323
Tog’ jambili
- Bakterosid, yallig’lanishga qarshi, tinchlantiruvchi,
ishtahani
ochuvchi sifatida jigar kasalliklarida ishlatiladi.
Zirk
–o’simligidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar jigar kasalliklarida
yuqori nafas kasalliklarida, oshqozon-ichak kasalliklarida ishlatiladi. Uning siydik
haydovchi terlatuvchi ,og’riq qoldiruvchi, o’t haydovchi xususiyatlari bor.
Yer qalampir ildizi
-tarkibida uglevodlar, efir moylari, mikroelementlar,
alkaloidlar va vitamin C ko`p bo`ladi. Jigar kasalliklarida o’tni haydovchi, ishtahani
ochuvchi, siydik haydovchi dorivor o`simlik sifatida ishlatiladi.
Jumro’t
- mevalari tarkibida ko`p
miqdorida qand, organik kislotalar, limon
kislotasi va vitaminlarga boy dorivor o`simlik. Jigar kasalliklarida quvvatlovchi,
moddalar
almashinuvini yaxshilovchi, zararsizlantiruvchi xususiyatga ega.
6.4. § .O`t qopi kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash .
O’t qopi anatomiyasi
O’t qopi jigardan me`da tomoniga qarab osilgan xaltacha bo`lib, devori bir qavat
va asablarga boydir. Uning jigarga qaragan og’zi va yo`li bor jigarga muvofiq
keladigan suyuq xilt, ya`ni sariq o’t shu yo`ldan tortiladi. Bu yo`l jigarning o’ziga
va qon vujudga keladigan tomirlarga tutashadi shu yerda uning jigar tanasiga botib
kirgan anchagina shaxobchalari bor, vaholangki bu yo`ldagi
asosiy tarmoqning
kiradigan joyi jigarning chuqur tomonidadir. Uning yana boshqa og’zi va me`da
ham ichaklar tomoniga boradigan kanali bor, shu kanaldan, safroning ortiqchasi
me`da va ichaklarga yuborildi. Bu kanal shaxobchalarining ko`pi o’n ikki barmoqli
ichakka borib tutashadi. Ba`zan kichkina bir tarmoq me`daning
quyisiga tutashadi,
goho ish aksincha bo`lib, yo’g’on tomirlarga tutashgan katta qismi me`da quyisiga
yo’naladi, kichiklari o’n ikki barmoqli ichakka tutashadi. Ko`p kishilarda bu o’n ikki
barmoqli ichakka tutashgan bitta yo`ldan iborat bo`ladi. O’tni surib oluvchi nayning
o’t qopchasiga kirish yo`li, siydik pufagidagi nayning pufakka kirish yo`liga
o’xshaydi. Qadimgi tabiblar siydik pufagini odatda "katta xalta" deb ataganlaridek,
324
o’t qopchasini "kichik xalta" deb ataganlar. O’t qopchasining yaratilishidagi manfaat
jigarni ko`pikli chiqindidan tozalash, jigarni qozon tagidagi olov singari isitish,
qonni latiflashtirish, chiqindilarni tarqatish, axlatni chiqishga qo’zgatish, ichaklarni
tozalash va ularning tevaragidagi mushakni pishiqlashidan iboratdir. Ko`p
kishilarning o’t qopchasida me`daga tomon yo`l yaratilmagan,
yaratilganda
ichaklardagi rutubat o’t bilan yuvilganidek, me`da rutubatlari ham yuvilar edi, bunga
sabab shuki, me`da o’tdan aziyatlanib kishi behuzur bo`ladi, ovqatga yomon xilt
aralashuvi sababli me`da hazmi buziladi. O’t qopchasiga arteriyadan va jigarga
tutashib turadigan asablardan juda kichik ikkita shaxobcha keladi. O’t qopchasi
siydik pufagiga o`xshash bir qavat bo`lib, uch turli toladan tuzilgan.
O’t qopchasi o’tni tortmasa, yoki tortsa ham jigarni tozalab turmasa, turli ofatlar
yuz beradi. Safro o’t qopchasidan yuqorida to’xtalib qolsa, jigarni shishiradi va sariq
kasalligini paydo qiladi, ba`zan u sasib yomon isitmalarni keltirib chiqaradi. Agar o’t
siydik a`zolariga juda ko`p oqib borsa, yara qiladi, biror boshqa a`zoga oqib borsa,
saramas va nazla paydo qiladi. Agar butun badanga tarqalib o’rnashib
qolsa va
qo’zgalmasa, sariq kasalligini paydo qiladi. Agar o’t ichaklarga haddan tashqari ko`p
oqsa, safroli ich ketish va ichak shilinishini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: