Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

pH ni aniqlash
A. Zaruriy materiallar: sentri-
fugalanmagan siydik; indikator
qog‘oz.
B. A ni ql as h u su li :
1. Indikatorli qog‘oz tilimchasi
uzib olinadi.
2. Siydik ohista aralashtiriladi-
da, unga tilimchaning bir uchi bo-
tirib olinadi.
3. Тilimcha chetlari idishga
tekkizib olinib, ortiqcha suyuqlik
ketkaziladi.
4. Тilimchada paydo bo‘lgan rang indikatorli tilimchalar
o‘rovidagi rangga solishtirib ko‘riladi (5-rasm).
D. Normal ko‘rsatgichlar. Yangi siydik normada kuchsiz kislotali
reaksiyaga ega bo‘ladi (pH 6,0 atrofida). Sergo‘sht ovqat siydikdagi
pH qiymatining ko‘proq kislotali tomonga o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Тarkibida hayvon oqsillari kam, sabzavot va mevalar ko‘p bo‘ladigan
ovqat siydikning ishqorlanishiga olib boradi.
E. Patologiyasi. Siydik reaksiyasining kislotali (pH ning normal
ko‘rsatgichdan past) bo‘lishi ko‘p go‘sht iste’mol qilinganini, apidoz
va yoki qandli diabet borligini (dori-darmonlar bilan rostlab
turilmayotgan bo‘lsa) ko‘rsatadi.
Siydik reaksiyasining ishqorli (pH ning normal ko‘rsatgichidan
yuqori) bo‘lishi ovqatda meva va sabzavotlar ko‘p, hayvon oqsillari
kamligini, siydik yo‘llarida infeksiya borligini, buyrak toshlari
(fosfatlar, kalsiy karbonat) hosil bo‘layotganini ko‘rsatishi
mumkin.
Oqsilni ekspress test-tilimchalar
yordamida aniqlash
A. Zaruriy materiallar: sentrifugalanmagan siydik; reaktivli test-
tilimchalar.
B. A n i q l a s h u s u l i :
1. Тest-tilimcha o‘rovidan chiqarib olinadi-da, o‘rovining
qopqog‘i darrov yopib qo‘yiladi.
5-rasm.
Siydikning
pH ini aniqlash.


39
2. Siydik ohista aralashti-
riladida, unga tilimchaning bir
uchi botirilib, darrov chiqarib
olinadi.
3. Тilimchaning chetlarini
idishga tekkizib olib, ortiqcha
suyuqlik ketkaziladi.
4. Тest-zona rangi tilimchalar
o‘rovidagi rangdor shkalaga solish-
tirib ko‘riladi (6-rasm).
D. Normal ko‘rsatgichlar.
Normadagi natija manfiy bo‘lib chiqishi kerak: oqsil topilmadi
deyiladi.
E. Patologiyasi. Тestning musbat natija berishi patologik deb
hisoblanadi (oqsil miqdori ko‘rsatgichi o‘rovining rangdor shkalasiga
qarab bilib olinadi).
Siydikda oqsil bo‘lishi — proteinuriya — hamisha kasallik belgisi
bo‘lib hisoblanadi. Proteinuriya aniqlanganida siydikni unda
bakteriyalar, yiring hujayralari, eritrotsitlar va silindrlar bor-
yo‘qligiga mikroskopik yo‘l bilan tekshirib ko‘rish kerak. Proteinu-
riya quyidagi holatlar borligiga ishora qilishi mumkin:
— glomerular patologiya yoki koptokchalar patologiyasi;
— buyrak sili;
— siydik yo‘llari pastki bo‘limlarining og‘ir infeksiyasi;
— nekrotik sindrom (klinik jihatdan olganda bemorda shishlar
bo‘ladi);
— eklampsiya (proteinuriya darajasi har xil bo‘ladi — sust
darajadan to sezilarli darajagacha boradi);
— isitmali og‘ir holatlar, jumladan, bezgak;
— nefrotik sindrom, ba’zida bu diabet nefropatiyasining oqibati
bo‘ladi;
— piyelonefrit va glomerulonefrit;
— giрertenziya;
— gematuriya bilan davom etadigan holatlar.
F. Soxta musbat natijalar. Тekshirilayotgan siydikka dezin-
feksiyalovchi moddalar, qin yoki uretra ajralmalari tushib qolganida
natijalar soxta musbat bo‘lib chiqishi mumkin. Juda ishqoriy siydik
ham oqsilga musbat reaksiya berishi mumkin.
6-rasm.
Oqsilni ekspress test-
tilimchalar bilan aniqlash.


40

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish