Buxgalteriya hisobi ko’lpyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga ishlov berish uchun
dastlabki hujjatlarning rekvizitlari xos raqamlar bilan belgilangan (kodlashtirilgan) bo‘lishi
mumkin.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunda shu narsa alohida ta’kidlanadiki,
dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o‘z vaqtida tuzilganligi,
to‘g‘riligi, ishonchliligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun
belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo‘yiladi.
Barcha hujjatlar o‘z vaqtida, qoldaga ko‘ra, muomala sodir boiayotgan daqiqada yoki
muomala tugagach, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo’lishi hamda barcha
majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avto’latlashtirish vositalari borgan sari ko‘proq
qoilanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek hujjatlashtirish talablariga javob
beradigan tartibda joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy ma’lumotlarning
maxsus ajratib ko‘rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga ega bodishi kerak. Ayrim
rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular tegishli matn mazmuni bilan
birgalikda ko‘rsatilishi kerak.
Agar yig‘ma hujjat ko’lpyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning mazmunini
tavsiflovchi sarlavha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini
tasdiqlovchi shaxslarning imzolari keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlarning vazifasi axborotni
ko’lpyuterda bajarganda, u qo‘l bilan tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning
barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali
tashuvchisida avto’latik tarzda qayd etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy
ma’lumotlar keyinchalik barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli hujjatni tuzish
bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalarn bilan, yozuv mashinkalari yoki ko’lpyuterlar
yordamida yozib berishga ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va ravshan
yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va hajmini osonlik
bilan tushunib olish mumkin bo’lsin.
Hujjatdagi imzolar ravshan bo’lishi kerak. Hujjatdagi matnda ham, raqamli
ma’lumotlarda ham hech qanday tozalashlar, dog‘ va izohlanmagan to‘g‘rilashlarga ruxsat
etilmaydi. Kirim va chiqim kassa orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi
uchun ularga imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari, omborchilar, kassirlar va boshqalar)
javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ulardan
ba’zilari o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar
(arizalar, ishonchnomalar va shu kabilarjga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: