Marketing darslik


  Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

1.4. 
Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi 
Marketing tizimida qo„yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va 
boshqa subyektlarga ta‟sir etish uchun marketing vositalari, ya‟ni 
marketing usullari yig„indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan biri 
marketing-miks, marketing kompleksi bo„lib hisoblanadi. 1964-yilda 
birinchi bo„lib Garvard biznes maktabi professori Neyl Borden bularni 
marketing nazariyasiga kiritgan. Bu model marketologlar tayyorlash 
tizimida marketing kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 
1960- yilda taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to„rtta asosiy 
elementi ajratib ko„rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), 
siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali 
qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida 
ko„rsatib o„tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «P» ham kiritilib, u 
kishilar (people) ekanligi alohida ta‟kidlab o„tilgandir. Marketing-miks 
elementlari 1.5-rasmda ko„rsatilgan. 
1.5-rasm. Marketing-miks
elementlari 
1968-yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-
rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo„shib, oldingi 4 “P” ni 
6 “P” ga kengaytirib ko„rsatdi. 
4“P” 
modelining 
qo„llanishini 
cheklanganligiga 
qaramasdan, 
marketing nazariyasi shakllanishi va amaliyoti rivojlanishida ilg„or rol 
o„ynaydi. 
Marketing kompleksi – bozorga ta‟sir etish choralari va amaliy 
qurollar sifatida bozor holatiga firmaning moslashuvidir. Yaxshi marketing 
kompleksi firmani bozorda yaxshi o„rinni egallashga olib keladi.
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o„z ichiga oladi va 4P 
modeli nomi bilan yuradi. 
Marketing tizimi 5 “P ” 
Insonlar 
(kishilar) 
Tovarlar, 
mahsulotlar 
Narx 
Tovarni bozorda 
joylashishi 
Ilgari surish 


22 
tovar (product); 
narx (price); 
sotish yoki tovar harakati (place); 
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion). 
Biroq firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma‟lum 
darajada cheklangan hisoblanadi: u ko„proq iste‟molchiga nisbatan tovarga 
mo„ljallangan.
Shuning uchun 1980-yillarda marketing kompleksi 2 ta elementga 
ko„paydi va 6 “P” deb nomlandi. 
6 “P” modeli tarkibiga quyidagilar kiradi: 
tovar (product); 
narx (price); 
sotish yoki tovar harakati (place); 
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion). 
xodimlar (personal) 
harakat tarzi. 
Yangi modelda asosiy e‟tibor marketing faoliyatini strategik jihatiga 
qaratilgandir. Biroq XX asr oxirlarida ichki va tashqi iste‟molchilar 
konsepsiyasi 
paydo 
bo„lgandan 
keyin 
avvalgi 
modelni 
yangidan 
kengaytirish haqida axborot paydo bo„ldi. 1999-yilda Djon Baller 10 “P” 
modelini taklif qildi.
Djon Baller yangi kengaytirilgan marketing kompleksi korporativ 
marketing–miks deb ataladi. 
10 “P” modeli quyidagi elementlarni o„z ichiga oladi: 
1.
philosophy – tashkiliy falsafasi-g„oyasi; 
2.
personality – zaruriy korxona falsafasini qo„llab-quvvatlovchi 
xodim; 
3.
people – inson; 
4.
products – tovarlar; 
5.
prices – narxlar; 
6.
place – o„rin-joy; 
7.
promotion – siljitish; 
8.
performance – korxona faoliyatini baholash-bajarish; 
9.
perseption – his-tuyg„u; 
10.
positioning – pozitsiyalashtirish. 
Marketing nazariyasida marketing kompleksi elementlari olimlar 
tomonidan turli yondoshuvlar asosida o„rganilgan. Quyidagi jadvalda 


23 
zamonaviy marketing kompleksi elementlari borasida turli olimlarning
izlanishlari natijalari keltirilgan. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish