Нигинахон шермухамедова


Materiyaning uchinchi konsepsiyasi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Materiyaning uchinchi konsepsiyasi
XVIII-XIX asrlarda vujudga 
kelgan
bo„lib, bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish 
jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan boyib 
bordi.
Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi. 
U materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb 
hisoblana boshlandi. Kimyoda analiz metodi kimyoviy elementning aniqlanishiga 
olib keldi va materiyaga ana shu belgi – vaznlilikka ega bo‗lgan elementlar majmui 


69 
sifatida qarala boshlandi. Mazkur yondashuvlarning kamchiligi shunda ediki
barcha moddiy narsalar alohida modda deb tushunildi, moddaning o‗zi sof mexanik 
ko‗rinishda tasavvur qilinib, unga o‗lcham, massa, og‗irlikka ega, deb qaraldi. SHu 
bilan birga, materiyaning maxsus ilmiy va falsafiy talqinlari ayniydir, deb tushunila 
boshlandi. Materiyaning falsafiy talqiniga sof induktiv yo‗l, oddiy umumlashtirish 
yo‗li bilan ayrim fanlarning g‗oya va qoidalari kiritildi.
Bu yondashuv noto„g„ri edi. Lekin, 1924 yilda B.Rassel, elektromagnit 
maydonlar va gravitatsiya maydonlari mavjudligini unutib, o„zidan boshqa 
narsalarni o„tkazmaslikni materiyaning asosiy xossasi sifatida tavsifladi. 1964 
yilda amerikalik tomist Layten «materiya» tushunchasining massa va energiyaga 
bog„langan talqinini taklif qildi.
Materiyani uning xossalaridan biriga bog‗lash uni ta‘riflashning ancha keng 
tarqalgan, lekin imkoniyatlari cheklangan usulidir. Ilmiy bilishda mazkur usul 
elementarizm vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. Bunda hodisani tushunish uchun 
murakkabni oddiyga, butunni esa elementga bog‗lash lozim.
Ammo yakkalik yoki xususiylik – muayyan modda yoki xossaga asoslanib 
materiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin emas. Ushbu asosda 
materiyaga ta‘rif berib bo‗lmasligi haqida Volter shunday deb yozgan edi: «Biz 
materiyani o‗lchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajratamiz, lekin bu qo‗pol harakatlar 
doirasidan chetga bir qadam tashlashga urinsak ham o‗zimizning ojizligimiz va 
jarlikni sezamiz»
1
. Materialist faylasuflar materiyaga uni hech narsaga 
bog‗lamasdan ta‘rif berishga harakat qildilar. Ayni vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq 
materiya haqida ancha keng tasavvur shakllandi. Bu yo‗nalishda F.Bekon, 
G.Golbax va D.Didro, ayniqsa, jiddiy muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi 
organlarimizga ta‘sir ko‗rsatuvchi hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb 
yozadi G.Golbax
2
. Uning fikricha, materiyani biron-bir yagona birinchi asosga 
o‗xshatib bo‗lmaydi, dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya ta‘rifi 
ham mumkin qadar keng bo‗lishi kerak.
XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar metafizik 
dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Faradey va 
Maksvell tadqiqotlari natijasida materiyaning moddaga qaraganda yangiroq shakli 
– elektromagnit maydonining o‗zgarish qonunlari aniqlandi. Tadqiqotlar 
elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika qonunlariga bog‗lanmasligini 
ko‗rsatdi.
Radioaktivlikning kashf qilinishi atomning noo‗tkazuvchanligi haqidagi 
ta‘limotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning bo‗linmasligi haqidagi tezisni 
kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan modda maydonga 
aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining tezligiga qarab 
massaning o‗zgaruvchanligi kashf etildi, jismlarning makon va vaqtga oid 
xossalari ularning harakat tezligiga bog‗liqligi tushunib etildi. 
Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning 
barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu darajada 
zid ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar. SHu bois, fizikada 
1
Волтер // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001 –С. 110 
2
Гольбах // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С.110 


70 
materiyaning mexanistik talqini, dunyoning mexanistik manzarasi inqirozga yuz 
tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va keyinchalik uning 
parchalanish qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim fiziklar, shu jumladan, 
E.Max va A.Puankare («fizik idealistlar») «materiyaning yo‗q bo‗lishi 
(annigilyasiyasi)» to‗g‗risidagi xulosaga keldilar. Bu xulosaning metodologik 
jihatdan asossizligi shunda ediki, unda falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning 
fizik tuzilishi haqidagi ta‘limot bilan tenglashtirildi.
Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiyaning «g‗oyib bo‗lishi», 
uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar. Amalda 
materiya g‗oyib bo‗lmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan edi. YAngi 
ilmiy kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos bo‗lgan 
sifatlarni yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon bo‗ldi.
Fanning rivojlanishida muhim rol o„ynagan materiyaning uchinchi 
konsepsiyasi efir g„oyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni to„ldiruvchi 
uzluksiz muhit tushuniladi. 
Bu g‗oyani ilk bor Aristotel ilgari surgan. Keyinchalik efir konsepsiyasi 
XVII asrda Dekart va uning izdoshlari ilgari surgan g‗oyalar ta‘sirida keng 
tarqaldi. Dekart fikriga ko‗ra, materiyaning eng sodda elementi atom emas, balki 
efir girdobidir. Har qanday ob‘ekt bunday girdoblar to‗plamining uyg‗unligi va 
o‗zaro bog‗lanishidir.
Ob‘ektning efir (girdob) modeli bilishning tegishli strategiyasini ham 
belgilaydi: narsalar va jarayonlarning xossalarini efir harakati muayyan 
xususiyatlarining namoyon bo‗lishi sifatida tushuntirish lozim (shu yo‗l bilan, 
jumladan, yorug‗likning tarqalish qonuniyatlari tushuntirilgan. O‗sha davrda 
materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‗zgarmas xossalar 
yig‗indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz 
materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‗lamlilik, shakl, 
og‗irlik va hokazolarni kiritgan. Ba‘zan materiya tushunchasi bitta muayyan 
«birlamchi» xossa, masalan ko‗lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan 
(
R.Dekart, I.Nyuton
). Materiyani tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr 
oxirigacha dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo‗lmagan. Buning negizida 
materializmning shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u 
fizikaning nazariy ma‘lumotlariga asoslanibgina qolmasdan, balki ilmiy 
izlanishlarning dunyoqarashga doir va metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Atomlar va efir haqidagi ta‘limotlarning birikuvi natijasida shakllangan 
atom-efir konsepsiyasida materiya atomlar ko‗rinishida ham, efir ko‗rinishida ham 
mavjud, ya‘ni ikkita har xil substansiyadan iborat,
 
degan fikr ilgari suriladi. Bu 
tasavvurlardan kelib chiquvchi ob‘ektning modeli bilishning ikki yoqlama 
strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan, kimyo yoki 
molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom tuzilishidan, ayrim 
(masalan, optika yoki elektrodinamikadagi) hodisalarga izohni esa – efir 
muhitining holatidan qidirish lozim. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish