Taqrizchi:
NamDU qoshidagi AL o’qituvchisi.
66
NamDU filologiya fakulteti o’zbek tili
yo’nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi
Jaloldinova Muxayyo Xasanboy qizinig
“Usmon Nosir – mohir tarjimon”
mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy
ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
30—40yillar tarjimachiligi xususida gap ketganda Usmon Nosirning
tarjimachilik faoliyati to’g’risida fikr yuritmay bo’lmaydi. Bu iste’dodli
tarjimonning A. S. Pushkindan «Boqchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovdan
«Demon» tarjimalari tarjimachiligimizning yuksak namunasi sifatida hozirgi kunda
ham ko’pchilik yosh tarjimonlarga ibratdir.
Usmon Nosirning ijodi azim bir kenglikka chiqish arafasida to’xtab qoldi. Uning
ijodida yoshlikning betakror qaynoq tuyg’ulari, hayotga muhabbat, ehtirosli kurash
hissi barq urib turadi. Undagi bu tuyg’u, bu qaynoqlik, ehtirosli kurash hissi uni
Pushkin va Lermontov ijodiga yaqinlashtirdi. Tarjimon ularda o’z ijodiga
hamohanglik sezdi. Shu hamohanglik natijasi o’laroq Pushkin, Lermontov asarlari
Usmon Nosir qalamida xuddi o’zbek tilida yozilgandek jarangladi.
Jaloldinova Muxayyo Xasanboy qizinig “Usmon Nosir – mohir tarjimon”
mavzusidagi malakaviy ishida shu masalalar izchil, keng ko’lamda, reja asosida
ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritilgan. Bitiruv-malakaviy ish har tomonlama
puxta tuzilgan reja asosida yozilgan bo’lib, ishning kirish qismida an’anaviy
talablardan kelib chiqilgan holda mavzuning dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi,
manbalari, Bitiruv-malakaviy ishning maqsad hamda vazifalari, nazariy va amaliy
ahamiyati, tuzilishi sodda, tushunarli usulda ifodalangan.
Usmon Nosirdagi bunday noyob talant ayniqsa Lermontovning «Demon»
poemasi tarjimasida ko’zga
tashlanadi.
Bu asar tarjimasida ham tarjimon
«Boqchasaroy fontani»dagi tamoyilida ish ko’radi. Usmon Nosir tarjima etish
uchun tanlagan bu asarlar sharq xalqlariga xos milliy kolorit asosida yaralgan. Ana
shunday adib va tarjimonlar qatorida o’zining qisqa, lekin sermazmun umrida
bor-yo’g’i ikki tomlik asarlar, ikkita poema va bitta ilmiy maqola tarjimasini meros
67
qoldirgan Usmon Nosir ham sharafli o’rin tutadi. Ma’lumki, san’atkor ijodini hech
qachon hajm belgilagan emas. Usmon Nosir shu «ozgina» ijodi bilan adabiyotimiz
tarixida nurli iz qoldirgan omadli shoirlarimizdandir.
Mazkur kichik tadqiqotda talaba o’z oldiga Usmon Nosir badiiy mahоratiga оid
tadqiqоtlarni o’rganish kabi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Ta’kidlash joizki, talaba bu vazifalarni bajarishga erishgan. Ishda Usmon Nosir
asarlaridagi insonparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalarining ifodalanishi misollar
vositasida atroflicha tahlil qilingan. Mazkur tadqiqot materiallaridan oily o`quv
yurtlarida, akademik litsey va umumiy o`rta ta’lim maktablarida adabiyot fanlarida
Usmon Nosir ijodiy mahoratini o’rgatishda foydalanish mumkin.
Bitiruv – malakaviy ishda ma’lumotlarni ishonarli dalillar bilan ifodalash
talab darajasida amalga oshirilgan. Ular hozirgi kun talablariga javob beradi.
Talabaning fikrlari va chiqargan xulosalari asosli.
Bitiruv – malakaviy ish o’z yakunini topgan. Ishning rasmiylashtirilishi DAK
talablariga javob beradi. Ishni himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar : katta o’qit. A.Omonov
Do'stlaringiz bilan baham: |