dan 40 % ga qadar doirada o‘zgaradi.
Korxonalar daromad (foyda) solig‘iga odatda yuridik shaxslar tortiladi. Qishloq
xo‘jaligi korxonalari pasaytirilgan soliq stavkalariga ega hisoblanadi. 80-yillardan
boshlab amalda barcha mamlakatlarda daromad (foyda) solig‘i stavkalarini anchagina
qisqarganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan AQShda ular 47% dan 34% ga,
Yaponiyada 42% dan 37 ga, Buyuk Britaniyada 52% dan 35% ga qadar pasaytirildi.
Bilvosita soliqlar
- narx yoki tarifga ustama ko‘rinishida belgilanadigan, tovar va
xizmatlardan olinadigan soliqlar. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to‘lanadigan
yoki tarifga kiritilgan, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita
soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning
zimmasiga soliq narxda ko‘zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda
korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari
hisobga olingan pul summalarini oladilar, so‘ngra olingan barcha soliq summalarini
tegishli budjetga o‘tkazadilar.
Bilvosita soliq solishda davlat amalda yangi qiymatni taqsimlash ishtirokchisiga
aylanib, tovar yoki xizmatlarni sotish paytida ushbu qiymatning bir qismiga bo‘lgan o‘z
huquqlarini e’lon qiladi.
Bevosita soliqlardan farq qilib, bilvosita soliqlar bevosita to‘lovchining daromadi
yoki mol-mulki bilan bog‘lanmaydi.
Haqiqatda bilvosita soliqni xaridor-iste’molchi to‘laydi. Tovarni ishlab chiqaruvchi
yoki xizmat ko‘rsatuvchi shaxs, aslini olganda, soliq yig‘uvchi hisoblanadi. Bilvosita
soliqlarning kattagina qismi tovar yoki xizmatlarni narxiga kiritiladi.
Bilvosita soliqlar na daromadni, na oilaviy ahvolni hisobga oladi. Barcha fuqarolar,
o‘z daromadlari miqdoridan qat’i nazar, haqiqatda bilvosita soliqlarni to‘laydilar,
bilvosita soliq solinadigan hayotiy zarur tovarlarni iste’mol qiladilar va maishiy
xizmatlardan foydalanadilar.
Bilvosita soliqlar stavkalari qat’iy (tovar o‘lchov birligida) va foizli (tovar narxi
muayyan xissada) ko‘rinishda bo‘ladi. Foizli stavkalar davlatga foydaliroqdir, chunki
narx oshirilganda soliq tushumlari ko‘payadi. Soliq stavkalarining ko‘payishi tovarlar
narxida ular xissasining o‘sishiga olib keladi.
Bilvosita soliqlar o‘z ichiga aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlarini
oladi.
Stavkalarga bog‘liq ravishda soliqlar mutanosib, progressiv va regressiv turlarga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: