rejasi muhokama qilindi, 1947 yilda mustaqillikka
erishilgandan keyinoq, Hindiston hukumati oila va meros huquqini o’zida
mujassamlashtirishi kerak bo’lgan «Hindu kodeqsi»ning loyihasini parlamentga ko’rib
chiqish uchun takdim qildi. Biroq konservativ kuchlarning qarshiligi va joylardagi qarshi
natijalar tufayli loyiha kun tartibidan chiqarib tashlandi, hukumat alohida qonun loyihalarini
tayyorlash yo’lidan ketdi, bunday taktika esa samara berdi.
Hindularning nikoh huquqini shakllantirgan va uni hozirgi
zamon dunyoqarashiga
moslashtiruvchi nikoh to’g’ri-sidagi qonun 1955 yilda birinchi bo’lib qonuniy kuchga kirdi.
1956 yilda yana uch qonun: voyaga etmaganlar va vasiylik to’g’risidagi qonun, meros
haqidagi qonun, farzandlikka olish va oila a’zolarini boqqanlik uchun to’lovlar to’g’risidagi
qonun kuchga kirdi.
Shunday qilib, hindu huquqini kodifikatsiyalashtirish bo’yicha ayni vaqtgacha ancha
ishlar qilingan hamda sudyalar, avvalambor, yangi qonunlar va pretsedentlarga amal
qiladi.
Keyinchalik hindu huquqi institutlarining qaytadan shakllanishi yuz berganligi
natijasida odatlarning amal qiliga doirasi keskin qisqardi.
Etimlarni farzandlikka olish uchun ruxsat berildi. Farzandlikka
olingan bola meros
huquqi bo’yicha qonuniy farzandlarga tsnglashtirildi. Ko’p xotinlilik taqiklanib, sud orqali
ajrashish qonuniylashtirildi. Meros huquqi ayollar meros huquqining kengaytirilishi tomon
isloh qilindi, natijada erkak va ayollar o’rtasidagi Huquq farqi kamaydi.
«Hindu huquqi» bo’yicha yuridik ma’lumotlar, qoida sifatida, tabaqalanish masalasini
«shaxsiy huquq»ga taallukdi bo’lmaganligi uchun yoritib bermaydi. Mamlakatda «tabaqa
institutlari» va «tabaqa avtonomiyasi» haqida gapirish qabul qilingan. Ular Hindiston
Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan:
har qanday diniy oqim, mazhab,
agar u jamoat tartibiga, axloqqa, sog’liqni sakdashga xilof bo’lmasa: a) diniy yoki xayr-
ehson maqsadida muassasalar tuzish va saklash, b) diniy masalalarda boshqaruvni amalga
oshirish... huquqiga ega».
Bunda shunday ma’no borki, toifa diniy aqidalarni buzgan o’z a’zolariga jazo
belgilashi mumkin. Agar kelishuvchilik diniy tavsifda bo’lsa, unda tartibbuzar bo’ysunishdan
voz kechganligi uchun haydalishi mumkin.
Binobarin, kasta ibodat qilish, ovqatlanish, nikoh va siganishning boshqa
masalalariga taallukdi ichki tartibni saqpashi mumkin. Sud kasta qoidalarini qayta ko’rishi
mum-kin emas, u unga rioya qilinishi va to’g’ri qo’llanilishini kuzatish huquqigagana ega.
Sud
kastalar qarorini, agar u mazmunan odil sudlovga qarshi chiqishini aniqlasa, bekor
qilishi mumkin.
Shunday qilib, «hindu huquqi» deganda, hindularning tashqi ko’rinishdan o’zgargan
qonun (hali amalda bo’lgan, masalan, Birmada, Malayziyada, Singapurda) va odatlari bilan
shaxsiy huquqlari tushuniladi.
Yuqorida eslatib o’tilgan mamlakatlarda va shuningdek u tashqi ko’rinishdan
qonunchiligi o’zgargan (Keniya, Uganda) Sharqiy Afrika mamlakatlari singari Hindistonda
ham hindu huquqi huquq tarmog’i sifatida bevosita yoki bilvosita qo’llanilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: