Nafsoniy quvvatlar:
Zohiriy va botiniy his quvvatlari
Harakat quvvatlari
59
Tashqi sezgini his qilish quvvatlari.
Zohiriy, ya`ni tashqi sezgini his qilish quvvatlari bosh miyaning oldingi birinchi
va ikkinchi qorinchasida joylashgan bo`lib, ular besh quvvatdan iborat:
1.Ko`rish quvvati - bu quvvat yordamida odamlar tashqi muhitni rang -
barangligini, go`zalligini, jismlar shaklini, hayvonot olamini idrok va kuch
quvvatini, umuman butun ko`rish kerak bo`lgan narsalarni ko`rib zavqlanadi,
qisqasi ta`sirlanadi va ko`rgan narsasi haqida tasavvur hosil qiladi. Bu quvvatni
mutloq ish boshqaruvchi a`zosi ko`zdir.
2.Eshitish quvvati. Bu quvvat yordamida inson tashqi muhitda hosil bo`ladigan
yoqimli va yoqimsiz tovushlarni eshitadi va farqlaydi. Bu quvvatni mutloq ish
bajaruvchi a`zosi quloqdir.
3.Hid bilish quvvati. Bu quvvat yordamida insonlar nafas olayotgan havodagi
xush, noxush hidlarni sezib yo quvonib rohatlanadilar yoki nafratlanib jirkanadilar.
Hid bilish quvvatini mutloq ish bajaruvchi a`zosi burundir. Tabiblar esa hidlarni
o`rganib iste`mol mahsulotini mizojini aniqlab oladilar. Yaxshi yoqimli hid nafsoniy
ruh oziqasidir.
Tashqi sezgini
his
qiluvchi
1.Ko`rish
2.Eshitish
3.Hid bilish
4.Ta`m bilish
5.Tegib
sezish(taktil
sezgi)
Ichki sezgini xis
qiluvchi
1.Tasavvur –
mushtarak
2.Fikrlash
3.Tafakkur-fahm
4.Xotira-xofiza
5.Ong
Harakat
1.Yozilish
2.Bukilish
60
4.Ta`m bilish quvvati. Bu quvvat yordamida insonlar jism va iste`mol
mahsulotlarining ta`mini sezib, rohatlanib yo g’azablanib tasavvur hosil qiladilar.
Bu quvvatni mutloq ish bajaruvchi a`zosi tildir.
5.Tegib sezish ( taktil sezgi) quvvati. Bu quvvat inson terisiga tegish orqali
bilinadi, chunki bu quvvatni mutloq ish bajaruvchi a`zosi teridir. Tegib sezish orqali
tashqi ta`sirotlar, ya`ni issiqlik, sovuqlik, ho`llik, quruqlik va turli og’riq beruvchi
sabablar teri orqali his qilinib, tasavvur shakllantiriladi .
Botiniy - ichki sezgi quvvatlari.
Botiniy, ya`ni ichki sezgi quvvatlari bosh miyaning barcha qorinchalarida
bajaradigan vazifasiga qarab joylashgan his-idrokni shakllantiradi:
1.Mushtarak, ya`ni tasavvur hissi birinchi va ikkinchi qorinchaning old
qismida joylashgan. Besh zohiriy hislar bu quvvatni shakllantirishda asosiy rol
o`ynaydi, chunki inson tashqi his qilish quvvatlarini borliqqa nisbatan tasavvur
qiladi va bu quvvat o`z faoliyatini bajaradi.
2.Fikrlash ham botiniy quvvatlardan bo`lib oldingi qorinchalarni chiqish joyida
joylashgan bo`lib, ko`rish hissi yordamida oldingi ko`rgan narsalarni xayolan
tasavvur qilish yoki umuman, ko`rgan -eshitganlarini xayolan tahlil qilib ,fikrlash
qobiliyatini yuzaga keltiruvchi quvvatdir.
3.Fahm, ya`ni tafakkur hissi ham botiniy idrok quvvatlardan bo`lib, uchinchi
qorincha oxirida joylashgan. Bu quvvat fikrlash qobiliyatini umumiylashtiruvchidir.
4.Hofiza, ya`ni xotira hissi botiniy idrok qilish quvvati bo`lib, to`rtinchi
qorincha oxirida joylashgan.Uning ishi ko`rgan, eshitganlarni yodda saqlashdan
iborat. Bu quvvat insonlarda cho`kish davriga kelib kuchsizlanadi, chunki uning
mizoji soviydi. Yoshligida ko`rgan eshitganlarni esa yodda saqlay oladi. Chunki bu
davrda inson mizoji issiq bo`ladi. Buning sababi shuki, bu quvvatni
61
harakatlantiruvchi kuch nafsoniy ruh to`rtinchi qorinchaga kelganda to`liq
shakllangan bo`ladi.
5.Ong -botiniy idrok qilish quvvatlarini bir ko`rinishi bo`lib, uchinchi qorinchani
boshlanish qismidà joylashgan. Uning ishi ko`rgan, eshitgan, o`qiganlarni
mujassamlab xulosalash. Bu quvvat mutafakkirlar, olimlar, shoir va yozuvchilarda
shuningdek, ishbilarmonlarga nisbatan yaxshi shakllangàn bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |