Ijara k o rx o n a
mol-mulkni yollash bo'yicha mulk egasi bilan
tadbirkor o'rtasidagi iqtisodiy munosabat. Ijara shartnomasiga asosan bir
tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma’lum to'lov
evaziga va ma’lum shartga ko'ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun
beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymati va keltiradigan
daromadga bog'liq bo'lib, o'zaro kelishuv bilan belgilanadi. Yer, uy-joy,
savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va
uskunalami ijaraga berish va olish jahondagi ko'pgina mamlakatlar uchun
xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo
bo'la boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir ko'rinishi
bo'lib, ijara muddati davrida korxona jamoasi shu korxona mulkining
egasi bo'lib qoladi.
K o n sa ltin g
ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko'rsatish
sohasida ixtisoslashgan firmalarning o'z mijozlariga maslahat xizmati
ko'rsatish va texnik loyihalar ni ekspertiza qilish bilan bog'liq iqtisodiy
faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar
tanlash;
- maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishi va xorijiy
investitsiyalami jalb etishga ko'maklashish;
- yagona axborot-so'rovnoma fondini yaratish va yagona reklama
strategiyasi (yo'nalishi)ni amalga oshirish yo'li bilan ulaming a’zolari
faoliyatini umummaqsadlar yo'lida jamlash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan
maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
- barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro'yxatga olish uchun ta’sis
hujjatlarni tayyorlash bo'yicha maslahatlar berish;
-marketing bo'yicha izlanishlar o'tkazish;
-xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
-tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha maslahat berish;
-reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini
tayyorlash va ularni tarqatish;
-huquq, moliya va boshqaruv masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
-intellektual mulkni himoya qilish masalasi bo'yicha maslahatlar
berish;
-ishchi xizmatchilami tayyorlash va malakasini oshirish;
- tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi
tadbirlami o'tkazish;
-firma ish uslubini ishlab chiqish;
- xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-
muhitni himoya qilish masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
-investitsiyalami jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurs va
kapitallami sotib olish bo'yicha maslahatlar berish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |