Bog'liq dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI
Ovqatlantirish xizmatlari. Turistlar shahar mehmonxonalariga joylashtirilganda
ularni ovqatlantirish muammo emas. Chunki, turist joylashgan mehmonxonada ham
shaharning har bir ko‗chasida ham turistning ehtiyojini qondiradigan restoran, kafe,
oshxona va choyxonalar bor.
Shaharlar mehmonxonalarda joylashgan turistlarni ovqatlantirishda xalqaro
me‘yorlardagi takliflar quyidagicha:
a) to‗liq pansion – 3 marta ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat);
b) yarim pansion – 2 marotaba ovqatlanish (nonushta – tushlik, nonushta – kechki
ovqat yoki tushlik – kechki ovqat);
v) faqat nonushta;
g) faqat tushlik;
d) faqat kechki ovqatlanish.
Ovqatlanishda xizmatlar shakli qo‗yidagicha:
a) «Shved stoli» - o‗z-o‗ziga xizmat. Bu usulda restoran yoki oshxonala turli-
tuman ovqat xillari tayyorlangan bo‗ladi. Turistlar (mijozlar) o‗zlari hoxlagan ovqat va
ichimlik xillarini hoxlaganlaricha (ehtiyojalariga yarasha) olib yeb-ichishlari mumkin.
Ovqatlanib bo‗lgandan keyin turist (mijoz) idish – tovoqlarni yig‗ishtirmaydi.
b) «Tabldot» - hamma mijozlar uchun faqat bitta menyu tayyorlanadi (mijozlarga
ovqat tanlash huquqi berilmaydi).
v) «A lya kart» - restoran menyusida turistlar hoxlagan ovqat turini erkin
tanlaydilar.
Ovqatlanishning qaysi shakllari bo‗lmasin shaharda va tuman markazlarida
turistlarni ovqatlantirish yuqorida qayd qilganimizdek muammo tug‗diradi. Faqat turistik
marshrutda shaharda (tumanda) ovqatlantirish joyi va sharoitlari yozib qo‗yilsa yetarli
bo‗ladi.
Turistlarni ovqatlantirishdagi muammolar shaharlardan (tumanlardan) uzoq
masofadagi turistik ob‘ektlarga marshrut ishlab chiqishda qiyin vaziyatlarni keltirib
chiqarmoqda. Shaharlardan uzoq masofalarda joylashgan turistik ob‘ektda tunash
muammosi yuqorida keltirildi. Bunday sharoitlarda ovqatlantirish ham ana shu
muammoni takrorlamoqda.
Qayd qilinganlardan quyidagi xulosalar hosil bo‗ladi:
1. Turistik marshrut ishlab chiqishda agar marshrut ekoturizm, ovchilik turizmi,
sarguzasht turizmi yoki g‗orshunoslik va rekreatsiya turizmi mavzulari bo‗yicha ishlab
chiqilganda turistlarni «palatka usuli»da ovqatlantirishni tashkil qilish mumkin. Bu
usulda turistlarni qiziqtirish uchun milliy ekzotika variantini – ya‘ni ko‗chma qozon –
tovoq usulida – «tabiat bag‗rida tabiiylik» sharoitida ovqat tayyorlashda taklif etish va
ovqatlantirish.
2. Qayd qilingan turizm mavzularida turistik marshrut ishlab chiqilganda turistik
makonda – ob‘ektda turistik lager (mavsumiy – palatka usulida) tashkil qilish maqsadiga
muvofiq.
3. Har qanday mavzuda turistik marshrut ishlab chiqishda marshrut davomida
mineral suvlar, termosda issiq choy, sovutilgan choy va ekologik toza sharbatlar
bo‗lishligini ta‘minlash shart.
4.
Turistik
marshrutda
ekskursiyaga
chiqilganda
ekspeditsiya
usulida
ovqatlanishni (konservalar, qotirilgan kolbasalar, tushonkalar va hako..) issiq choy bilan
tashkil qilish mumkin.