180
Shnekli bug’latgichlarning bir qator kamchiliklari mavjud. Qurilmaning gabarit
o’lchamlari juda katta va ularga ko’p metall sarflanadi, shrotning shnek parraklariga
urilishi natijasida maydalanib ketishi va o’tkir bug’ ta‘siridan haddan tashqari qurib
ketishi natijasida shrot changlanib uning atrofda yo’qolishi ko’payadi va atrof
muhitni ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari qisqa muddatdagi namlik-issiqlik
bilan ishlov berish ayrim xom ashyolarning (paxta chigiti, soya va bosh.) shroti
tarkibidagi zaharli moddalar to’liq inaktivatsiyalanmaydi.
11.3.Qasqonli bug’latgichlar
O’n qasqonli bug’latgich (toster).
Hozirgi vaqtda
ishlab chiqarishda turli
konstruktsiyadagi tosterlar ishlatilmoqda. Yog’-moy korxonalarda Germaniyada
ishlab chiqarilgan o’n qasqonli tosterlar o’rnatilgan.
O’n qasqonli toster (81-rasm) kolonna tipidagi qurilma bo’lib, u ustma-ust
o’rnatilgan o’nta 7 qasqonlardan tashkil topgan. Har bir qasqon 11 bug’ ko’ylagi
bilan ta’minlangan. Isitish bug’i 18 patrubka orqali bug’ ko’ylagiga kiradi, kondensat
esa 12 patrubkadan chiqariladi. Har bir qasqonning tubiga 10 bug’ ko’ylagi bo’lib,
bug’ 19 patrubka orqali berilib kondenat 8 patrubkadan chiqariladi.
Qurilmaning hamma qasqonlari bo’ylab 9 vertikal o’q o’tgan. Bu o’q 24
elektrodvigatel va 23 uzatma yordamida harakatga keltiriladi.
O’qga shrotni bir tekis aralashtirish uchun har bir qasqonda ikkitadan 6
pichoqlar o’rnatilgan. Ular shrotni bir qasqondan ikkinchisiga o’tkazish
uchun ham
xizmat qiladi. O’qning ichiga 16 patrubka orqali o’tkir bug’ yuborilib, u pichoqlarga
tarqatiladi. Bundan tashqari har bir qasqonga o’tkir bug’ 20 patrubka orqali
yuboriladi.
Shrot bir qasqondan ikkinchisiga taglikdagi 26 tuynukdan o’tadi. Bu tuynuk 21
segmentli klapan orqali yopiladi. Klapan 4 richagli mexanizm yordamida 22 sath
rostlagich bilan bog’langan.
Har bir qasqonning tagligida erituvchi va suv bug’lari tosterning ustki qismiga
14 kengayish kamerasiga o’tish uchun 25 tirqishlar mavjud. Tosterdan chiqayotgan
bug’lar 15 patrubka orqali qurilmadan chiqariladi.
181
Ekstraktordan chiqayotgan shrot tosterga shnekli ta‘minlagich orqali 13
patrubkadan beriladi, erituvchidan ajratilgan shrot qurilmadan individual 2 uzatmali 3
bo’shatishsh shneki orqali chiqariladi. Shrot namunasi 17 patrubkadan olinadi. Har
bir qasqon 5 lyuk bilan ta’minlangan. Termometr
va manometr patrubkalar
yordamida o’rnatiladi.
Qurilma quyidagi tartibda ishlaydi. Ekstraktordan chiqayotgan shrot shlyuzli
zatvor va ta’minlagich orqali qurilmaning yuqori qismiga - kengayish kamerasiga
beriladi. Zarur hollarda shnekli ta’minlagichda shrot namlanadi.
Ustki qasqondan
shrot uzluksiz ravishda ketma-ket pastgi qasqonlardan o’tadi va qurilmadan
chiqariladi. Shrotni qayta ishlash umumiy vaqti 55...65 minutni tashkil etadi.
Qasqonlarda shrot yopiq bug’ yordamida qizdiriladi, o’tkir bug’ bilan bug’lanadi va
pichoqlar bilan aralashtiriladi. Har bir qasqonda mahsulot qatlamining balandligi bir
xil (400 mm) bo’ladi
Erituvchi va suv bug’lari har bir qasqonning ostidagi 25 tirqishlardan o’tib
yuqoriga ko’tariladi va kengayish kamerasiga keladi. Bu yerda bug’lar dastlab shrot
zarrachalaridan
tozalanadi, qolgan shrot zarrachalaridan ajratish uchun ho’l shrot
tutqichga uzatiladi.
Tayyor shrot harorati 100-105
0
C, namligi 8,5-10 % va qoldiq erituvchi 0,05%
dan ortiq bo’lmagan holda 3 shnek orqali qurilmadan chiqariladi.
O’n qasqonli bug’latgichning texnik tavsifi
Ish unumdorligi shrot bo’yicha, t/sut......................170 cha
Aylanish tezligi, min
-1
aralashtirgich o’qi .............................................28
bo’shatuvchi shnek ............................................63
Uzatmaning quvvati, kVt
aralashtirgich o’qi .............................................48
bo’shatuvchi shnek .............................................2,2
Gabarit o’lchamlari, mm...................................4320x10930
182
Qasqonli bug’latish qurilmasi - toster ishlatilganda shnekli bug’latish
qurilmasining kamchiliklari bartaraf etiladi. Tosterlarda har bir bosqichda bug’latish
jarayonini boshqarish imkoniyati mavjud bo’lganligi sababli belgilangan harorat va
namlikdagi shrot olinadi.
Tosterda shrotning qurib ketishi va maydalanishi ko’zatilmaydi, natijada ko’p
chang hosil bo’lmaydi. Bu esa shrotni tashishda statik elektr toki hosil bo’lishini
oldini oladi, yo’qotishlarni
kamaytiradi, korxona va saqlash omborlarning sanitar
holatini yaxshilaydi.
Tosterlarda bug’latish jarayoni samarali boradi va shrot tarkibidagi qoldiq
erituvchi miqdori 0,05% dan oshmaydi. Shrotning oziqa xususiyatlari oshadi. Paxta,
soya, kanakunjut urug’lari tarkibida zaharli moddalar bo’lib,
tosterda shrotni qayta
ishlash jarayonida bu moddalar zaharsizlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: