257
Ma‘lumki, «golografiya» tushunchasi har doim ob‘ekt haqida yorug‗lik
to‗lqinlari interferensiyasiga (lot. – ko‗chirish) asoslangan to‗liq hajmdor-obrazli
axborot olish metodini anglatgan.
Ushbu metod yorug„likka ta‟sirchan emulsiyaga
eslab qolinayotgan ob‟ektdan qaytgan tarqalgan lazer nuri va bevosita lazerdan
keluvchi tayanch nurning birvarakay ta‟sirini qayd etishni nazarda tutadi.
Ko„rsatilgan o„zaro ta‟sir natijasida vujudga keladigan manzara eslab
qolinayotgan ob‟ekt haqida to„liq obrazli axborotni o„z ichiga oladi.
Kibernetika ezoterik fanlar foydasiga ko‗p sonli dalillar beradi. Ma‘lumki,
kibernetika (yunon. kybernetes – boshqaruvchi) mashinalar va tirik mavjudotlarni
boshqarish haqidagi fandir.
Boshqaruv fani haqidagi, organizmlar va
mashinalarning tizimlarida axborotni tartibga solish va uzatish haqidagi
tasavvurlarni odatda ayni shu fan bilan bog‗laydilar. Unitazning suv quyiladigan
sig‗imidagi po‗kak kibernetik boshqaruvning oddiy bir ko‗rinishidir. Sig‗imga suv
to‗lgach, klapan suv keladigan yo‗lni berkitadi. Bu hammaga tushunarli, lekin ayni
shu usulda bir necha yo‗nalishda yuz beruvchi kimyoviy jarayon ham,
biologik
jarayon ham boshqarilishi mumkin. Masalan, yong‗oq u o‗sgan yong‗oq daraxti
uchun dastur sifatida qaralishi mumkin.
1969 yilda olim doktor Devid Forster Londondagi qirol kollejida kibernetika
haqida ma‘ruza qildi. U
elektrik axborot nazariyasining asosiy tushunchasi –
to„lqin ikki qismdan: bir ko„tarilishning cho„qqisi va ikkinchi ko„tarilishning
botig„idan iborat ekanligini qayd etdi
. To‗lqin – ikkilik sanoq tizimi, kompyuterlar
esa ayni shu tizimda ishlaydi. Hamonki to‗lqin Koinotning asosiy lug‗ati ekan,
umumiydasturlashtirishni faraz qilish o‗rinli bo‗ladi. Bunda olim boshqaruvchi
tizimning tezligi boshqariladigan jarayonlar tezligidan balandroq bo‗lishi
lozimligini ta‘kidladi. Mazkur xulosa odatdagi vaziyatlarning rang-barangligida
o‗zining ko‗p sonli tasdiqlarini topadi. Masalan, o‗z mashinangizni
boshqarayotganingizda siz ushbu boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan
qarorlarni
mashina motorining ish tezligidan ildamroq qabul qilasiz, aks holda mashina
boshqaruv ostidan chiqadi. Binobarin, «materiyani dasturlashtirish uning o‗z
tebranishlaridan ildamroq bo‗lgan vibratsiyalar yoki to‗lqinlar yordamida, ya‘ni
kosmik nurlanishlar darajasida bajarilishi lozim». Bunda
D.Forster yaratuvchi aql
darajasi inson aqlidan yuqoriroq, degan xulosaga keldi
1
.
Koinotda umumiy energiya axborot almashinuvi
tamoyilining qabul
qilinishi «Dunyoviy Makonning aqlga muvofiqligi» tan olinishiga sabab bo‗ladi.
Informatsion Koinot – aqlga muvofiq Koinot. Hozirgi zamon fani uchun bu
axborotni qabul qilish va uni idrok etish imkoniyatinigina anglatadi. Ayni vaqtda
ishlarning ushbu holati germetizmning birinchi tamoyili: «Hamma narsa fikrdir»;
«Biz aqlda, aql bilan va aql vositasida yashaymiz» bilan mushtarak ekanligini
ko‗rish mumkin. Ezoterika ta‘limotiga qarab mo‗ljal oluvchi olimlar fikriga ko‗ra,
materiyani tuzish va rivojlantirish evolyusion dasturini o‗z ichiga olgan
Koinotning axborot matritsasini Xudo deb atash ham mumkin.
Noosfera g‗oyalari, jonli materiyani kibernetik dasturlashtirish g‗oyalari,
entropiya tamoyilining o‗zi, shuningdek olimlarning (xususan, V.Nalimovning)
«dunyoviy tarqalgan ong» mavjudligi haqidagi farazlari Koinotning sovuq va o‗lik
1
қаранг: Колин У. Оккультизм. – М., 1994. – 8-б.
258
struktura
sifatidagi emas, balki o‗zligini anglovchi ulkan struktura sifatidagi
obrazini gavdalantiradi. Bu holda inson makonning muayyan tarzda uyushgan
ayrim hajmi, energiya va axborot birikuvchi tugun sifatida tushuniladi. Ushbu
haqiqatni anglab etgan sub‘ekt makonda mahdudlik, Koinotda yolg‗izlik va
himoyasizlik tuyg‗ularidan xalos bo‗ladi
1
.
Koinot tushunib etilishi mumkin bo‗lgan mazmunga to‗la. Inson tuyqusdan
anglab etgan mazmunni radio qurilmasining biron-bir noma‘lum stansiyani tanlash
imkoniyatiga o‗xshatish mumkin. Bu hammaga tushunarli bo‗lgan o‗xshatish.
Mazmunlar bizning atrofimizda suzib yuradi va ular anglab etilishi mumkin.
Natijada insonning Koinot haqidagi tasavvuri yanada kengayadi. Ushbu kontekstda
Koinotning ssientistlar raqamli va informatsion
deb tavsiflaydigan yangi
manzarasini aqlli Koinot deb nomlash o‗rinli bo‗ladi.
Aksariyat anomal hodisalar bevosita moddiy-ashyoviy o‗zaro ta‘sir bilan
bog‗liq bo‗lmagani bois, XX asrning 70-yillaridayoq anomal hodisalarda, xususan
ekstrasensor o‗zaro ta‘sirlar, telekinez va telepatiyada muayyan axborot-energetik
almashinuv mavjudligi haqidagi g‗oya paydo bo‗ldi. SHu tariqa «energiya
axborot»(energoinformatika)
termini
vujudga
keldi.
Energiya
axborot
almashinuvida biologik so‗zi ishtirok etganida, gap, bioenergiya axborot
almashinuvi haqida boradi. Bu ancha qo‗pol atama bugungi kunda ko‗pchilik
qabul qilmagan «parapsixologiya» terminining o‗rnini egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: