88
ikki marta ko‘payadi. Shunday qilib, taloq qon deposi bo‘libgina
qolmay, balki eritrotsitlar deposi hamdir.
Ikkinchi turdagi deposiga teri, jigar, gavdaning boshqa organ va
qismlari kiradi. Ularda qon harakati keskin sekinlashadi, buning
natijasida aylanayotgan qon qisman kamayadi, ya’ni qonning bir
qismi umumiy qon aylanishida kamroq qatnashadi.
Тomirlar bo‘ylab harakatlanadigan qon hosil qiluvchi va qonni
parchalaydigan organlar birgalikda
qon sistemasini hosil qiladi. Qon
hujayralarini
ishlaydigan organizmlar qon hosil qiluvchi
organizmlar deb yuritiladi.
Bu organizmlarga qizil ilik, jigar, limfa tugunlari, taloq kiradi.
Qizil ilikda eritrotsitlar,
donali leykotsitlar, monotsitlar; limfa
tugunlarida, bodom bezida limfotsitlar, taloqda esa limfotsitlar va
monotsitlar hosil bo‘ladi. Katta yoshli organizmda jigar qon hosil
qilish funksiyasidan mahrum. Baquvvat skeletning hosil bo‘lishi
qon hosil qiluvchi organizmning shakllanishi bilan birgalikda bo‘ladi.
Тabiat bu organizmni suyaklar bilan himoya qilgan. Suyaklar ishdan
chiqqan holda ham qon hosil qiluvchi organizmlarning faoliyati
buzilmaydi. Masalan, odam jarohatlanadi va ko‘p qon yo‘qota
boshlaydi. Bunda suyak iligi tezlik bilan qon hosil qilishni kuchaytiradi.
Qon hosil bo‘lishiga organizmdagi ichki va tashqi omillar ta’sir
etadi. Avvalo, nerv sistemasi ko‘riladi. Masalan, qon hosil qiluvchi
organlar nervlarga juda boy ekanligi va emotsiya,
muskul ishi,
haroratning o‘zgarishi, organizmda O
2
yetishmasligi kabi omillar
qon hujayrasi tarkibini sezilarli o‘zgartiradi.
Qonning hosil bo‘lishi — gemopoez hodisasini, ya’ni periferik
qonda yetilgan hujayra hosil bo‘lish sxemasini Chertkov va
Vorobyovlar 1973-yilda ishlab chiqdilar. Bunda hujayralar o‘zining
yetilish darajasiga qarab ma’lum tartibda o‘sib boradi. O‘zak
hujayradan 3 ta shoxcha paydo bo‘ladi: leykotsitlar, eritrotsitlar,
trombotsitlar hosil bo‘ladigan shoxcha.
Qon hosil bo‘lish jadvalida hamma hujayralar 6 ta sinfga bo‘linadi:
1. 1, 2, 3, 4-sinf — yetilishigacha bo‘lgan hujayralar.
2. 5-sinf — yetilayotgan hujayralar.
3. 6-sinf — yetilgan hujayralar.
1-sinf. O‘zak hujayrasining miqdori qon hosil bo‘lish
to‘qimalarida % ning umumiy holida uchraydi. O‘zak hujayradan
qon hosil bo‘lishdagi hamma shoxchalar taraqqiy etadi. O‘zak hujayra
poliрotent deyiladi. O‘zak hujayrasining ko‘p qismi teng holatda
bo‘lib, shundan 10% bo‘linadi.
89
2-sinf. Bu qisman poliрotent hujayra. Bundan limfopoez
boshlanadi (limfoid qatoridagi hujayralar hosil bo‘ladi).
3-sinf. Uniрotent hujayralar.
Ular limfotsit, monotsit,
granulotsitlar uchun, Er va Fd uchun boshlang‘ich hosil bo‘ladi.
4-sinf. Bularga yosh hujayralar, miyeloblast, ya’ni «blast»
hujayralari kiradi. Plazmoblast, limfoblast, monoblast, misloblast,
eritroblast, megablast. Bu hujayralarning bo‘linish vaqtida keyingi
sinf hosil bo‘ladi.
5-sinf. Bularga yetiluvchi hujayralar kirib, ularning nomlanishi
«pro»
bilan boshlanib, «sit» bilan tugaydi. Bu sinfga kiruvchi
elementlar sxemada vertikal — biridan keyin ikkinchisi joylashgan
holda, ularning taraqqiyotiga qarab joylashadi.
6-sinf. Bu sinfga yetilgan hujayralar: plazmotsid,
limfotsit,
monotsit, segment o‘zakli neytrofillar kiradi. Yetilgan hujayralar
suyak ichlaridan periferik qonlarga o‘tadi. Demak, qon
hujayralarining rivojlanishi — gemopoez qon yaratiladigan
organizmda sodir bo‘ladi. Papengeym-Kryukov o‘rtacha unitar
nazariyasiga ko‘ra gemopoez retikular hujayralardan hosil bo‘ladigan
shakl gemotsitoblastdir. U ovalsimon, yumaloq, och pushti, yadrosi
yirik hujayra. Har bir yetilgan hujayra ma’lum funksiyani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: