O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

15.3.Turizmni tashviqot qilish. 
Turistik safarlarning sotilishini faollashtirish uchun sotishni rag‗batlantirish 
tadbirlari bilan bir qatorda turistik tashviqot ham bo‗lishi mumkin va lozim. Hozirda bu 
faoliyatni PR - pablik rileyshnz (publik relations) yoki pablisiti (publi-kity), ya‘ni jamoat 
fikrini shakllantirish deb atashadi. 
Tashviqot turistik firmaning mavjud yoki potensial mijozlari eshitishi, ko‗rishi 
va o‗qishi mumkin bo‗lgan barcha ma‘lumot tarqatish vositalarida joy va vaqtning pul 
to‗lanadigan emas, balki tahririyat orqali foydalanishini o‗z ichiga oladi. Bundan tashqari 
tashviqot - bu yana xizmat ko‗rsatish va turistik korxonaning ijobiy obrazini yaratadigan 
ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va unda qatnashish ham demakdir. 
Turistik tashviqot manfaatdor mamlakatlar, regionlar, turistik markazlarga turistik 
safarlarni ommalashtirish, turistik firma, korxonalar mavqeini oshirish uchun qo‗llaniladi. 
Faoliyatning bu ko‗rinishi jamiyatda turfirma va uning faoliyat yo‗nalishlari haqida 
tushuncha hosil qilishni, turistik imidjni shakllantirishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. 
Shu bilan birga firmaning yaxshi nomga ega bo‗lishi ta‘minlash vazifasi ham qo‗yiladi. 
Bu vazifani hal etish uchun bir necha vositalardan foydalaniladi: 
Bilish - hodisaviy harakteridagi ma‘lumotlarni joylashtirish va turistik xizmatlar 
va turistik obektlarga kitobxonlar e‘tiborini jalb qilish uchun matbuot bilan 
munosabatlarni o‗rnatish va qo‗llab turish. Matbuot bilan munosabatlar turizm 
masalalarini yoritadigan jurnalistlarni taklif qilish, tanlangan yo‗nalish bo‗yicha firma 


125 
hisobidan safarlar uyushtirish, turli qabullar, seminarlar, matbuot konferensiyalariga 
taklif qilish orqali o‗rnatiladi. 
Umumfirma kommunikatsiyasi
-jamoatchilikning firma xususiyatlari bilan 
nisbatan 
chuqurroq 
tushunishini 
ta‘minlashga qaratilgan faoliyatdir. Bunday 
kommunikatsiyaga firmaning xayriya tadbirlarida, jamoat jamg‗armalarida qatnashishi, 
shuningdek, homiylik qilishi misol bo‗la oladi. 
Mahsulot tashviqoti
- ma‘lum turistik xizmat, dastur, 
yo‗nalishlarni 
ommalashtirish bo‗yicha turli ko‗rinishlarni birlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bunday 
tashviqotga turizm, firma kunlarini; "Turizm va sport", "Turizm va ekologiya" kabi 
tashviqot kompaniyalarini o‗tkazish kiradi. 
Lobbizm
–joriy faoliyatning rasmiy organlar kelishishi lozim bo‗lgan masalalarini 
hal etish, qandaydir qonunning qabul qilinishi yoki uning bekor qilinishiga erishish 
maqsadida qonun chiqaruvchi, hukumat va rasmiy mansabdorlar bilan ishlash. 
Maslahat berish
- rasmiy organlarga turizmning jamiyatdagi ahamiyati va turistik 
firma faoliyati masalalari bo‗yicha tavsiyalar berish. 
Tashviqot (PR) jamiyat xabardorligini sezilarli darajada oshiradi va reklamaga 
nisbatan ancha arzonga tushadi, chunki ma‘lumot tarqatish vositalarida na joy, na vaqt 
uchun haq to‗lanmaydi. 
Muvaffaqiyatli tanlangan turizm mavzusi bevosita turizm bo‗yicha mutaxassis 
bo‗lmagan jurnalistlarning keng doirasini qiziqtirib qo‗yishi mumkin. Turizm 
mavzusidagi ma‘lumotlar iqtisodiyot, ijtimoiy muammolar, sanoat, sport, atrof-muhitni 
yoritadigan rubrikalar ostida ham o‗z o‗rnini topishi mumkin. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish