Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan Davlat talablari // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
04.07.2018 y., 10/18/3032/1450-son. 
2. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv dasturi. – Toshkent, 2018. – 
43 b. 
3. Berdiyeva M.M. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini pedagogik 
qo‘llab-quvvatlash asosida intellektual imkoniyatlarini kengaytirish: falsafa doktori. .. 
diss. avtoreferati. – T., 2020. – 46 b. 
4. Babayeva D.R. Tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha katta yoshdagi 
bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish: ped.fan.nom. ...dis.avtoref. – T., 2001. 
– 25 b. 
5. Mamedov K.Q. Maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘quvchilarning aqliy rivojlanish
xususiyatlari: ped. f. dok. avtoref. – T., 2004. – 47 b. 
BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY SIFATLARINI 
RIVOJLANTIRISH 
 
Sadikova D.X. “
Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi 
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy sifatlarini 
takomillashtirishda kompetent yondashuvga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Mazkur jarayon kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun konseptual asosga ega bo‘lib, 
ijodkorlik bilimlari (gnostik), ijodkorlik ko‘nikma va malakalari (faoliyatga 
yo‘naltirilgan komponent), ijodkor shaxs xususiyatlari (shaxs komponenti)ni o‘z ichiga 
oladi.
Ijodkorlik bilimlari – yangi yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan 
tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi 
tizimlangan in’ikosini; ijodkorlik ko‘nikmalari – shaxsning maqsadga yo‘naltirilgan 
ijodiy faoliyatida aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga oshirish 


176 
darajasini belgilaydi. Ijodkorlik malakalari esa shaxsning ijodiy faoliyati reproduktiv 
bosqichlarini qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat 
dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi. Shuningdek, 
ijodkorlik bu tadqiqochilik mazmuniga ega bo‘lib, bo‘lajak tarbiyachilarning 
maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy tafakkurning intensiv rivojlanishidir. 
Bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyaviy 
yondashuvning uch muhim jihatini o‘zida aks ettirishini ko‘rsatdi: faoliyatga 
yunaltirilgan, kommunikativ va shaxsiy. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv 
talabalarda ijodkorlik bilimlari, ijodiy faoliyat usullari va vositalarini o‘zlashtirishni 
ta’minlaydi. Kommunikativ jihat pedagogik muloqotni ijodiy tarzda amalga oshirishga 
doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shaxsiy jihat ijodiy 
tafakkur yuritish, kasbiy refleksiya, kasbiy-pedagogik yo‘nalganlikni o‘zida aks 
ettiradi. 
Pedagogikada ta’limning amaliyot bilan bog‘liqligi haqida ko‘p gapirilgan 
bo‘lsa ham, biroq ta’lim subyektlari (professor-o‘qituvchi va talaba) o‘rtasidagi 
hamkorlikni talabaning hayotiy tajribasiga asoslangan holda aniqlashtirish emas, 
birinchi navbatda, ta’limning amaliy yo‘nalganligi haqida fikr yuritiladi. Agar 
mashg‘ulotlarda ta’limning xilma-xil yangi tizimlari va metodikasidan foydalanilmay, 
axborot manbai faqat pedagogning o‘zi bo‘lsa, professor-o‘qituvchi va talaba 
o‘rtasidagi hamkorlik ta’minlanmasligi va ijobiy natijaga erishilmasligi mumkin.
Bu haqda K.Rodjers to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “ta’lim shaxsiy “Men”ni 
zaruriyatga aylantirish vositasidir. Shaxs o‘zini o‘zi namoyon etishga yordam 
beradigan axborotlarnigina chuqur idrok etadi va yodida mustahkam saqlab qoladi. 
Unga xalaqit beradiganlarni unutib yuborishga harakat qiladi”[1].
Bizningcha, innovatsion ta’lim texnologiyalari bu bo‘lajak tarbiyachilar shaxsini 
rivojlantirishga tartibli yo‘naltirilgan harakatlar, jarayonlar va amaliyotlar to‘plami, 
ularni mustaqil izlanishga, fikrlashga, o‘z ustida ishlashga, bilimini mustaqil ravishda 
boyitib borishga, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan, mehnatini 
baholashga o‘rgatadigan texnologiyadir. Bunday turdagi texnologiyalar individual 
faoliyat uslubini rivojlantirishda tarbiyachilar va bolalarning o‘zaro munosabatidagi 


177 
shakllar va o‘qitish usullarining integratsion birligini tashkil etuvchi pedagogik 
vaziyatlarni tahlil qilishda tashxislangan natijaga instrumental erishish imkonini 
beradi. Talabalar, ya’ni bo‘lajak tarbiyachilarning innovatsion ta’lim texnologiyalari 
asosida kasbiy mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bilim va malakalarni 
egallash davridayoq tizimli holda shakllanib boradi.
S.A.Drujilovning ta’rifiga ko‘ra, “insonning kasbiy sifatlari kasbiy faoliyatning 
samaradorligi va uni o‘zlashtirishning muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi mehnat 
subyektining shaxsiy fazilatlaridir”[2].
So‘nggi paytlarda talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish masalasi o‘qitish 
jarayonida ta’lim mazmunini o‘zlashtirishning standart bo‘yicha natijasi qandayligini 
ifoda etuvchi ko‘rsatkichlarni aks ettirishi hamda shaxs faoliyati va madaniy 
saviyasining qay darajada uyg‘unlashganini namoyon etishi asosiy vazifaga aylandi.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish