Нигинахон шермухамедова


Материя ҳақидаги илк тасаввурлар



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Материя ҳақидаги илк тасаввурлар
Сув 
Ҳаво 
Олов 
Сув, Ҳаво, Олов, Ер 
Анаксимен 
Фалес 
Гераклит 
Эмпидокл 
Материя 
Объектнинг атом модели
 
Объект атомлар бирикмаси
 


66 
Platonning «Timey» dialogi mazmunidan kelib chiquvchi materiya haqidagi 
ta‘limot qadimgi yunon falsafasida alohida o‗rin tutadi. Birinchidan, Platon 
«materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus atama qo‗llamagan, bu borada 
tushunish ancha mushkul bo‗lgan «tur» ekani haqidagi ishoradan boshqa aniqroq 
tushuntirishlar ham bermagan. Ikkinchidan, u har qanday tug‗ilishning «doya»si va 
«enaga»si bo‗lish materiyaning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir 
ma‘noda bu asos, lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni o‗z ichiga olishi lozim 
bo‗lgan asos o‗zi har qanday shakldan mahrum bo‗lishi lozim bo‗lganidek, uning 
vazifasi abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini o‗zida 
aniq va to‗liq mujassamlashtirishdan iborat bo‗lganligi uchun tabiatan har qanday 
shakldan mahrum bo‗lmog‗i kerak. 
Platonning materiya –haqidagi mashhur ta‘limoti o‗zining borliqqa 
asoslangan mustahkam negizini yo‗qotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi aql 
(demiurg) – birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi sof 
materiya (moddiy narsalar) uchligida oraliq o‗rin egallaydi
1
. Platon doimo mavjud 
bo‗lgan va hech qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo shakllanuvchi va 
hech qachon mavjud bo‗lmaydigan narsalarni farqlashga chaqiradi. Uning fikricha, 
narsalarning ular ichida tug‗iluvchi va o‗lganidan keyin unga qaytuvchi mohiyatini 
«u» yoki «bu» so‗z bilan ifodalash, shu tariqa ularga barqarorlik hamda 
muayyanlik baxsh etish mumkin
2

Haqiqiy borliqni o‗zgartirib bo‗lmaydi. U mutlaqo bir xil, o‗ziga teng 
mohiyat, birinchi namuna va shakllanish chegarasidir. U muqarrar va shak-
shubhasiz ustunlikka ega. Lekin bu materiya emas. «Davlat» dialogida bu 
yagonalik shartsiz asos sifatida amal qiladi. «Parmenid» dialogida u o‗zidan boshqa 
narsani yaratuvchi andoza, g‗oyalar tamoyili sifatida mavjud bo‗lgan «bitta kuchli 
borliq» sifatida talqin qilinadi. «Fileb» dialogida umumiy, yagona, bitta dunyo 
manzarasini yaratuvchi va mifologik shaklda ba‘zan Zevsga tenglashtiriluvchi 
olamshumul aql sifatida tavsiflanadi.
Platon fikriga ko„ra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida 
shakllanish mexanizmi shundan iboratki, g„oyaning juda aniq ta‟riflangan birinchi 
andozasi moddiy borliqdan o„rin oladi va materiyaga g„oyalar etiladigan joy, 
ularning «doya»si va vazifasi bo„lish majburiyatini yuklaydi. Dunyodagi barcha 
jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur g„oya va narsalarning 
o„zaro bog„lovchi aloqasi bilan asoslanadi. G„oya narsalarning cheksiz hissiy 
ko„rinishlarining asosiy ma‟nosini belgilovchi asos sifatida va har qanday yakka 
narsa uchun qonun sifatida tushuniladi.
Platonning materiya haqidagi ta‘limoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-
mulohazalariga bevosita turtki bo‗lgan. Aristotel bu olamshumul «doya» va 
«enaga» maqomini asoslashning mantiqiy muammolarini echishga harakat qilgan. 
Modomiki, sezgilar dunyosida narsalar yuzaga kelar, o‗zgarar, joydan joyga 
ko‗char va halok bo‗lar ekan, demak, bularning barchasiga imkoniyat yaratuvchi 
narsa, juda ko‗p imkoniyatlarni o‗z ichiga olgan, qarama-qarshiliklarni o‗zida 
mujassamlashtirgan va dunyo bizga amalda namoyon etuvchi yakka narsalarning 
1
Платон // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С. 204 
2
Платон // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001. – С. 204 


67 
hammasidan ustun bo‗lgan birinchi asos mavjud bo‗lishi kerak. Binobarin, unga 
muayyan sifatni yuklab bo‗lmaydi, u o‗z rang-barangligini cheklovchi biron-bir 
ta‘rif bilan bog‗lanishi mumkin emas. Har xil ta‘riflarni qabul qilishga qodir bu 
narsa birinchi asos, ya‘ni yuzaga keluvchi, o‗zgaruvchi va yo‗q bo‗luvchi narsalar 
dunyosining mumkinligi hamda mavjudligini belgilovchi materiyadir. Qadimgi 
yunon mutafakkirlarining materiya haqidagi ta‘limotida juda ko‗p o‗xshash 
atamalarga duch kelish mumkin. Masalan, «arxe» – asos – lotincha «prinsipium» 
atamasiga mos keladi. «Stoixenon» – stixiya yoki ildiz – lotincha «elementum»ga 
mos keladi. Biroq aynan «hyule» (hyle) atamasi tarixiy rivojlanish jarayonida 
lotinchaga o‗xshashi orqali «materia»ga aylanib, yangi kategoriyaga nom bergan. 
«Hyule» so‗zi dastlab «o‗rmon», «daraxt», ya‘ni yonilg‗i, qurilish materiali 
bo‗lgan narsalar ma‘nosini anglatgan. Bu Aristotel «hyule» tushunchasini o‗z 
falsafasining asosiy tushunchalaridan biriga aylantirishiga sabab bo‗lgan. Ammo 
Aristotel uchun materiya (hyle) – narsalar rang-barangligining umumiy imkoniyati, 
xolos. Materiyaning shakli va amalda mavjudligi faol ma‘naviy asos – «morfe» 
yoki shakl bilan belgilanadi. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki 
«eydos» («morphe» yoki «eydos») tushunchasi bilan uzviy bog‗liq. Garchi 
Aristotelning ontologik konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniq-
ravshan sezilib tursa-da, u hech qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida 
tavsiflamagan. Uning fikricha, amalda materiya faqat shakl bilan birikkan 
ko‗rinishda mavjud bo‗ladi. Materiya «hyule» va «morfe» (shakl) bilan 
uyg‗unlikda har qanday yuzaga kelish va o‗zgarishning zarur universal negizi 
hisoblanadi.
O‗rta asr falsafasiga Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri ancha 
o‗zgargan ko‗rinishda o‗tdi. O‗rta asr teologlari Aristotelning ilmiy merosidan 
foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi g‗oyasini o‗zlashtirdilar. Ushbu g‗oya 
boshqa qarashlardan ustun qo‗yildi, u ma‘naviy asos sifatida qarala boshlandi. 
Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar, chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, 
odamlarning o‗lmas ruhlari mavjudligini e‘lon qilish imkonini berdi. Materiya 
doimiy, u dunyo yaralgunga qadar ham mavjud bo‗lgan, degan g‗oyani ilgari 
suruvchi «dahriylar» haqida ma‘lumotlar «cherkov rahnamolari» o‗rtasidagi 
munozaralar orqali bizgacha etib kelgan bo‗lsa-da, dunyoning moddiyligini 
o‗rganish bilan bog‗liq muammolar bu davrda ham to‗la-to‗kis barham topmadi. 
Materiyaning tabiati haqidagi masalada ular bir to‗xtamga kelmagan bo‗lsalar-da, 
uni echish fanning rivojlanishida muhim rol o‗ynashiga, zero bilish qaysi yo‗ldan 
rivojlanishi lozimligini belgilashiga ularning ishonchi komil bo‗lgan. Ular avval 
barcha narsalarning asosi sanalgan materiyaning nimaligini aniqlash va shundan 
keyingina bunga asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini 
tushuntirish lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb 
yozgan: «Avvalo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va ularga 
muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»
1

Uyg‗onish davri faylasuflari izchil materialistlar bo‗lmasalar-da, o‗rta 
asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik bilan 
inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl g‗oyasi chetga surib qo‗yildi, 
1
Аристотель В 4-х т.Т.1. -М.: 1975. -С.68. 


68 
materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud bo„lgan narsa sifatida 
tushunila boshlandi
. SHunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi eksperimentlar 
amaliyoti ta‘sirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv yuzaga keldi. 
Uyg‗onish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, Jordano Bruno kabi 
faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha mazmun kasb etdi. 
Materiyaning yaralishi g‗oyasi inkor etildi, materiya boqiy deb e‘lon qilindi, 
harakat tabiiy kuchlar ta‘siri natijasi sifatida tushunila boshlandi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish