Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “QUVNOQ



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “QUVNOQ 
RASTALAR” TASHKIL ETISH 
 
Tuqmirzayeva Iroda
 Oʻzbekiston Milliy universiteti Mintaqaviy iqtisodiyot 
yoʻnalishi 3-bosqich talabasi 
Insonning tejamkorligi, tashkilotchiligi, mehnatsevarligi va boshqa xislatlari 
bolalikdan tarbiyalangan bo'lishi kerak. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi 
bolalarni iqtisodiy tarbiyalash jarayoni maqsadli va tizimli bo'lishi kerak, bu ko'p 
jihatdan bolalarning psixologik-pedagogik tayyorgarligiga bog'liq. Maktabgacha 
yoshdagi bolaning iqtisodiy tarbiyasi uning manfaatlarini qondirish va uning 
imkoniyatlarini, bolalik quvonchini saqlab qolishda qiziqish va aqliy faoliyatni 
rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Iqtisodiyot va maktabgacha ta'lim bir qarashda bir-biridan juda uzoq tushunchalar 
ko'rinadi. Biroq bolalarni kichik yoshidan katta hayotga tayyorlash uni kelgusida o'z 
oyog'ida tik va dadil turishiga, hayotda o'z yo'lini to'g'ri topa olishiga katta zamin 


183 
yaratadi. Shu nuqtayi nazardan, uy-ro'zg'or boshqaruvi iqtisodiyoti san'ati boshlang'ich 
axborot shaklida bolalar uchun taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Bunda bolalarga 
iqtisodiyot to'g'risidagi quyidagi elementar tushunchalarni o'rgatib borish lozim: 
− ularda pulga to'g'ri munosabat o'rgatish; 
− daromad yo'llari va puldan oqilona foydalanish
− o'yinlar yordamida, iqtisodiy muammolar, obyektlar, narsalar, insoniy 
munosabatlar, umuman, murakkab olamga dastlabki qadamlarni dadil qo'yishga 
undash; 
− iqtisodiy (mehnat, tovar, pul, qiymat, narx ) va ahloqiy kategoriyalar (tejamkorlik, 
halollik, iqtisodiyot, qadr-qimmat, saxiylik) o'rtasidagi munosabatni tushuntirish; 
− reklamalarni tushunishga, to'g'ri munosabat bildirishga, uni tahlil etishga o'rgatish;
−real hayotiy vaziyatlarga to'g'ri baho berish, maqsad qo'yishni va uni amalga 
oshirishni o'rgatish. 
Ko'rinadiki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga birlamchi iqtisodiy 
tushunchalar: iqtisodiyot, ehtiyojlar, hayot standartlari kabilarni o'rgatish muhim. 
Biroq buni bolalikdan ajratmagan holda bolalar faoliyatining turlari: o'yin, kognitiv-
tadqiqot, kommunikativ, musiqiy, badiiy idrok, mehnat orqali tasavvur hosil qilishga 
yordam berish kerak bo'ladi. Bunda "Iqtisodiyot nima?" mavzusida bolalar bilan 
birgalikdagi tasavvurlar muhitini yaratish, "Iqtisodiyot haqida nimalarni bilasiz?", "Biz 
nima bilishni istaymiz?" kabi mavzularda suhbatlar, "Daromad haqidagi ilk ertagim" 
rasmlari ko'rgazmasini tashkil etish, teatr haftaligi doirasida iqtisodiy mazmundagi 
mini-spektakllar sahnalashtirilib, didaktik qo'llanmalar qayta ko'rib chiqiladi. 
Bola shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot
jarayonidir. Ma'lumki, o'yin orqali bolada tasavvur olami, anglash kabi psixologik 
tushunchalari kengayadi. Misol tariqasida maktabgacha ta’lim tashkilotining bir kunini 
olib, xonada bolalar uchun jonli bozor rastalari tashkil etsak, bu orqali biz 
tarbiyalanuvchilarda yoshligidanoq, bozor iqtisodiyotini bolaga tizimli ravishda ya’ni 
bosqichma-bosqich o’rgatishga erishamiz. Bu tarbiyalanuvchining aqliy salohiyatini 
teranlashtiradi, nutqiy faoliyatini oshiradi. Pul bilan muomala qilishni, mablag’ni 
to’g’ri sarflashni, bolaning nima xarid qilishiga qarab bola psixologiyasini, uning 


184 
ehtiyojini, bolani yoshlikdan tadbirkorlikka qiziqishini uyg’otamiz, bolani 
ishbilarmonlikka hamda ikki tomonlama munosabatlarni shakllantirishda muolima 
madaniyatini yoshligidan singdirib boramiz. Shu bilan bir qatorda tarbiyalanuvchida 
ko’rish, eshitish, so'zlab berish kabi turli analizatorlari; so’z boyligi, grammatik 
nuqtayi nazaridan to’g’ri gapirish, o’z fikrini to’g’ri ifodalay olishi, talaffuz, temp, so’z 
intonatsiyasi va ifodasi faollashadi shu bilan bir qatorda nutqidagi nuqsonlari 
yaxshilanib boradi, hissiy-idoraviy faoliyati rivojlanadi, hulq-atvori shakllanadi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Quvnoq rastalar” tashkil qilish orqali biz 
tarbiyalanuvchining qanday muhitda o’sayotganligini, qanday jamiyatda 
tarbiyalanayotganligi, atrofidagi insonlar qanday muomila qilayotganligini, oilada 
bolaning o’rnini ham bilib olishimiz mumkin. Tarbiyalanuvchining jonli yarmarkadan 
xarid qilgan mahsulotiga qarab, uning ichki olamini, kim uchun xarid qilishiga qarab 
esa oilada kimni o’ziga yaqin olishini va kimni o’z dunyosidan uzoqda tutishini ham 
bilib olishimiz mumkin. Buning uchun albatta tarbiyachi biroz sinchkov bo’lishi, 
intiutiv bilimlari ya’ni g’oyibona bilishi, oltinchi sezgi orqali bilishi, qalban his qilishi 
lozim deb hisoblayman. O’yin tufayli bolalarda kattalarga nisbatan stress holatlari 
bizor osonroq kechadi.
“Quvnoq rastalar” bolalarga bevosita kayfiyat ulashuvchi makon bo'ladi. Bu 
o'yinda tarbiyalanuvchilardan birini sotuvchi o'rniga, qolganlarini xaridor roliga 
qo'yish mumkin. Tarbiyachi bolalarga “Quvnoq rastalar”imizdan siz ota-onangizga, 
oila a'zolaringizga, o'rtoqlaringizga sovg'alar olishingiz yoki o'zingiz yoqtirgan 
narsalarni o'zingizga olib bering va sovg'a qiling” deb taklif berishi va ularni xarid 
madaniyatiga o'rgatishi mumkin. Xarid jarayonini kuzatish, bolalarning xaridi haqida 
suhbatlashish, fikrlarini tinglash bola “MEN”ini shakllantirishga yordam beradi. 
Xullas, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida haftaning bir kunida “Quvnoq rastalar” 
tashkil qilish bolalarga iqtisodiy bilimni bolalikdanoq o'rgatadi va katta hayotga 
tayyorlaydi.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish