huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shu barobarida barcha odamlar
qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”.
1
Shu o’rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq yana bir masalaga ham
e’tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining
ahamiyati kamsitmagan holda shuni ham aytish joizki, har qanday sharoitda ham
tarbiya sof milli mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti
imkoniyatlarni cheklab quyadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida
tarbiyaning mazmun va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi
asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-
tarbiya ishlari yo’nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy
tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak ahloqiy fazilatlarni
shakllantirishdir. Olimat-ul-Banotning milliy tarbiya an’analari haqidagi ushbu
fikrlarida ham chuqur ma’no bor. “Ota-onalar qo’lida bolalar aziz omonatlaridir.
Shuning uchun ham ularni go’zal tarbiya etmoq, yaxshi xulqlarga o’rgatmoq va
ko’rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin
2
.
tarbiyalangan kishilar dil amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so’zi bilan
ishi bir bo’ladi. Bunday fazilatlilarni shakllantirish birinchi navbatda oilada ota-
onaga hamda qolaversa tarbiyachilarga bog’liqdir.
Shaxs ma’naviyatini, uning dunyoqarashi, insonning tasavvuvr va e’tiqodiga
aloqador ko’nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda oila,-
haqiqiy ma’naviyat o’chog’i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin,
milliy mafkuramizga mos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga avvalo oila
muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga
oshiriladi.
“Yurtimizda har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi I.A. Karimov – Vatan
tushunchasi, avvalo, oilada boshlanadi. Shu bois oila va mafkura tushunchalari
1
I.A.Karimov. O’zbekiston XX asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. //
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6.-T.: O’zbekiston, 1998. 151-bet.
2
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari.. T.: “Universitet”, 1998, 120-bet.
27
chambarchas bog’liqdir. Oilaning jamiyatdagi o’rni, tarbiyaviy-ahloqiy ahamiyati,
qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai-nazaridan
yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz”
1
.
Binobarin jamiyat faqat o’z shaxsiy manfaatini ko’zlaydigan odamlar
yig’indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamoa
bo’lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal
qilishlariga sabab bo’ladi. Bu ayniqsa hozirgi o’tish davrida nihoyatda muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar
yo’lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O’zining vatan deb
atalmish ulug’ bir oilasiga mansubligini his etish tuyg’usi o’z-o’zidan paydo
bo’lmaydi, balki muttasil va izchil g’oyaviy tarbiya samarasi o’laroq, yuzaga
keladi
2
. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat hislari uzluksiz ravishda turli
shakllarda olib boriladigan ahloqiy tarbiyaning g’oyat hilma-xil qatlamlarini
umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o’rtasida hamjixatlik, totuvlik,
o’zaro yordam xislarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida
amalga oshiriladi.Diqqat qilinsa, ta’limning milliy modelida ilgari surilgan
maqsadlarning
mazmun-mohiyatining
aynan
milliy
istiqlol
g’oyasi
va
mafkurasidagi asosiy tamoyillari bilan uyg’unligini anglab olish qiyin emas.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida belgilangan maqsad va vazifalarning to’la
amalga
oshishi
mamlakatimizdagi
ijtimoiy-siyosiy
muhitning
yanada
yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs – komil insonlar vujudga keladi.
Ular hayotiga tomomila boshqacha yondashadilar va boshqacha nigoh bilan
qaraydilar.
Ikkinchidan, milliy model tadbiqi kishining jamiyatda o’z o’rnini topish
jarayonini tezlashtiradi.
“Ta’limning yangi modeli ishga tushgach, - deb ko’rsatgan edi I.A.
Karimov, - insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi. Har
qanday odam ham o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida
jamiyatdan munosib o’rnini topishi kerak...
3
”.
1
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.: “O’zbekiston”, 2000, 23-
bet.
2
Milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsad va vazifalari. T.: “ijod dunyosi”, 2002, 9-bet.
3
Barkamol avlod orzusi. T.: 1999, 179-bet.
2
Begmatov A. Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. T.: 2000
yil, 21-bet.
28
Milliy modelning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning
shakllanishiga olib kelmoqda. Bunday shaxslarningko’payishi jamiyatda ongli
hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi.
Odamlar olomon bo’lib yashashdan bosh tortadilar har bir kishi o’z aqli, o’z
mehnati, o’z xulosasi bilan yashash boshlaydi eng muhimi bunday kishilarga
chetdan xech qanday nopok kuch, buzuq g’oyalar, quruq ishoralar, chaqiriqlar bilan
ta’sir etib bo’lmaydi. Bunday odamlarni o’z tanlagan yo’llari, maqsadlaridan xech
qanday kuch toydira olmaydi. Yuksak g’oyalar odamarni olijanob maqsadlar sari
yetaklaydi. G’oyasi yetuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik
namunalarini ko’rsata oladi
1
.
Prezidentimiz I.A.Karimov yozganidek, “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor
maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan
qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat
sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimiz bebaho merosi, milliy qadriyat va
an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni
tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun
fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh
maqsadidir”
2
.
Fuqarolik jamiyatida shaxsning o’rni masalasi azaldan turli olim va
mutafakkirlar tomonidan o’z davridan uzoqlashgan holda doimo optimal fikr
va xulosalarni yozib qoldirishgan. Xususan, bizning buyuk ajdodlarimizdan
ham ko’pchiligi bu boradagi qimmatli fikr va mulohazalari muhim
ahamiyatga ega ekanligin ular qoldirgan asarlardan o’rganishimiz mumkin
bo’ladi. Shu o’rinda ulardan eng ulug’ vatandoshlarimiz, Abu Nasr Farobiy
va Alisher Navoiylarning ayrim fikr va munosabatlariga murojaat qilib
ko’raylik.,
Adolatli jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati unsurlarining shakllanishiga
doir ulqan ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlardan eng mashxuri Abu Nasr
Farobiydir (873-950 y). Uning fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit
3
Boboyev X. Va boshqalar. Milliy istiqlol mafkurasi va taraqqiyot. T.: “Yangi asr avlodi”, 2001, 3-bet.
29
ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, o’zining muayyan funksiyalariga
ega bo’lib, go’yoki shu vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashganlar
1
Fozillar jamiyatining adolatli bo’lishida va tabaqalar o’rtasidadagi
tavofutlarning saqlanishida adolat huquqiy qategoriya vazifasini bajaradi. Ana shu
jihatdan yondashganda, Farobiyning adolat g’oyasiga nisbatan ishlatgan ta’riflari
Platon talqinlariga yaqindir.
Farobiy orzu qilgan fozil va adolatli jamoaning johil jamoalardan farqi
shundaki. Unda odamlar eng go’zal va yaxshi maqsadlarga hamda umumiy
manfaatlarga erishish yo’lida bir-birlariga yaqindan yordam beradilar. Ko’rinib
turibdiki, Farobiy fozil jamoa qurish uchun insonlarning ma’naviy yuksalishi,
fuqaroviy fazilatlarga ega bo’lishi talablarini ilgari suradi.
Farobiy jamiyat (“ inson jamoasi ”) ning kelib chiqishi xaqida shunday deb
yozgan: “Har bir inson o’z tabiatiga ko’ra shunday tuzilganki, u yashash va oliy
darajadagi yetuklikqa erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtojlik sezadi, uning bir
o’zi esa bunday narsalarni qo’lga kirita olmay-
di. Shu bois ularga ega bo’lishda kishilik jamoasiga ehtiyoj tug’iladi…. Shu sababli
yashash uchun zarur bo’lgan. Kishilarni bir-biriga yetqazib beruvchi va o’zaro
yordamlashuvchi ko’b kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha
intilgan yetuklikqa erishuvi mumkin”
Farobiy insoning o’zini “ siyosiy mavjudot” sifatidagi o’rniga quyidagi
ta’rifni bergan edi: “Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos
“insoniylik” dir. Shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari
tufayli o’zaro tinchlik yashomoqlari lozim”.
Farobiy X asrning boshlaridayoq adolatli fuqarolik jamiyatning sodda va
oddiy modeli loyixasini quyidagicha ta’riflagan : “ Madaniy jamiyat va madaniy
shahar (yoki mamlaqat) shunday bo’ladiki, shu mamlaqatning aholisidan bo’lgan
har bir odam qasb-xunarda ozod, hamma bab-barobar bo’ladi, har kim o’zi istagan
yoki tanlagan qasb-hunar bilan shug’ulladi. Biri ikkichiga xo’jayin bo’lmaydi.
2 Farobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shaxri.-T. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr. 1993. 189-bet.
30
Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya’ni, podshox)
bo’lmaydi. Ular orasidagi turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo’ladi”
1
.
Kurinib turibdiki, mutafakkir ilgari surgan “madaniy jamiyat”ning asosiy
belgisi fukoralik jamiyatining eng asosiy unsurlaridan biri-inson erkinligi
bo’lganligi bilan xam axamiyatlidir.Shu bilan birga,”madaniy jamiyat” va
“madaniy shahar”(bunda “shahar” davlat manosida ishlatilmokda-K.M.) xalkining
erkin ravishda o’zlari xoxlagan qasb-xunar bilan shug’ullana olish huquqlariga ega
bo’lishi fuqoralik jamiyatining muhim unsurlaridan biridir.
Ma’lumki, fukoralik jamiyatining muxim institutlaridan biri- fukoarolarning
erkinlik huquqi asosida o’tqaziladigan saylovlardir. Saylovlar davrida fukoralar o’z
xoxish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini ruyobga chiqarish va muxofaza
kilishda xakikiy shart-sharoit, huquqiy zaminga ega bo’ladilar. Bu qabi jamiyatda
inson huquqlari va erkinliklari har tomonlama himoya kilinadi. Hozirgi davr
vakillik demokratiyasining ana shu muxim unsuri xam Forabiy etiboridan chetda
kolmagan. Mutafakkir shunday deb yozgan: ”Ularning o’zlaridan saylangan raxbar
yoki boshqalar hokimi mutloq bo’lmaydi. Ular odamlar ichida ko’tarilgan,
sinalgan, eng oliyjanob, raxbarlikqa loyik kishilar bo’ladilar. Shuning uchun
bunday raxbarlar o’z saylovchilarini to’la ozodlikqa chiqaradilar, ularni tashki
dushmandan muxofaza kiladilar. Bunday raxbarlar xammaga barobar munosabatda
bo’ladilar, hatto xammaning manfaatini o’zlarining manfaatlaridan ortiq ko’radilar,
umumning manfaati uchun o’zlaridagi kuch-g’ayrat va boyliklarni ayamaydilar”
2
Forobiy ijtimoiy-siyosiy talimotining eng muxim kismi jamiyat, uning tarkibiy
tuzilishi, paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy sabablari xamda
shart-sharoitlari, shuningdek amal kilishning ijtimoiy-huquqlari meyorlarini tatkik
kilishga bagishlangan. Farobiyning adolatli fozil jamiyat xakidagi talimoti uning
falsafiy va siyosiy qarashlari bilan uzviy boglik bo’lib, bu uziga xos jixatlari
shundaki u jamiyat, davlatchilik va huquqiy masalarining yechimlarini topishda
muxim urin tutadi, bu soxaga doir ilmiy tatkikotlar uchun umumiy uslubiytamillar
vazifasini bajaradi.
1
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri 1993 190-b.
2
O’sha joyda.
31
Forobiy uz dvridagi turli mamlaqatlar hayotiy faolyatiga,ularning boshqaruv
usullariga baxo berar eqan, u uz tasavuridagi muqammal jamiyat va davlatning
oliy maksadi-insonlarning tom ma’noda baxt-saodatga erishuvi yulidagi
maksadlaridan kelib chiqadi. Albatta xozirgi davrda davlat va jamiyat bosh
maksadi-xalk farovonligi e’tibor bersak, bu masalini xal kilish yuli bundan salqam
ming yil ilgari mutafakkir tomonidan kashf etilganligiga guvoh bo’lamiz.
Yukoridagi taxlillar umumlashtirilganida, Abu Nasr Forobiy fozil jamiyatga
doir ta’limotining asosiy yunalishi komil insonni shakllantirishga, insonning
ma’naviyatli va axlokli bo’lishiga yugrilganliganik sezilib turadi. Shuningdek, u
fozil va adolatli jamiyat kurish uchun xukumdor va davlat mansabdorlarining
ma’naviy dunyosi yuksak bo’lishi lozimligini o’z nazariy izlanishlarida har
tomonlama isbotlab bergan
1
.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501 yy.) o’z asarlarida fozil
jamiyat kurishga doir boy ilmiy meros koldirdi. Alisher Navoiy xam fozil jamiyat
tashkil jtish uchun adolatli xukumdor, ya’ni «a’hli ma’niga» mansub bo’lgan
xukmdorlarni ulug’laydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan nohaqliklar,
adolatsizliklarni esa qoralaydi.
Xakikiy insoniy fazilatlar-adolat, mexru muruvat, mexnatsevarlik, to’g’risuzlik,
vatanparvarlik, xalollik, insonparvarlik, qaxramonlik qabi fazilatlarning ijobiy
jixatlarini keng va chukur ochib beradi.
Alisher Novoiyning qarashicha, adolatli jamiyatni yuksak fazilatli, ma’naviyatli
insonlargina barpo etishlari mumkin. Shuning uchun xam mutafakkir inson
ma’viyatini yuksaltirish asosida fozil jamiyat kurish g’oyalarini ilgari suradi. U
insoniyatni ikkiga -«axli ma’ni» va «axli surat» ga bo’lib, ularning har birini
chukur tariflab beradi.
«Axli suvrat»-bu toifaga mansub kishilar insoniy munosabatlarning faqat shakli
shamoiliga muxim e’tibor beradilar. Ularga viqorli bo’lish, kibrlanish, zeb-ziynatga
berilish, o’zgalarga zulm o’tqazishdan huzurlanish mansubdir. «Suvrat axli» uchun
dunyoni qalban anglash, ezgulik xis-tuygulari butunlay yotdir. Ular insoniy
1
M.Qirg’izboyev. Fuqarolik jamiyat: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi.T. “O’zbekiston” 2010y 23-b.
32
munosabatlarining faqat tashki ko’rinishlarini tan oladilar, mohiyat va mazmunga
kirib bora olmaydilar. Ularning asoasiy xususiyatlaridan biri taqlidchilikdir. Bu
toifadagi kishilar kuchlilar oldida qul, ojizlar uchun zulmkor. Ular maslaksizliklari
tufayli faqat bugungi kun huzr-halovati bilan yashaydilar, bu bilan u dunyolarni
kuydiradilar. «Suvrat axli» diniy amallarni xam faqat qurquv va u dunyodagi
moddiy lazzatlanish ilinjida bajaradilar. Bunday insonlar faqat johil jamiyatni xush
ko’radilar
1
.
«Axli ma’ni» -yuksak tafakkur sohiblaridir. Ularning ma’niligi shundaki, bu
toifa insonlar uchun aql-idrokli bo’lish turli munosabatlarning mohiyat va
mazmunini anglash xosdir. Bu qabi insonlar o’z extiyoj va manfaatlarini
o’zgalarniki bilan uygunlashgan xolda idrok qiladilar. Jamiyat va xalk uchun
xizmat kilish va yashashdan lazzatlanadilar. Ular har bir xati-haraqat va
vokeylikning oqibatini o’ylab ish tutadilar, bu dunyoning kisqa va o’tkinchi
eqanligini chukur his kiladilar. «Axli ma’ni» Yaratganning ato etgan tafakkurlash
fazilati vositasida dunyoni anglashga, bu yulda ilm-fanni egallashga va ma’rifatli
bo’lishga intiladilar. Ularning bosh maksadi Yaratganga yetishish. Bu toifaga
mansub bo’lish uchun inson erkin, dovyurak, xaqiqatparvar, burch va mas’ulyatni
xis etuvchi, qamtar, kuch va tayzik ishlatishdan holi, xalk va din uchun fidoya,
iymonli, hayoli, o’zga inson uchun xamdard, har qanday zulmga qarshi boriladigan,
adolat oldida har qanday boylik, izzat-nafs va manfaatlardan voz kecha oladigan,
o’z fikriga ega bo’lishi lozim.
Ko’rinib turibdiki, «Axli ma’ni »ga mansub bo’lish, ya’ni yuksak ma’naviyat
soxibi bo’lish insonning eng oliy orzusidir. Alisher Navoiyning bu talkinini
anglagach, chukur xis etgan har bir kishi uchun ma’naviyat - bu inson mazmuni va
mohiyatini tashkil yetuvchi hodisadir. Dunyodagi insoniyatning jamiyat sifatida
yashab turishini ta’minlovchi qudratli tutqilar xam, insoniy rivojlanish yoki
umuman sivilizasiyaga erishuv, uni barkoror ushlab turivuchi va yanada
takomilashtirivchi beqiyos va hadsiz kuch xam ma’naviyatdir
2
. Demak mana
1
M.Qirg’izboyev. Fuqarolik jamiyat: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi.T. “O’zbekiston” 27-b.
2
M.Qirg’izboyev. Fuqarolik jamiyat: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi.T. “O’zbekiston” 28-b.
33
shunday shaxslarning kamol topishi fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun eng
muhim omillardan biri ekanligini, shuningdek, bunday insonlarni tarbiyalash va
kamol toptirishga har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |