41
Ijtimoiy borliq ijtimoiy o‗zgarishlarning ob‘ektiv-umumiy jarayonidir. Ammo u
o‗ziga xos xususiyatlardan ham xoli emas. SHu ma‘noda ijtimoiy borliq ijtimoiy
ijod turi sifatida ham amal qiladi va ijtimoiy ong bilan uzviy bog‗liq holda
namoyon bo‗ladi.
Ijtimoiy borliq ayrim individ va avlodning ongiga nisbatan birlamchi bo‗lgan
ob‘ektiv ijtimoiy voqelik sifatida namoyon bo‗ladi. Har bir avlod hayotga qadam
qo‗yar ekan, o‗tgan davrda yuzaga kelgan muayyan moddiy
shart-sharoitlarga va
ma‘lum ijtimoiy munosabatlarga duch keladi. Jamiyatning rivojlanish darajasi va
ishlab chiqarish usuli hayotga qadam qo‗yayotgan avlodning xohish-irodasi va
ongiga bog‗liq bo‗lmagan, lekin uning ongini ko‗p jihatdan belgilovchi omillarga
aylanadi. SHu sababli, borliq ongni belgilaydi, degan
tezis haqiqiy ontologik
holatni aks ettiradi. Ijtimoiy borliqning qonuniyatlari va qarama-qarshiliklarini
o‗rganish muayyan davrning siyosiy, falsafiy va diniy yondashuvlari mohiyatini
tushunish imkonini beradi. Ijtimoiy borliq ijtimoiy ongga bir qancha bog‗lovchi
bo‗g‗inlar, chunonchi: davlat tuzumi, xo‗jalik va huquqiy normalar,
siyosiy
institutlar va ma‘naviy tamoyillar orqali ta‘sir ko‗rsatadi.
Ayni vaqtda, ijtimoiy borliq ijtimoiy ongga nisbatan muhim rol o‗ynagan
holda, undan mustaqil bo‗ladi. Bu ijtimoiy ongning rang-barang shakllari (fan, din,
falsafa, huquq, mifologiya, san‘at)da namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy ongning mazkur
shakllari amal qilishi va rivojlanishining alohida o‗z ichki mantiqiga ega bo‗lib, u
moddiy amaliyotning rivojlanish qonunlaridan farq qiladi. Ijtimoiy borliq
o‗zgarishlari ijtimoiy ongning barcha shakllarini yangidan yaratmaydi, balki
o‗zgarishlar jarayonida ba‘zi ilmiy,
falsafiy, badiiy g‗oyalarda o‗z vorisiyligini
saqlab qolishi ham mumkin. YA‘ni yangi g‗oyalarda eski an‘analar ta‘siri seziladi.
Ijtimoiy borliqdagi o‗zgarishlar ijtimoiy ongning barcha shakllarida darhol va o‗z-
o‗zidan o‗zgarish yasay olmaydi. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning mazkur
rivojlanish darajasi bilan aloqador bo‗lgan muayyan xususiyatlarni ko‗p jihatdan
tushuntiruvchi an‘analar, urf-odatlar va udumlarga (mustahkamlovchi va inersion
elementlar sifatida) tayanadi. Ayni vaqtda ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning
rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlashi mumkin.
Bunda ijtimoiy ongning
faolligi namoyon bo‗ladi va natijada omma ongini jalb etgan g‗oyalar haqiqiy
kuchga aylanadi.
Ijtimoiy borliq o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy muhitning umumiy sharoitida
yashovchi insonlarning qarashlari, intilishlari va manfaatlarining birligi hamdir. U
muayyan davr vakillari qarashlarining birligini nazarda tutadi. Ijtimoiy ong tarixi
ijtimoiy borliq tarixini aks ettirib harakatlanadi. U jamiyatning o‗zligi, ijtimoiy
borlig‗i va o‗zini qurshagan muhitni anglab etishidir. Ijtimoiy ongdagi
o‗zgarishlarga ijtimoiy borliqdagi o‗zgarishlar zamin yaratadi.
Ijtimoiy ongning
tarixan shakllangan me‘yorlari alohida shaxslar ongini ko‗p jihatdan belgilashi, shu
ma‘noda, ijtimoiy ong jamoaviy aql sifatida amal qilishiga qaramay, ayrim
kishilarga nisbatan mazkur shaxs ongining individual o‗ziga xosligi to‗g‗risida so‗z
yuritish o‗rinli bo‗ladi. CHunki, bu ong ushbu individ bilan birga tug‗iladi, u bilan
birga butun hayot yo‗lini bosib o‗tadi va u bilan birga o‗ladi.
Xullas,
o„ziga xoslik va individuallikni hisobga olgan holda, asosan,
umumiylikka tayanadigan falsafa nuqtai nazaridan fikr yuritsak, borliq – biron-bir
42
narsaning mavjudligini ifodalovchi eng mavhum tushuncha, degan ta‟rif o„rinli
bo„ladi. Bunda borliq hamma narsa va hodisalarni qamrab oluvchi voqelik,
mavjudlik hamda mavjud narsalar haqidagi eng umumiy tasavvur sifatida
tushuniladi
.
O‗ziga berilgan qisqa umr davomida saodatga erishishga intiluvchi insonni
nazardan qochirmay, borliq muammosining mohiyatini teran tushunishga harakat
qilinsa, «O‗z hayotining ma‘nosi va ahamiyatini anglovchi inson borlig‗i qanday
bo‗lishi kerak?» Bunday savolga javob bir andozaga solingan qoidalar hukmiga
bo‗ysunmaydi. Zero, har kimning o‗ziga xosligi va betakrorligi e‘tirof etilar ekan,
ularning o‗z borlig‗i muammolarini mustaqil echish huquqini ham tan olish lozim.
Bunda
javoblar bisyor, chunki borliq, mutafakkirlar juda to‗g‗ri ta‘kidlaganidek,
«umuman ochiq masala»dir.
SHunga qaramay, bir narsa ravshan: borliq ekzistensial salmoqqa ega
bo‗lgan alohida kategoriyadir. U mavjudlik va substansiya masalasining
umumiyligiga asoslanadi. Bunda, bir tomondan, narsa va hodisalar mavjudligining
rang-barang ko‗rinishlari, boshqa tomondan - ularning mohiyati, ma‘nosi va
ahamiyati asosidagi borliqning o‗ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Umuman, borliq substansiya va mavjudlikka asoslanadi. Biroq, afsuski, borliqni
anglashda to‗liq mushtaraklikka erishish deyarli mumkin emas. Ko‗pincha
mavjudlik moduslari haqiqiy mohiyatdan ancha uzoqda turadi.
Bunda bor narsani
borliq deb qabul qilishga to‗g‗ri keladi, natijada borliq aniq bir narsa sifatini kasb
etadi va moddiylik maqomiga ega bo‗ladi. Bu mavjud hamma narsa borligini
anglatadi, «borliq» tushunchasi esa empirik mavjudlikni qayd etish bilan teng
darajaga tushib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: