230
Barcha moddiy zarralar «spin» deb ataluvchi aylanma doirada harakat qiladi, va
orbital aylanma harakatda bo‗ladi. Moddiy ob‘ektlarda vibratsiyalar ob‘ektning
holatiga, haroratga qarab farqlanadi. Sovuq ob‘ektning tebranishlari issiq
ob‘ektning tebranishlaridan farq qiladi. Korpuskula va to‗lqindan iborat bo‗lgan
mikrozarralar vibratsiyaning ancha yuksak turini namoyish etadi. Biroq hozirgi
zamon fani o‗z yutuqlari bilan qanchalik faxrlanmasin, o‗zaro tortishish, atomning
o‗ziga tortishi va gravitatsiya hodisalarining tabiatini tushuntira olmaydi. Ularni
ham tebranuvchi energiyaning alohida turlari mahsuli deb taxmin qilish mumkin.
Ayrim olimlar aql-idrok hodisalarini ham vibratsion harakat shakllari deb
hisoblaydi.
Ularning fikricha, har bir fikr, emotsiya yoki ruhiy holat
vibratsiyalarning tegishli sur‘ati va shakliga ega bo‗ladi. Ruhiy energiya dunyo va
hayotning barcha holatlaridan ta‘sirlanadi yoki tebranadi.
Ko‗pchilik odamlar o‗z tanasida qudratli kuch yashashiga ishonadi va uni
boshqarishni xohlaydi. Ruhiy energiya har kimda turli ko‗rinishda namoyon
bo‗ladi. U, o‗z tabiatiga ko‗ra, juda murakkab tuzilmadir, chunki ruhiy
energiyaning amaldagi har bir ko‗rinishi mazkur holatni
yuzaga keltirgan barcha
kuchlarning teng ta‘sir etuvchisi, barcha shartlar kompleksi va barcha harakatlar
sintezidir. Ruhiy energiyaning turlari o‗ziga xos tarzda nomlangan. Masalan,
energiyaning himoyalovchi deb nomlangan bir yuksak turi nafaqat immanent ta‘sir
ko‗rsatadi, ya‘ni energiya tashuvchining o‗zini himoya qiladi, balki boshqa ko‗plab
narsalarni himoya qilish uchun energiyani sirtga yo‗naltiradi. Germetizm
ta‘limotida ruhiy energiyaning mazkur turi o‗ziga xos tarzda «Teros» deb ataladi.
«Jangchi Teros o‗z qalqonini ko‗tardi» iborasi ruhiy energiyadan himoyalanish
maqsadida foydalanishni anglatadi.
Ba‘zan ruhiy energiya ong osti ishi deb ataladi. Gipnozchi va tabiblar bu
qudratli kuchdan ko‗pincha unga hech qanday nom bermasdan foydalanadilar.
Ruhiy energiya - nozik energiyaning barcha turlari orasida eng nozigi deb
qaraladi. Nozik energiyalar xossalarining o„ziga xosligi shunda namoyon
bo„ladiki, tebranishlar qancha nozik bo„lsa, ularning ta‟siri shuncha yuqori va
kuchli bo„ladi.
Nozik energiyalar qanday ta‘sir ko‗rsatadi, degan savolga quyidagi
misol bilan javob berish mumkin: biron-bir masalada muayyan kishi mustaqil
ravishda aniq xulosaga kelib, qaror qabul qilgandek bo‗lib tuyulishi mumkin,
vaholanki, amalda uning fikrlash apparati idrok etgan makondan nozik fikriy
energiya unga ta‘sir ko‗rsatgan bo‗ladi, xulosa esa ushbu ta‘sir natijasidir. Bunda
mazkur kishining fizik ongi bu haqda hech narsa bilmasligi ham mumkin. Boshqa
bir misol tebranishning umumiy qonuniga asoslanadi va shaxs xohishiga ko‗ra yoki
boshqalarning xohishi ta‘sirida muayyan ruhiy holatning
tebranishlarini musiqiy
ohang yoki rangni qanday ifodalash mumkin bo‗lsa, shunday ifodalash
mumkinligini ko‗rsatadi. Germetizm ta‘limotiga ko‗ra, tebranish tamoyili va uni
ruhiy hodisalarga nisbatan qanday tatbiq etishni bilgan holda, ruhni har qanday
maqbul darajada qutblarga ajratish hamda o‗z emotsional holat va kayfiyatlarini
to‗liq nazorat qilishga erishish mumkin. Fan fizik darajada nimani ishlab chiqarsa,
ruh darajasi(mental daraja)da shuni ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‗lishi
mumkin, chunki ba‘zi olimlar qarashicha «fikr tebranishi to‗lqinlar tebranishi
demak». Bu Mental transmutatsiyalar (ruhiy o‗zgarishlar) qonuni deb ataladi.