O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Chakana turagentlarni rag„batlantirish



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

15.2.Chakana turagentlarni rag„batlantirish. 
 
Chakana turistik firmalarni rag‗batlantirish vazifalariga quyidagilar kiradi: o‗z 
savdo faoliyatlari ob‘ektlari tarkibiga yangi turistik xizmatlarni kiritganliklari uchun 
ularni rag‗batlantirish, raqobatchilar tomonidan amalga oshirilayotgan rag‗batlantirish 
choralarining oldini olish, chakana firmalarda hamkorlikka tarafdorlikni shakllantirish
o‗z takliflari bilan yangi savdo nuqtalariga chiqish. 
Rag‘batlantirish vositalari: 

belgilangan kvotalardan ortiqcha sotilgan turistik sayohatlar uchun oshib 
boruvchi komissionlar belgilash; 

guruhli sayohatlarga sotishlar hajmi oshgan hollarda, ayniqsa, nomavsum 
paytlarda e‘lon qilingan narxlardan chegirmalar berish

safar davomida turistik guruhni kuzatib boradigan chakana firmalar xodimlariga 
bepul xizmat ko‗rsatishni taklif qilish; 

chakana turagentliklar vakillariga vakillik suvenir-sovg‗alarini taqdim yetish; 

turlar sotilishining imtiyozli shartlarda amalga oshiriladigan turistik birjalarini 
o‗tkazish(birinchi qo‗l huquqi, tabiiyki, e‘lon qilingan narxlarga nisbatan arzon 
tariflar va chegirmalar); 

potensial hamkorlar orasida kataloglarni tarqatish

chakana turistik firmalar xodimlari uchun bepul yoki e‘lon qilingan narxlardan 
yuqori darajadagi chegirmalar (75%) asosida tanishtiruv (reklama-ma‘lumot) 
safarlarini tashkil qilish. Bunday safarlar davomida reklama turlari qatnashchilari 
uchun turizm industriyasi, turistik ob‘ektlar bilan tanishtirishni o‗z ichiga 
oladigan dasturlar tashkil qilinadi, maxsus reklama-ma‘lumot seminarlari 
o‗tkaziladi. 
Tanishtiruv sayohatlari hozirgi turizm bozorida me‘yor bo‗lib qolgan. Turagentlar 
uchun tanishtiruv sayohatlarini tashkil qilishning bir necha prinsiplarini sanab o‗tamiz: 


124 

bunday safarlar guruhlar direktorlari orasida emas, balki bevosita turlarni 
sotadigan menejerlar orasida (turagentliklar xodimlaridan) shakllantiriladi; 

odatda, bunday turlarga o‗zlarini ko‗rsata olgan hamkorlar taklif qilinadilar

bunday safarlar nomavsum mahali (mavsum boshlanishi oldidan) tashkil 
qilinadi; 

tur dasturiga qabul qilishning moddiy bazasi hamda boshqa barcha asosiy va 
qo‗shimcha xizmatlar bilan tanishuv kiritiladi; 

bunday safarlarda standart guruh odatda 15-20 kishini tashkil qiladi

safarning standart davomiyligi - 1 hafta; 

safar qatnashchilari faqat aviachiptalargagina pul to‗laydilar (bunday turlarni 
barcha xizmatlar bepul ko‗rsatiladigan rag‗batlantiruvchi turlar bilan 
chalkashtirish kerak emas); 

tanishtiruv safarida qatnashgan aniq firmalardagi sotish natijalarini kuzatib 
borish amalga oshiriladi. 
Rag‗batlantirish choralari umumiy marketing strategiyasi va nisbatan samarali 
vositalarni tanlash asosida rejalashtiriladi. Reklama faoliyati kabi sotishni rag‗batlantirish 
tadbirlari ham taqvimiy muddatlarda amalga oshiriladi. Bu muddatlar ham milliy, ham 
xalqaro turizmda keyingi yilda yirik turistik voqealar muddatlari bilan mos keladigan 
turistik safarlarning faol sotilish davri bo‗lishi mumkin. Rag‗batlantirish tadbirlari 
ma‘lum harajatlar bilan bog‗liq bo‗lganligi tufayli ularni amalga oshirish uchun tegishli 
smetalarni tuzishni talab qiladi. Ajratiladigan mablag‗ miqdori, ko‗pincha, firmaning 
umumiy oboroti yoki daromadlaridan foizlar hisobida aniqlanadi. Bunda avvalgi yillar 
harajatlarini aniqlash kriteriysi bo‗lishi mumkin. 
Sotish tadbirlarini yo‗lga qo‗yish bilan bir qatorda uning samaradorligini ham 
hisoblab borish lozim. Buning uchun turistlardan so‗rovlar usuli, sotilgan turistik 
xizmatlar hajmining o‗tgan yilgi ko‗rsatkichlari bilan solishtirma tahlili kabilardan 
foydalaniladi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish