271
3.Zotiljam haqida tushuncha berish
4.Yo’tal ta’rifi, sababi, davolash.
5.Qon tuflash.Sababi, davolash, qiyoslash
6.Ko`krak va o`pka yaralari, o`pka sili haqida tushuncha berish
5.2. § .Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarini sharqona usulda
tashxislash va davolash.
Yurak kasalliklarining belgilari
Tabiiy bo’lmagan mizojlarning dalillari yurak
kasalliklarini bildiruvchi
belgilardandir. Kuchning zaifligi va ketish, sirtqi yoki dastlabki biror sababdan yoki
boshqa a`zoning hamkorligidan bo’lmagan ozish yurak mizojining buzilganiga belgi
bo`ladi; agar shu holda xafaqon ham paydo bo`lsa, belgi to’la-tekis bo`ladi, agar u
hushdan ketishga borib taqalsa, mizoj buzilganligi kuchaygan bo`ladi.
Yurakda moddasiz sovuq yo issiq, yoki quruq, mizoj buzilishi kuchaysa, badan
silliq va ozish yo`liga kiradi, buzilgan mizoj issiq bo`lsa, umuman ingichka og’riq
kasaliga uchraydi, sovuq bo`lsa, ingichka og’riqning keksa va juda qarib zaiflashib
ketgan kishilarda bo`ladigan bir turini keltirib chiqaradi, quruq bo`lsa, sil va
ingichka og’riq kasalliklarini
keltirib chiqaradi; bu sil o`pkadan bo`ladigan sildan
boshqacha bo`ladi, chunki bunda o`pkaning o’zi zararlanmaydi, bunga yo`liqqan
kishida yo’tal ham bo’lmaydi, issig’i yo’qligidan issiq ingichka og’riq kasalligidan
ham boshqacha bo`ladi
Yurakdagi buzilgan issiq mizojning belgisi: tomir
urishining tezligi va ketma-
ketligining tabiiylikdan ortib ketishi, nafasning odatdagidan ko’ra ko`proq tez va
ketma-ket bo`lishi, sovuq havo bilan to’xtaydigan
kuchli tashnalik, salqindan
rohatlanish, boshqa biron sababsiz badanning umumiy ozishi va erishi, alangalanish
bilan birga bo`lgan g’amginlik va behuzurlikdir.
272
Buzilgan sovuq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra kichikligi,
sustligi va siyrakligidir; lekin quvvati tushib boshqa yo`l bilan qoplanmagan hojatni
qoplash uchun ketma-ket nafas olishga majburiyat paydo bo`lsa, u belgi bo’lmaydi.
Yana
nafas olishning kuchsizlanishi, quvvatning tarqalishi, isitadigan turli
narsalarga
tekkanda, ularni hidlaganda va tatiganda rohat topish; shuningdek
cho’chiydigan bo`lishlik, qo`rqoqlik, haddan tashqari yumshoqlik va ko`ngilchanlik
ham buzuq sovuq mizojning belgilaridandir.
Buzilgan ho’l mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra yumshoqligi,
ruhga ta`sir qiluvchi narsalardan tez ta`sirlanish va ta`sirning tez ketishi, xiltlarning
hidlanishidan bo`ladigan isitmalarning ko`p bo`lishidir.
Buzilgan quruq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra quruqligi,
ta`sirlanishning qiyinligi, ta`sirlanishning kuchli yoki kuchsiz bo`lsa ham uzoq vaqt
qolishi va badanning ozishidir.
Yurakda bo`ladigan shishlarning
belgilariga kelsak, ularning ba`zilari issiq
shishlarning belgilaridan iborat, ularning boshlanish paytida tomir urishida qiziq va
odatdan tashqari notekislik yuz beradi, badanda, ayniqsa nafas a`zolariga beriladigan
alanga zo’rayadi.
Nafas oluvchi kishi eng sovuq havoni burun orqali mumkin qadar ko`p tortsa
ham, nafas olmayotgandek bo`ladi, so`ngra uning ketidan bir necha bor hushdan
ketishlik yuz beradi.
Yurakdagi issiq shishlarning holatini aniqlashda boshqa shunga o`xshash
kasalliklarda bo`ladigan tomir urishining qattiqligi kabi belgini kutish kerak emas.
Chunki yurak shishi tomir urishining qattiqlashuvigacha
borib yetmaydi, balki undan
oldin oldiradi.
Yurakda uzluksizlikning buzilganligi esa sirtda bo`ladigan sabablar orqali bilinadi.
Ba`zi tabiblarning aytishicha, yurakda yara paydo bo`lsa, kishi o’ladi, uning belgisi
chap sut bezi tugmachasining og’rishidir.