Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Yodda tutish kerak! Yod ko‘zga tushsa yoki bug‘lari nafas
yo‘llariga o‘tsa, organizm uchun xavfli bo‘ladi. Yod bilan ehtiyot
bo‘lib, yaxshi shamollatib turiladigan xonada ishlash kerak.
Gram usulida bo‘yash uchun 0,25% li safranin eritmasini
tayyorlash.
100 ml eritma tayyorlash uchun zaruriy reaktiv va
jihozlar: 0,25 g safranin; 10 ml 0,5% li etanol; 90 ml distillangan
suv; 100 ml li silindr; 100 ml li qora shisha idish; analitik tarozi
(2-rasm).
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Kerakli miqdordagi spirtni o‘lchov silindri bilan o‘lchab olib,
shisha idishga solinadi.
2. Тarozida safranin tortib olinib, spirtga qo‘shiladi va bo‘yoq
batamom erib ketgunicha aralashtiriladi.
3. Eritma ustiga distillangan suv quyib, suyultiriladi.
4. Shisha idishga yorliq
yopishtiriladi va u uy haroratida
saqlanadi. Reaktiv bir necha oy
davomida ishlatishga yaroqli.
Gram usulida bo‘yash uchun
fuksin eritmasini tayyorlash. 0,5 g
neytral qizil bo‘yoq; 500 ml dis-
tillangan suv; 500 ml li silindr;
500 ml li shisha kolba.
Т a y yo r l a s h t e x n i ka s i :
1. Kolbaga distillangan suvning
yarmi quyiladi.
2. Analitik tarozida tortib
olingan neytral qizil bo‘yoqni


24
kolbadagi distillangan suv ustiga solib, to‘liq eriguncha aralash-
tiriladi.
3. Distillangan suvning qolgani qo‘shilib, yaxshilab aralash-
tiriladi.
4. Shishaga yorliq yopishtiriladi va u uy haroratida saqlanadi.
Eritma bir necha oy davomida ishlatishga yaroqli.
Axlatni tekshirish uchun ishlatiladigan 2 % li yod eritmasi.
100 ml eritma tayyorlash uchun zaruriy reaktiv va jihozlar: 4 g
kaliy yodid; 2 g kristall yod; 100 ml distillangan suv; 100 ml li
silindr; 100 ml li qora shisha idish; qora shisha flakon (kichkinasi).
Т a y y o r l a s h t e x n i k a s i :
1. Zarur miqdordagi kaliy yodid tarozida tortib olinib,
distillangan suvning yarmi solib qo‘yilgan silindr yoki menzurkada
batamom eritiladi.
2. Zarur miqdordagi kristall yod tarozida tortib olinib, kaliy
yodid eritmasiga solinadi.
3. Yod kristallari batamom erib ketgunicha yaxshilab aralash-
tiriladi.
4. Distillangan suvning qolgan qismi qo‘shiladi va yaxshilab
aralashtiriladi.
5. Hosil bo‘lgan eritmani ustiga «Xavfli!» degan yorliq yopish-
tirilgan shishaga quyib olinadi. Qorong‘i joyda uy haroratida saqlanadi.
Reaktiv bir necha oy davomida ishlatishga yaroqli.
6. Kundalik ish uchun eritmaning bir qismi kichkina qora shisha
flakonga quyib olinadi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish