Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
bekitarkan. Bu yer bandargoh shahar, bandargoh esa, uni shilib ketgan haligi yulgʻich
toʻgʻri aytganiday, tovlamachilarga toʻla.
Faqat endigina yemakxona xoʻjayinining nima uchun qizishib gapirganiga Santyagoning
aqli yetdi — u boʻzbolaga qavatingdagi yoʻldoshiga ishonma, deya jon kuydirib uqtirgan
ekan.
«Men xuddi boshqa oddiy odamlardayman: xayolimdagini borga yoʻyaman va dunyoni
asli qanday boʻlsa shundayligicha emas, balki oʻzim xohlaganday koʻraman».
U yana toshlarni qoʻliga olib qaradi, mehr bilan siladi — toshlar iliq tuyuldi. Mana,
hozircha uning qoʻlidagi haqiqiy xazina shu. Qoʻlingni tekizsang koʻngling koʻtariladi.
Ular Santyagoga qariyani eslatdi. Qariyaning gaplari uning qalbida qayta sado berganday
boʻldi: «Agar sen biror narsani xohlasang, butun Olam sening xohishing ijobat boʻlishiga
koʻmaklashadi».
Uning bilgisi keldi — toʻgʻrimikan bu gap. U boʻm-boʻsh bozor maydonining qoq
oʻrtasida turibdi, choʻntagida bir miri yoʻq va endi qoʻylarni bu oqshom qaerga qamab
qoʻysam, deb bosh qotirishi ham shart emas. Biroq choʻntagidagi qimmatbaho toshlar
uning yaqinda podshoh bilan uchrashganini shak-shubhasiz dalillab turar, podshoh uning
butun hayotini: otasining miltigʻini soʻramay olganiyu, birinchi marta ayol bilan
boʻlganini — hammasini bilar edi.
«Toshlar senga jumboqni yechishga yordam beradi. Ular Urim va Tumim deyiladi», —
esladi u.
Santyago ularni yana choʻntagidan chiqardi va toʻrvasiga soldi, keyin sinab koʻrgisi
keldi. Qariya toshlarga savollarni aniq qilib berish kerak, deb tayinlagan edi, chunki ular
nimani xohlayotganini aniq biladigan kishiga yordam beradi, degandi. U toshlardan:
qariyaning menga bildirgan tilaklari hali oʻz ta’sirini yoʻqotgani yoʻqmi, deb soʻradi va
qoʻlini toʻrvadan chiqardi:
— Yoʻq, — javob qildi tosh.
— Men xazinani topa olamanmi? — soʻradi Santyago.
U yana toʻrvaga qoʻlini tiqdi va toshlarni aralashtirib javobni olaman deganida ikkala
tosh ham toʻrvaning teshigidan tushib ketdi. Negadir u oldinlari toʻrvaning eskirib
qolganini sezmagandi. Santyago toshlarni yerdan terib olib, ularni tagʻin yashirish uchun
egilgan chogʻda miyasiga bir yangi fikr keldi: «Belgilarga e’tibor bilan qarashga va
ularga ergashishga oʻrgan», — degandi qariya.
Belgi! Santyago kulib yubordi. Keyin darhol yerdan toshni olib, toʻrvasiga tiqdi. U
toʻrvaning teshigini tikishni xayoliga ham keltirmaydi, chunki xohlagan damda toshlar
toʻrvani tark etishi mumkin. U tushundi, dunyoda shunday narsalar borki, ular haqida
soʻrab-surishtirish befoyda — bu oʻz taqdiringdan qochib qutila olmasligingga oʻxshaydi.
«Axir, men qariyaga faqat oʻzim qaror qabul qilaman, deb va’da berganman-ku», — dedi
Do'stlaringiz bilan baham: |