1-amaliy mashgʻulot. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga tadbiq etish jarayonida maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi fanining oʻrni, predmeti, maqsad va vazifalari



Download 156,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.06.2022
Hajmi156,52 Kb.
#705103
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-амалий машгулот (2)

Davlat ta’lim standarti: 
1)
ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak 
bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 
2)
O’quv fani bo’yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini 
belgilovchi asosiy hujjat; 
3)
ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan 
bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning 
tayyorgarlik darajalariga qo’yiluvchi talablarni belgilaydi. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni bilan bir 
qatorda ta’lim standarti asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. “Standart” ingliz 


tilidan tarjima qilinganda “me’yor”, “namuna”, “andoza”, “model” ma’nolarini 
anglatadi. Standart yordamida respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida 
ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o’quv ishlari normativlari
moslashtiriladi, o’quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 
O’quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari 
mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil 
shug’ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo’lgan yoki qiziqarli 
bo’lmagan fanni o’rganishda o’quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum 
bilan cheklanish imkoniyati beriladi. 
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko’ra quyidagilardan 
iboratdir: 
1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o’rganish 
obyektlari va asosiy mazmunli yo’nalishlari ko’zda tutiladigan o’quv fanining 
umumiy ta’rifi. 
2. O’quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash. 
3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni o’quvchilarning o’quv 
tayyorgarliklari zarur bo’lgan minimal darajasiga talablar. 
4. Bilim, ko’nikma va malakalarga qo’yiluvchi talablar, bu ularning 
majburiy tayyorgarliklari darajasining “o’lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, 
testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o’quvchilar tomonidan 
talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo’ladi. 
Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga 
oshirilishini nazarda tutadi: 
-
ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur 
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish 
talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash: 
-
mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib 
chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; 
-
ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim 
oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni 
samaradorligini oshirish; 
-
sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida 
shaxsning, jamiyat va davlatning manfatlarini himoya qilish; 
-
kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va 
tartibini belgilash; 
-
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini 
ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini 
maqbullashtirish; 
-
mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash; 
Davlat ta’lim standartlarining vazifalari: 
-
ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari 
nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; 


-
ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy 
malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek 
ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli 
talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish; 
-
xalqning boy ma’naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim 
oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini 
joriy etish; 
-
ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va 
tarbiyani kelishib olish ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va 
kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash; 
-
o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, uzluksiz ta’lim tizimining pedagogik 
texnologiyalariga va axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat 
qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning 
malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash;
-
ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim 
muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish; 
-
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 
-
milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan 
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; 

Download 156,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish