10.
Tartib
•
Hamma o‘z o‘pnida bo‘lishi va o‘z burchini ado etishi lozim.
11.
Adolat
•
Tashkilotda adolatning hukm surishi
- bu qonunning ustuvorligi
bilan rahmdillikning uyg‘unlashuvi.
12.
Xodim uchun ish
joyining
doimiyligi
•
Yuqori darajadagi qo‘nimsizlik tashkilot faoliyati samaradorligini
pasaytiradi. O‘z ish joyini mustahkam egasi bo‘lish harakatida bo‘lgan
oddiy rahbar bir joyda muqim ishlashni istamaydigan iste’dodli
rahbardan ming chandon yaxshi.
13.
Tashabbus
•
Tashabbus - bu tom ma’noda rejani ishlab chiqish va uning o‘z
vaqtida bajarilishini ta’minlash.
14.
Korporativ puh
Ittifoq - bu kuch. U esa xodimlar o‘rtasidagi
natijasi hamjihatlik va
manfaatlarning hamohanglashuvi bo‘lishi mumkin.
A.Fayol boshqarishni:
•
kelajakni quruvchi;
•
faoliyatni tashkillashtiruvchi;
•
tashkilotni idora qiluvchi;
•
faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;
•
qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qyrol
deb ataydi.
Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi.
1.3.3. “Inson munosabatlari maktabi” ta’limotlari
“Ilmiy” menejent va “mumtoz” menejment namoyandalari mehnatni ilmiy
tashkil qilish usullarini ishlab
chiqishdi va mehnatni
texnokratik
boshqarilishiga
asos solishdi. Bu usulga ko‘ra:
•
rahbarning xodimga bo‘ladigan munosabatlari alohidalashtirildi;
•
mehnatni rag‘batlantirish qat’i normalashtirildi;
•
mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’ilashtirildi;
•
mehnatga “jucmonan majburla”" joriy qilindi;
•
yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sufatida foydalanish usuli qat’i o‘rnatildi.
Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat
unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko‘p
yillar
davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga
erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz - konveyer usulida
tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga,
unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar.
1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va
uni boshqarishda qo‘llanilayotgan texnokratik usulning takomillashtirilishini taqozo
etdi. Fan-texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi.
Endi ishchi kuchiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgaradi.
Shunday bir sharoitda 1820-1830 yillari
AQSHda ilmiy va mumtoz
menejmentlarga myqobil harakat sifatida “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi
turuvchi yangi nazariya – “insoniy munosabatlar”
maktabi paydo bo‘ldi. Bu
maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunoc E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
•
ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborga, o‘z-o‘zini hurmam
qilishga, o‘z qadr-qimmatini his etishga;
•
boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga
erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning
manbai ekanigidan kelib chiqib,
insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvning:
•
tashabbuskorlikdan;
•
ishchilar bilan hamkorlikdan;
•
kompaniyada “birdamlik puhi” va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan
foydalanish, hamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab
chiqdi.
Amerikalik
olim
D.Mak-Gregor
(1906-1964)
“inson munosabatlari”
maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U
inson xulq-atvorining ikki
modeli, xodimning o‘z mehnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini
inobatga olib, X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: