Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204
Bog'liq
dorivor

Mavzu savollari 
1.Jigar anatomiyasi va fiziologiyasi.
2.Jigarning tabiiy mizoj belgilari.
3.Jigarning buzilgan tabiiy mizoj belgilari. 
4.Jigar xastaliklari klassifikastiyasi. 
5.Jigar kuchsizligi. Jigar tiqilmalari. 
6.Jigar kasalliklarini tashxislash va davolash.
7.Ut qopi xastaliklari, sababi, tashxislash va davolash. 
8.Taloq, xastaliklari sababi, tashxislash va davolash.
VII-BOB.SIYDIK AJRATISH VA JINSIY A’ZOLAR KASALLIKLARI
7.1. § Buyrak, siydik tosh va qovuq xastaliklarini sharqona usulda
tashxislash va davolash
Buyrak anatomiyasi 
Buyrak qonni ortiqcha suvlikdan tozalaydigan qurol sifatida yaratilgan. 
Suvlikning kerak bo`lganligini o’z navbatida izohlagan edik. Qon yetilib , badanga 
o’tishga tayyor bo`lganda, bu suvlikka ehtiyoj qolmaydi. Bu suvlik badanda juda 
ko`p bo`lganligidan uni o’ziga tortib tozalovchi bitta katta a`zo, yoki kichik 
bo`lganda bir juft a`zo yaratilishi lozim edi.
Agar u bitta va katta bo`lganda edi, yaxshi joylasholmay, siqilib qolgan 
bo’lar edi. Shuning uchun bitta bo`lish o’rniga ikkita buyrak yaratilgan. Uning ikkita 
bo`lishida a`zolarning ikki bo`lak qilib yaratilgandagi ma`lum manfaatlar bordir; 
bular ulardan biriga biror ofat yetsa, ikkinchisi uning vazifasini qisman yoki to’la 


327 
bajaradi. Ehtiyot uchun ularni sonda ko`p va javharlarini pishiq qilingan, bunday 
bo`lishining bir qancha foydali tomonlari bordir birinchidan, ularning soni 
qo’shilishidan hajmlarining kichikligi uncha bilinmaydi; ikkinchidan, javharlari 
pishiqligidan suyuq narsalardan boshqa narsani tortib shimish mumkin bo’lmaydi; 
uchinchidan, javhari pishiq, a`zo, har vaqt o’zi to’lgan o`tkir xiltli suyuqlikdan tez 
ta`sirlanmaydi.
Buyraklarning shunday yaratilishlari natijasida yurak venasi quvvatining 
bularga yaqin oraliqdan o’tishi qulay bo`lib, u yerda joylashgan ichki a`zolarga o’rin 
ochiladi. O’ng buyrak, mumkin qadar, jigarga yaqinroq, va undan xiltlarni yaxshiroq 
tortadigan bo`lishi uchun shul buyrakdan balandroq joylashtirildiki, u jigarga 
tegishga yaqinlashdi, xatto jigarga yaqin turgan o’siqda tegib turadigan bo’ldi. Shul
buyrak shul tomondan taloq bilan siqishganligidan ham sizilib keluvchi suvlik 
mo`tadil taqsimlanishda adashmasligi uchun tubanga qo’yildi bunda: siziluvchi 
suvlik oldin yaqinroqdagi, keyin uzoqroqdagi a`zoga tortiladi. 
Buyraklar botiq tomonlari bilan bir-birlariga yuzlanib turadi, qavargan 
tomonlari esa umurtqa suyagiga yaqin turadi. Har bir buyrakning ichida bir kovak 
bo`lib, bu kovakka yuqoriga ko’tariluvchi qisqa tomirdan keladigan suvlik emiziladi. 
Bu emilgan suvlik, buyrak uni qon chiqindilaridan obdon tozalagandan keyin, 
buyrakning ichki tomonidan sekin-asta siydik yo`li orqali keladi.
Buyrak tozalangan narsa bilan oziqlanib, chiqindini haydaydi. Chunki 
suvlik modda buyrakka tomon sof holda ajralib kelmay, balki u etni qattiq 
yuvgandagi yuvindisi kabi bo`lib, unda qon qoldig’i ham bo`ladi. Shuning uchun, 
buyrak kuchsizlanganda suvlik moddasi tozalanmay, qonlik qismi bilan birga 
chiqariladi va shuningdek, jigar kuchsiz bo`lganda ham u suvlikni qonlikdan 
keragicha ajratolmay buyraklarga yuboradi. Shunda suvlikka aralashgan qon 
moddasi buyrakning oziqlanishi uchun kerak bo`lgan miqdordan ko`p bo`ladi, 


328 
natijada chiqadigan suyuqlik buyrak oziqlanishdan zaif bo`lganidagi kabi et 
yuvindisiga o`xshash bo`ladi. 
Buyrakka parda hosil qiladigan mayda asab keladi; unga jigar darvozasi 
tomonidan vena tomiri va jigarga keladigan arteriyalardan kattagina arteriya tomiri 
ham keladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish