Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
Ijtimoiy borliq
 
ayrim 
insonning jamiyatdagi borlig„i va jamiyatning o„z borlig„iga bo„linadi
. Har bir 
inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqada bo‗ladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, 
ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi hisoblanadi. SHunday qilib, u boshqa 
individlar bilan yaqin aloqada yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur 
sotsiumga xos bo‗lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, 
iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.


40 
Ijtimoiy borliq jamiyat borlig‗i, uning moddiy ne‘matlar bilan bog‗liq 
moddiy hayoti va ushbu jarayonda odamlar kirishadigan munosabatlar sifatida 
tushuniladi. Odamlarning tabiatga va bir-biriga nisbatan moddiy munosabatlari 
sifatidagi ijtimoiy borliq kishilik jamiyati shakllanishi bilan bir vaqtda yuzaga 
kelgan hamda inson ongiga uncha bog‗liq bo‗lmagan tarzda mavjuddir.
Ijtimoiy borliqni odamlar hayot faoliyatining haqiqiy jarayoni sifatida 
o‗rganish inson amaliyotining tahlili bilan bog‗liq. Amaliyot inson borlig‗ining 
o‗zagi bo‗lib, u mazkur borliqning qolgan barcha o‗ziga xos xususiyatlarini 
tushunish imkonini beradi. Amaliyot o‗zagini esa mehnat tashkil etadi. Inson 
mavjudligining barcha ildizlari mehnatning shakllanishi, uni tashkil etish, amalga 
oshirish va uning natijalari bilan muayyan darajada bog‗liqdir. Bu borada tarixning 
materialistik talqini idealistik talqindan jamiyat hayotida moddiy ishlab 
chiqarishning birlamchiligi g‗oyasi bilan ajralib turadi.
Bu borada materializm va idealizmni butunlay qarama-qarshi qilib 
qo‗ymasdan, bir tomonlama talqin qilmasdan quyidagilarni ta‘kidlash lozim. Bu 
ta‘limot «Inson bor bo‗lishi uchun nimagadir ega bo‗lishi kerakmi yoki yo‗qmi?», 
«Agar umr o‗tkinchi bo‗lsa, jon tanaga, tana esa borliqqa «mehmon», ya‘ni 
o‗tkinchi ekan, unda bir tanaga qancha narsa kifoya qiladi?» degan masalaning 
echimi hamma zamonlarda odamzot uchun doimiy mavzu bo‗lib kelayotgani 
sababli azaldan hozirgi kungacha o‗z ahamiyatini yo‗qotmay kelmoqda. Bu 
masalaning zamirida yana shu jihat, ya‘ni o‗z umrining o‗tkinchiligini yaxshi 
anglaydigan odamzotning moddiy manfaatlari bilan bog‗liq tomoni bo‗lmaganida 
edi, borliqqa ushbu yondashuvning umri qisqa bo‗lar, odamlar nima birlamchi, 
moddiylikmi yoki ruhmi, tanami yoki jonmi, deya bahslashib yurmagan bo‗lar edi. 
Faqat moddiylik va tana bilan yashab bo„lmagani kabi ruh va jonni 
mutlaqlashtirish ham bu masalaning echimi, degani emas. Inson borlig„i ana shu 
ikki tomonning uyg„unligi, uzviy birligi va yagonaligi bor bo„lganida mavjud bo„la 
oladi, bundan boshqa tarzda inson borlig„i yo„q va bo„lmaydi ham.
Ijtimoiy borliq borliqning boshqa, chunonchi, notabiiy va tabiiy shakllari 
bilan uzviy bog‗liqlikda qaraladi. Ijtimoiy borliq mazkur sohalar bilan uzluksiz 
o‗zaro ta‘sirga kirishmasa mavjud bo‗lmaydi va rivojlana olmaydi. «SHu erda» va 
«hozir» zohir bo‗lgan borliqda borliqning uch shakli (jonsiz, jonli va ijtimoiy 
borliq) bir-birini taqozo etgan va bir-biriga ta‘sir ko‗rsatgan holda mavjud bo‗ladi. 
Jonli borliq konstantalari, inson tanasi, odam fiziologiyasining amal qilish 
qonunlari ijtimoiy borliq chegarasini amalda cheklaydi. Ayni vaqtda, ijtimoiy 
borliqning shakllanishi va rivojlanishi tabiiy chegaralarning uzluksiz torayib, 
ijtimoiy chegaralarning muttasil kengayib borishini nazarda tutadi.
Ijtimoiy borliq qaytmas tarixiy jarayon ontologiyasini tashkil etadi, u 
muayyan tarixiy xususiyatga ega va har bir davrning muhim muammolarini o‗z 
ichiga oladi. SHu sababli ijtimoiy borliq uning moddiyligi va doimiy o‗zgaruvchi 
jarayonligi birligida, nafaqat individlar hayot faoliyatining natijasi, balki borliqni 
tashkil etishning muayyan tarixiy va sivilizatsion betakror jarayoni sifatida 
tushunilishi lozim.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish