O‘zbekiston hududida
shakllanishi tahlil qilinsa, uning diniy, falsafiy oqimlar va
qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kelganini ko‘rish mumkin. Masalan,
eramizning V asrlarida rivoj topgan monizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm
(asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari
tizimida sotsial munosabatlar,
sotsial adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar.
Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik sotsial psixologik
qarashlar tizimi umuman bo‘lmagan. Sotsial psixologik tadqiqotlarning o‘tmishdagi
va hozirgi kundagi holati M.Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon
etilgan. Uning oxirgi yillarda o‘tkazgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko‘ra,
sotsial
psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ya’ni
Respublikamiz hududida ilmiy ijod qilayotgan olimlardan 43 foizining fikricha,
sotsial psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur,
dolzarbdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan sotsial
psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan.
Chunonchi, birinchi sotsial psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80-
yillarning
boshida
I.Yoqubov
tomonidan
o‘tkazilgan
bo‘lib,
u
oilaviy
munosabatlarning barqarorligi va er-xotin sotsial
rollarining muvofiqligini
ta’minlovchi sotsial psixologik omillarni o‘rganadi. Tadqiqot natijasida shu narsa
aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy
hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek
ayolining sotsial mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik
sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G‘.B.Shoumarov va E.A.Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada
bolalarning tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan
sotsial psixologik omillar
o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosabat
xususiyatlarining o‘rni belgilanadi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan
biri N.Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari –
nikohdan qoniqish,
nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh
xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning
22
sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech
o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining
qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv bu birinchi o‘rinda «Farzandli bo‘lish»,
ikkinchi o‘rinda «Jamoatchilikning gap so‘ziga qolmaslik», uchinchi o‘rinda «Ota-
ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish» va hokazolar aniqlandi.
N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari
yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar
tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
O‘zbekistonda mustaqillikni qo‘lga kiritgach, olib borilgan sotsial psixologik
tadqiqotlar asosan sotsial tasavvurlar konsepsiyasi
doirasida amalga oshirildi
(V.Karimova, K.Rahimova, Z.Nishonova, M.Umarova, L.Karimova va h.k.lar).
Tadqiqotlarda sotsial vaziyatlarga bog‘liq psixologik fenomenlar o‘rganilganda ayni
shu yo‘nalishning istiqbolli ekanligini, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab va
serqirrali munosabatlarning sotsial xulqda namoyon bo‘lishi mexanizmini
tushuntirishda sotsial tasavvurlar konsepsiyasi nazariy-metodologik
asos ekanligini
isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: