Klasterlarni shakllantirish: tajribalar, natijalar va innovatsion yondashuvlar



Download 457,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana24.06.2022
Hajmi457,81 Kb.
#700820
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13718 1 1AD00CC9DFA0E4F7BBD0369C59F1FB6C446C2D9E

 
 


126 
2-jadval 
Respublikamizda erkin turistik hududlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Respublikamizda erkin turistik 
hududlarni tashkil etishdagi 
mavjud imkoniyatlar 
Respublikamizda erkin turistik hududlarni 
tashkil etishdagi muammolar 
 
Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va 
Xorazm 
viloyatlarining 
ishlab 
chiqarish 
va 
resurs 
salohiyatlari 
yuqori darajadagi mavjudligi 
ayrim erkin iqtisodiy zonalarda muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va ishlab 
chiqarish infratuzilma obektlarini qurish bilan 
bog‘liq masalalar haligacha oxiriga yetkazilmagan. 
Bu
 
investorlarni 
jalb 
qilishda 
qiyinchiliklar 
tug‘diryapti
.
Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va 
Xorazm 
viloyatlarining 
turistik 
salohiyatining 
yuqori 
darajadagi 
mavjudligi 
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan 
tijorat banklariga yangi investitsiyaviy loyihalarni 
amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish bo‘yicha 
yetarlicha tashabbus ko‘rsatilmayapti. 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb 
qilish uchun mamlakat investitsiya 
salohiyatining 
yuqori 
darajadagi 
mavjudligi 
ba’zi viloyatlar hokimliklari tomonidan erkin 
iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz 
joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari 
uchun
 
sun’iy 
imtiyoz 
berilishiga 
va bu, 
o‘z 
navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga 
olib kelmoqda
.
mahalliy xomashyo va materiallar 
negizida 
mustahkam 
kooperatsiya 
aloqalarini o‘rnatish hamda erkin 
iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida 
va umuman respublikada sanoat 
kooperatsiyasini rivojlantirish asosida 
yuqori 
texnologiyali 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirishning mavjudligi 
mavjud erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat, 
shuningdek, 
farmatsevtika zonalarida 
faoliyat 
yuritayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, 
innovatsion, yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni 
tashkil qilgan biznes subektlari va tadbirkorlarga 
berilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar, imtiyoz 
va preferensiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslarini 
mustahkamlash ham muammolardan biridir
.
Faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari 
faoliyatini umumiy tartibga solish nuqtai nazaridan 2020 yil 17 fevralda O‘zbekiston 
Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. 2016 yil 26 
oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini 
faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-4853-sonli 
farmoni asosida barcha erkin iqtisodiy zonalar maqomi, imtiyozlari tenglashtirildi.
[2]
Shuningdek, tumanlarni ham kompleks iqtisodiy rivojlantirish maqsadida bugungi kunga 
qadar 348 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilib, o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Natijada erkin 
iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilishi 
natijasida 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Kichik sanoat zonalarida esa 5 trillion so‘mlik 1 
ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlangan. 
Respublikamizdagi har bir hudud o‘ziga xos turistik imkoniyatlarga ega va bu jihat 
xalqaro keng jamoatchilik tomonidan ham muntazam e’tirof etilib kelinmoqda. Mavjud yuqori 
turizm imkoniyatlari va undan har tomonlama samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal 
rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli, 
«O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish 
bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-sonli, 
«O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-sonli, “O‘zbekiston Respublikasida ichki va 
ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 9 fevraldagi PF-


127 
6165-sonli “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 6 apreldagi PF–6199-sonli Farmonlari, 
shuningdek «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 6 fevraldagi 
PQ-3509-sonli, «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son qarorlari qabul qilindi. 
Ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakat investitsiya 
salohiyatini jahon biznes hamjamiyatiga to‘la namoyon etishga qaratilgan, sarmoya kiritishga 
intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini 
shakllantirishda kompleks yondashuvlarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab 
chiqishga e’tibor qaratilishi zarur. Shu bilan birga, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi 
qonunni bugungi kun talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, uni davr ruhiga uyg‘un holda yanada 
takomillashtirish lozim. 
Prezident "Urgut", "G‘ijduvon", "Qo‘qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini 
tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 
Turizm rivojlanishining ushbu bosqichida infratuzilmasining ozgina qismi etib borish va 
ularning yashash vaqtiga bog‘liq. Ammo asta-sekin sifatli xizmat va diqqatga sazovor joylar 
taqsimlanadi, bu sayyohlar oqimining ko‘payishiga hissa qo‘shadi. Ixtisoslashgan turistik 
korxonalar darhol reaktsiyaga kirishmoqda xizmat xizmatlari Tashrif buyuruvchilar uchun. 
Dunyoning yetakchi axborot manbalaridan biri bo‘lgan Si-En-En telekanali saytida e’lon 
qilingan “Why Uzbekistan is said to be a top travel destination for 2020” maqolasida aksariyat 
g‘arbliklar uchun uzoq vaqtdan beri noma’lum bo‘lib kelgan O‘zbekiston 2020 yilda 
sayyohlarning eng yoqtirgan manzillaridan biri bo‘layotgani aytiladi. 
“Lonely Planet sayyohlik vebsayti ushbu madaniyati boy va tarixan jozibali mamlakatni 
Markaziy Osiyoning qolgan qismi bilan birga yetib borish oson va vizasiz sayohat qilish mumkin 
bo‘lgani uchun 1-raqamli sayyohlik mintaqasi deb atadi”, deyiladi maqolada. 
Economist jurnali ham O‘zbekistonni hukumatining so‘nggi yilda jadallashib ketgan 
jiddiy islohotlari uchun 2019 yilda eng yaxshi mamlakat deb atadi. Bular barchasi, dunyo endi-
endi kashf qilayotgan tarixi va ajoyib taomlari bilan mashhur O‘zbekistonni mashhur sayyohlik 
manziliga aylantirmoqda. 
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonni sayyohlar uchun jozibali manzilga 
aylantirish uchun katta islohotlar boshlaganini, 65 ta mamlakat vatandoshlariga 30 kunlik vizasiz 
kelib-ketish, 77 ta mamlakat vatandoshlariga esa soddalashtirilgan elektron viza olish imkoniyati 
yaratilgani ta’kidlanadi. 
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 10 yanvar kuni brifingda e’lon qilgan 
ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil davomida O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif 
buyurgan, 2018 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 26 foizga oshgan. Bu haqda sof.uz nashri 
xabar 
berdi

Download 457,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish