57
jumlasidandir.
1931 yildan boshlab tarjimachilik ishiga yangi kuchlar kelib qo’shildi.
H. Olimjon M. Lermontovning «Bela», Izzat Sultonov Lukashinning «Kichik
hikoyalar»ini, Malik Rahmon Chexovning «Unter Prishibeev» asarlarini tarjima
qildilar. Mannon Royiq badiiy tarjima ustida juda unumli ish olib bordi. U M.
Gorg’kiyning «Bolalik» (1931), Lyashkovning «Yemirilish» (1931),
Sholoxovning
«Ochilgan qo’riq» (1932) asarlarini tarjima qilgan.
Abdulla Qahhor Serafimovichning «Temir oqim», M. Gorg’kiyning «Mening
universitetlarim» asarlarini tarjima qilishi tarjimonlikdagi katta jasorat edi.
Mirzakalon Ismoiliy xuddi shu yillarda L. N. Tolstoyning «Tirilish», Novikov
Priboyning «Pulima»,M. Gorg’kiyning «Konovalov» asarlarini ehtiros bilan tarjima
qildi.
30-yillarda til masalasi xususida qizg’in bahs va munozaralar bo’ldi. Ko’pchilik
adib va olimlar fors va arab tillardan kirib kelgan so’zlarni ishlatishga qarshi
chiqdilar. Bir xil tarjimonlar tarjima qilinishi mumkin bo’lgan ba’zi ruscha so’zlarni
aynan olishga urindilar. 30—40yillar tarjimachiligi xususida gap ketganda Usmon
Nosirning tarjimachilik faoliyati to’g’risida fikr yuritmay bo’lmaydi. Bu iste’dodli
tarjimonning A. S. Pushkindan «Boqchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovdan
«Demon» tarjimalari tarjimachiligimizning yuksak namunasi sifatida hozirgi kunda
ham ko’pchilik yosh tarjimonlarga ibratdir.
M. Yu. Lermontovning «Boqchasaroy fontani»dan keltirilgan
misralarda
Usmon Nosirning o’ziga xos tarjimonlik tamoyili namoyon bo’lgan. Birinchidan,
tarjimon barmoqdagi to’qqiz bo’g’inli vaznni tanlab to’g’ri ish qilgan. Ikkinchidan,
u konmatn hajmiga emas mantig’iga e’tibor beradi Agar biz bugungi
yuksakliklardan turib 30-yillar adabiy jarayonidagi realizm metodi asosida yangi
adabiyot yaratish uchun ketgan qizg’in kurashni kuzatadigan bo’lsak, davrning o’zi
kashf etgan buyuk iste’dodlar yorqin namoyon bo’ladi. 30-yillar tarjimachiligida
ham Yevropa adabiyotini, rus adabiyotini bu kun uchun ham ibratli bo’larli tarzda
tarjima etgan san’atkorlar xuddi Ernst Xeminguey ta’kidlaganidek, o’zlarining
benazir iste’dodi bilan adabiyotimiz tarixida munosib o’rin egallaydilar.
58
Usmon Nosirdagi bunday noyob talant ayniqsa Lermontovning «Demon»
poemasi tarjimasida ko’zga
tashlanadi.
Bu asar
tarjimasida ham tarjimon
«Boqchasaroy fontani»dagi tamoyilida ish ko’radi. Usmon Nosir tarjima etish
uchun tanlagan bu asarlar sharq xalqlariga xos milliy kolorit asosida yaralgan. Ana
shunday adib va tarjimonlar qatorida o’zining qisqa, lekin sermazmun umrida
bor-yo’g’i ikki tomlik asarlar, ikkita poema va bitta ilmiy maqola tarjimasini
meros
qoldirgan Usmon Nosir ham sharafli o’rin tutadi. Ma’lumki, san’atkor ijodini hech
qachon hajm belgilagan emas. Usmon Nosir shu «ozgina» ijodi bilan adabiyotimiz
tarixida nurli iz qoldirgan omadli shoirlarimizdandir. Usmon Nosirning tarjima
qilish uchun Pushkin va Lermontovdan tanlagan asarlari uning talant yo’nalishiga
yaqin bo’lgan poemalardir. Biz «Demon»ning o’zbekcha nusxasini o’qir ekanmiz,
tarjimonning nazariy bilimining ham yetukligini his etamiz. U asar tarjimasiga
kirishar ekan, avvalo matnning ma’nosini uqib oladi. Shoirning badiiy niyatini,
asarning pafosini, ritmikasini doimo nazarda tutadi. Usmon Nosir asardagi berilgan
tabiat manzaralarini ham latif misralarda asl nusxaga hamohang ifodalaydi.
Original
bilan bahs qila oladigan tasvirlar chizadi.
Do'stlaringiz bilan baham: