Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   204
Bog'liq
dorivor

Mizojlardan olinadigan dalillar 
Buzuq issiq mizojning belgilari. Bunga agar buzilish haddan tashqari bo`lmasa 
va quvvat tushmasa, tashnalik belgi bo`ladi, yana unga tutunsimon kekirik, 
so’lakning sassiqligi, yuqorida, belgi olish bobida aytib o’tgan shartga muvofiq 
sovutuvchi narsalarning foyda qilishi, tabiiy holatdagi me`dada kuymaydigan latif 
ovqatlarning kuyishi va bug’ga aylanishi, g’aliz ovqatning odatdagidan ko’ra 
yaxshiroq hazm bo`lishi belgi bo’ladi, biroq, mizoj haddan tashqari buzilgan bo`lsa, 
quvvat tushadi. Bunga yana ko`p tashna bo`lish ko`pincha ovqatga kam ishtahalilik
ayniqsa safro moddasidan bo`lgan mizoj buzilishida, belgi bo`ladi, chunki safro 
moddasi ishtahani albatta tushiradi, lekin hazm kuchli bo`ladi, ammo mizoj buzilishi 
haddan tashqari bo`lib quvvatlarni tushirsa hazm kuchli bo’lmaydi.
Ba`zan shu mizojga ingichka og’riq isitmasi ham qo’shiladi, ba`zan shu mizoj 
haddan tashqari bo`lib quvvat tushuvidan oldin kuchli ochiqishni qo’zg’atadi, bunga 
sabab ovqat moddalarining tarqatilishi, me`dadagi achishish va moddalarning 
so’rilish yo`li bilan singishga qo’zgatishidir. Goho shu ochiq ish behushlikka olib 
keladi, ovqat keyinga qolsa, kishi hushidan ketadi, agar shu ochlikning muddati 
ozroq uzoqda cho’zilsa, ishtaha butunlay yo’qoladi. Goho shu paytda so’lak oqishi 
ham ko`payadi, tuyilganda esa bug’latib tarqatuvchi issiq sababli so’lak oqishi 
to’xtaydi. Agar me`dada rutubat bo`lsa so’lak ko`payadi, uni g’aliz ovqatlar bosadi. 
Me`dasi "olovlik" kishining qoni oz, yomon, sassiq va o`tkir bo`ladi. Tub 
mizojda u qonga qarshi bo`lgan a`zolar uni isitmaydi va u bilan ovqatlanmaydi
natijada u kishi kam go`sht, tomirlari esa seron bo`ladi, chunki qon tomirlarda 
yig’ilib qolib, tabiat uni ishlatmaydi. Tomiridan qon olinsa, yomon qon chiqadi. 
 
 
Buzilgan sovuq mizojning belgilari



299 
Me`daning sovuqligiga yeyilgan ovqatning sust o’zgarishi dalolat qiladi, hatto 
ovqat quyiga tushmaydi, yoki bir muddatdan keyin deyarli o’zgarmagan holda qusib 
tashlanadi. Mizoj haddan tashqari sovuq bo`lsa, yeyilgan ovqat aslo o’zgarmaydi va 
hazm bo’lmaydi. Goho buzuq sovuq mizojga ishtahaning kuchliligi, tashnalikning 
kamligi va biz bayon qilgandek yeyilgan ovqatga qaramay kekirikning nordon 
bo`lishi dalolat qiladi. 
Faqatgina yengil ovqatlarning singdirilishi va ilgari hazm bo`lib yurgan g’aliz 
ovqatlarning singmasligi ham buzuq sovuq mizojga dalil bo`ladi. Ba`zan me`daning 
buzilgan sovuq mizoji ovqat yeyilgandan bir necha soat o’tgach tortishish va zo’r 
og’riq, paydo qilish darajasiga yetadi, bu belgilar har kuni sirkasimon suyuqlikni 
qusib tashlash bilangina bosiladi, bu ko`pincha istisqoga va hazm buzilishi natijasida 
paydo bo`ladigan ich ketishga ham olib keladi. 
Me`dasining mizoji sovuq bo`lgan kishining rangida tajribali kishidan 
yashirinmaydigan sariqlik va oqlik yuz beradi, juvona go`shti eng yaxshi 
dorilaridandir. Goho shu mizojning zararlariga miya hamkorlik qilib yeldan 
bo`ladigan bosh og’rig’i, quloq shang’illashi va shunga o`xshash holatlar paydo 
bo`ladi. Me`dadagi buzuq, sovuq mizoj issiq tub mizoj bilan duch kelib qolsa, qorin 
quldirashi, damlanish, quruqlik va tashnalik ko`payadi.
Biror sabab bilan tomirdan qon olishga ehtiyoj tushib qon olinsa mizoj buzilishi 
ortadi va bu ingichka og’riq kasalligiga olib keladi. Buning davosi ovqatdan oldin 
tilchani ho’llaydigan miqdorda ozgina sharob ichishdir. Ovqat suv shimuvchi 
narsalar va yog’siz qizil go`sht bo`lib, suyuq oshlar bo’lmasligi kerak. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish