Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204
Bog'liq
dorivor

Safro xilti. 
Tabiiy safro xilti - qonning yuqori yengil qismi bo`lib, toza, o`tkir hidli,
rangi sariq qizilga moyil, agar juda qizib ketsa kuchli qizil rangda bo`ladi. Tabiiy 
safro jigarda hosil bo`ladi va ikki qismga bo`linadi: bir qismi qonga qo`shilib ketadi, 
ikkinchi qismi esa sof o`t bo`lib, tinib o`t qopchasiga boradi.
Tabiiy safroning qonga qo`shilishi natijasida organizmning unga bo`lgan 
ehtiyoji qondiriladi.
Zarurati shundan iboratki, u safro mizojiga yaqin a`zoni oziqlantiradi. 
Manfaati, qonni latiflashtirish, suyultirib tor va ingichka yo`llardan o`tkazish.
Umumiy manfaati: organizm namligini ta`minlab, tana tabiiy haroratini hosil 
bo`lishida ishtirok etadi.


45 
Tabiiy sof safroning o`t qopchasiga jamlanishi ham zarurat va manfaat 
uchun bo`ladi. Zarurati bir a`zo o`t qopchasini oziqlantirish, ikkinchi zarurati 
shundan iboratki, u butun organizmga taaluqli bo`lib, organizmni ortiqcha narsa 
chiqindilardan xalos qiladi.
Ibn Sino ta`biri bilan aytganda: manfaatning ikki turi mavjud. Birinchisi, 
ichaklarni quyqa g’aliz, yopishqoq balg’amlardan tozalaydi. Ikkinchisi, ichakni va 
orqa chiqaruv teshigining mushagini qitiqlab, hojatni his ettiradi va kishini 
tashqariga chiqishiga muhtoj qiladi.
Ibn Sino ta`limotiga asoslanib quyidagilarni qo`shimcha qilamiz.
1.O`t qopchasiga to`plangan safro 12 barmoqli ichakka o`tgandan so`ng 
darvozabon (oshqozonning pilorik qismi) kaliti bo`lib, uni ochilib yopilishini 
ta`minlaydi.
2.Ichaklarga o`tgan o`t ularning devorlarini quyuq-g’aliz balg’amlardan tozalash 
bilan birga ichak devorlarini moylaydi va ularning shilinishiga yo`l qo`ymaydi, 
o`zidagi harorat bilan ichaklar haroratini ta`minlaydi.
3.Hozirgi zamon tibbiyoti tili bilan aytganda, ichaklar ichidagi muhitni bir 
me`yorida saqlab, u yerdagi mikrofloralar uchun muhit yaratadi. 
Savdo xilti. 
Tabiiy savdo xilti toza qonning tarkibida bo`lib, eng pastki qismidagi 
cho`kmasidir. Uning rangi qora, tabiati sovuq-quruqdir. Savdo xilti jigarda hosil 
bo`lgandan so`ng zarurat va manfaat tufayli ikki qismga bo`linib, bir qismi qonga, 
ikkinchi qismi esa jigar, taloq boylami bag’ridagi vena tomirlari orqali taloqqa 
boradi.
Tabiiy savdo xiltining qonga o`tgan qismini zaruriyligi a`zoni oziqlantirish 
uchun bo`lib, bu a`zo tanadagi suyaklardir, ya`ni qondagi savdo xiltlarining zarurligi 


46 
suyaklarni oziqlantirishdan iborat. A`zoni oziqlantirishda qon tarkibidagi savdo 
yetarli miqdorda qonga aralashgan bo`lishi kerak.
Uning manfaati shuki, qonni pishiq qilib kuchaytiradi, quyultiradi va tarqalib 
ketishdan saqlaydi. Savdo xiltining taloqqa borgan qismining zaruriyligi butun 
tanaga taaluqli bo`lib, uni ortiqcha narsalardan tozalaydi, ikkinchi zaruriyligi faqat 
birgina a`zo uchun, u ham bo`lsa taloqni oziqlantirishdir. Manfaati ham ikki 
sababdan iborat. Birinchi sabab: taloqdan chiqqan savdo xilti tana bo`ylab 
tarqalishidan oldin oshqozon og’ziga tushib, uni pishiq, qattiq va kuchli qiladi. 
Ikkinchi sababi shundan iboratki, me`da og’ziga tushgan tabiiy savdo, nordonligi 
tufayli me`da og’zini qitiqlaydi, uni ochlikdan ogohlantiradi va ishtahani qo`zqatadi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish