27
Keysning yuqorida ajratib ko’rsatilgan manbalarinn asosiy, bazaviy yoki birlamchi manbalar deb
atash lozim, chunki ular keyslarga ta’sir ko’rsatishning eng mohiyatli omillarini belgilaydi.
Keyslarni shakllantirishning ikkilamchi manbalarini ham ajratib ko’rsatiladi. Ular bazaviy
manbalardan hosil bo’ladigan tusga egadir. Quyida ularga to’xtalamiz.
1.
Xorijiy tajribalardan ko’rinib turganidek, mahsulo
tlari tinglovchilar
uchun muayyan shaxsiy
ahamiyat kasb etadigan korxonalar faoliyati ko’rib chiqilgan ida yoki axborot «mahalliy»
materialga asoslanganida keyslar muhokamasi ancha mazmunli va qiziqarli kechadi. Lekin bu
keyslarda faqat mamlakatdagi korxonalar tajribasi yoritilishi kerakligini bildirmaydi. Bunda u yoki
boshqa sifati bilan milliy bozorda mavjud bo’ladigan korxonalar va tovarlar yoki xizmatlar nazarda
tutilayapti.
Agar tinglovchilar keyslarda bayon qilingan hodisalar bilan bog’liq bo’lgan muhit va sohani
yaxshi bilsalar, ular o’zlarini ancha ishonchliroq his etadilar. Ularning, masalan, amerikalik yoki
boshqa xorijiy iste’molchilar fe’l-atvori va motivlarini muhokama qilishi ancha qiyin kechadi.
O’qituvchi ham o’zi sub’ektini yaxshi biladigan keys muhokamasiga mohirona rahbarlik qiladi.
Har qanday holda ham bunday keyslar muhokamasida korxona — keys ob’ekti vakilini taklif
qilishdek noyob imkoniyat mavjud bo’ladi.
2.
Statistik materialpar, bozor ahvoli haqidagi ma’lumotlar,
korxonaning
ijtimoiy-iqtisodiy
tavsifnomalari va shu kabilar keysga ilmiylik va oddiylik baxsh etadi. Bunda mazkur materiallar
vaziyatni tashxis qilish vositasi rolini bajarishi, vaziyatni tushunish uchun juda muhim bo’lgan
ko’rsatkichlar hisob
-kitobi uchun axborot vazifa
sini o’tashi mumkin.
Statistik materiallardan foydalanishda tinglovchi bu materiallarni idrok etishi, quyidagi kabi bir
nechta savollarga javob berishi kerak: «Ushbu materiallar vaziyatni tavsiflashda qanday rol
o’ynaydi?», «Materiallarning o’zidagi qaysi narsalar vaziyatni bevosita tavsiflaydi?», «Bunday
tavsifnomalar qanday hisoblab chiqiladi yoki ajratib ko’rsatiladi?» va hokazo.
Statistik materiallar keys matnida yoki ilovada joylashtiriladi. Ilmiy manbalar, publististika va
badiiy adabiyot asarlari -bular ham keysni yozish uchun yana bir manbadir.
U yoki boshqa
muammoga bag’ishlangan ilmiy maqolalar, monografiyalar va ilmiy hisobotlarni tahlil etish orqali
ham keys uchun yaxshi materiallarni olish mumkin. Yaxshi ilmiy maqola odatda, kandaydir
masalani teran tushuntirishi bilan tavsiflansa, ilmiy monografiya tadqiqot predmetining bir tizimli,
har yumonlama tavsifnomasini beradi. Ilmiy hisobotning o’ziga xos xususiyati esa, materialning
dolzarbligi va yangiligidadir. Bunday fan mahsulotlari har doim ham vaziyatni bayon
qilavermaydi va izohlab bermaydi. Shuning uchun ularni keysolog
vaziyat nuqtai nazaridan
maxsus mushohadadan o’tkazishi kerak bo’ladi.
Eng qiziqarli ilmiy maqolalar keys-stadi metodida ikkita funkstiyani bajarishi mumkin. Birinchisi
shundan iboratki, ilmiy maqolalar va ularning qismlari ularni matnga kiritish orqali keyslarning
tarkibiy qismiga aylanishi mumkin, ikkinchysi shundaki, ular keysni tushunish uchun zarur
adabiyotlar ruyxatiga kushilishi mumkin.
Agar ilmiy manbalar keysga kat’iylik
va oddiylik bersa, unda publististika va badiiy adabiyot
asarlari emostional to’liqlik va predmetli izohlilikni yaratadi.
3.
Internet va uning resurslari
–
keyslar uchun tuganmas material manbaidir. Ushbu manba keng
miqyosliligi, tezkorligi, qulayligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: