344
Urug’ning paydo bo`lish sababi
Erlik urug’i - uchinchi - hazm tamomlanib oziq a`zolarga taqsimlanganda
bo`ladigan to’rtinchi hazm vaqtida tomirlardan sizib o`tadigan chiqindidan iborat.
Urug’ qo’yilganiga ko`p vaqt bo`lmagan tug’ma rutubat jumlasidan bo`lib, bu
rutubatdan venalar, arteriyalar va boshqa shular kabi asosiy a`zolar oziqlanadi.
Ko`pincha, bu rutubatning ko`pgina qismi endigina to`rtinchi hazmni o`tkazib,
tomirlarda yoki ularga hamkor a`zolarda tarqalgan holda qoladi va ularning
oziqlanishlari uchun xizmat qiladi; bu a`zolar uni uncha o`zgartirmay iste`mol
qiladi, natijada urug’ tomirlardan ularga o`tadi. Jolinus va boshqa tabiblarning
fikricha, erkak va xotinning har ikkalasida ham urug’ bor: bularning har ikkalasini
ham maniy deb aytilishi ismda umumiylik sababli emas, balki tom ma`noda muvofiq
kelishlari sabablidir. Ikkala urug’dan har birida ham suvrat berish, ham suvratlanish
quvvati bor. Lekin erkak urug’ida tangrining izni bilan suvrat berish manbai kelib
chiqadigan quvvat zo`rroqdir, ayol urug’ida esa, suvratlanish manbaini beruvchi
quvvat zo`rroqdir. Erlik urug’i bachadon mugiziga to`kiladi, keyin uni bachadon
og’zi qattiq tortib yutadi. Lekin ayol urug’i bachadon ichkarisidan idishlar va
tomirlar orqali urug’lanish o`rniga to’kiladi; Olim va faylasuflarga kelsak, ularning
ta`limotlarini tekshirib chiqilsa, shu narsa ma`lum bo`ldiki, erlik urug’i faqat suvrat
berish manbai bo`lib, xotinlar urug’i o`ziga xos ishda suvratlanish manbaidir. Erlik
urug’idagi suvrat beruvchi quvvat, biror mone bo`lmaganda, o`zi ajrab chiqqan
narsasiga o`xshatishga tirishadi, xotin urug’idagi suvratlanuvchi quvvat suvrat qabul
qilishda o`zi ajralib chiqqan narsaga o`xshatib qabul qilishga tirishadi. Maniy so`zi
umumiy ravishda ikkoviga aytilsa, bu ismning ikkoviga umumiy ekanligidan
bo`ladi. Agar ikkovini ichiga oladigan ma`no topilmay, u narsa maniy deb atalsa,
unda boshqacha bo`ladi. Agar maniy erlik urug’i ma`nosida olinsa, u chog’da
xotinning urug’i maniy bo’lmaydi. Haqiqatda ham, erkakning urug’i issiq, quyuq va
yetilgan bo`ladi xotinniki esa hayz qoni jinsidan bo`lib, ozgina yetilgan, bir oz
345
o`zgargan va qonlikdan erlik urug’icha uzoqlashgan bo`lmaydi. Shu jihatdan buni
qadimgi faylasuf hayz kishi deb ataydi. Faylasuflarning aytishicha, erkak urug’i
xotin urug’iga aralashganda o`z quvvati bilan ta`sir qiladi va bola gavdasining jismi
barpo bo`lishiga bu urug’ jismining ko`p dahli yo`qdir, chunki bola gavdasining
barpo bo`lishi xotin urug’i va hayz qonidandir. Balki erlik urug’i bola ruhining jismi
barpo bo`lishida ko`proq ish ko`rsatadi va erlik urug’i sutga ta`sir qiluvchi tomizgi
kabidir.
Xotin urug’i esa bola gavdasining jismiga asosdir. Bulardan har biri issiq,
rutubatli va ichida ruhi bor qonni tug’diradigan narsani ko`paytiradi. Bu ikki
ta`limotdan qaysi biri to`g’riligini bilish tabiat ilmiga havola qilinadi buni bilmaslik
tabibga zarar keltirmaydi. Buqrot urug’ moddasining ko`p qismi miyadan quloq
orqasidagi ikki tomir orqali tushadi degan ma`noda gapiradi; Shuning uchun bu ikki
tomirdan qon olish naslni kesadi va bola bo`lmaydigan qilib qo`yadi. Urug’ paydo
qiluvchi qon sutsimon bo`ladi.
Miyadan va unga o`xshaganlardan juda uzoqlashib ketmasligi uchun u ikki tomir
orqa miyaga ulangan, bunda u qonning mizoji o`zgarib, uning o`zi ham boshqa
holatga o`tadi; balki bu tomirlar orqa miyaga, so`ngra buyrakka, keyin moyaklarga
keladigan tomirlarga qo`yadi. Jolinus bu ikki tomirni kesish naslsizlikka sabab
bo`lishi yoki bo`lmasligini bilmaydi. Garchi urug’ning tomizgisi miyada bo`lib,
Buqrotning bu ikki tomir to`g’risida aytganlari to’g’ri bo`lsa ham mening fikrimcha,
urug’ning yolg’iz miyadan kelishi shart emas.
Balki har bir boshqaruvchi a`zoda urug’ga tegishli bir manba bo`lishi va boshqa
a`zolar ham shu asosiy a`zolarga biron ulush berishlari kerak. Bu bilan nasliy
o`xshashlik hosil bo`ladi, shu jihatdan tugal bo`lmagan a`zodan nuqsonli a`zo
tug’iladi.
346
Jinsiy yetilish bo`lib, tomirlar kengaymaganda va shahvat qo`zg’alib, yetilish
to`liq bo`lmaganda, bu narsalar ham bo’lmaydi. Ba`zan urug’ni o`ziga aralashgan
yel haydaydi, bunda u albatta yeldan oldin chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |