Syujetli rolli o‘yinlar davomida bola o‘zining his-tuyg‘ulari, qiziqishlarini, qobiliyati
415
Syujetli rolli o‘yin faoliyatiga o‘rganishda bolalar bir necha bosqichni bosib
o‘tadi;
1-bosqich:
predmetlar bilan manipulyatsiya qilishni o‘rganish davri (1yoshdan
2 yoshgacha);
2-bosqich:
predmetlar bilan alohida amallarni bajarish faoliyatiga o‘tish davri
(2 yoshdan 3 yoshgacha);
3-bosqich:
syujetli rolli o‘yinlar o‘ynash davri(3 yoshdan 6 yoshgacha );
Maktabgacha yoshdagi bola atrof olamni bilish jarayonida rolli o‘yinlar orqali bevosita
kattalar olamiga kirib boradi, dunyoni o‘rganishga intiladi. Kattalarning hayotini aks
ettirgan holda bolalar ularning o‘zaro munosabatlarini
ham namoyish etadilar,
o‘rganadilar, o‘zlashtiradilar.
Masalan: kizaloq qo‘g‘irchog‘ini o‘zi kiyintiradi, ovqatlantiradi, o‘zi shifokor
bo‘lib davolaydi, obrazga kirib g’irchoqning savollariga javob beradi, uning iltimosini
bajaradi, maslahatlar beradi, bola
avtomashinani uzi xaydaydi,uchuvchi bulib
samolyotda uchadi ...
Ta’lim jarayonida tarbiyachi bola shaxsi va uning ma’naviy ehtiyojlarini, har
tomonlama qondirishga yo’naltiradi. Bolalarni syujetli rolli o‘yinlar
vositasida
ahloqiy-estetik tarbiyalash ularni axborot qabul qilish, tushunish va harakatlarni
izohlash ko’nikmalarini shakllantiruvchi ifodali til bilan tanishishiga ko’maklashadi.
Syujetli rolli o‘yinlarning o’ziga xosligi – o’yin (erkinlik, ixtiyoriylik) va badiiy
(tayyorlangan, ongli ravishda his etib ko’rilgan) komponentlarni birlashtirishidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning yosh xususiyatlariga mos, hajmi katta
bo‘lmagan ertaklar asosida syujetli rolli sahnalar qo’yish mumkin.
Bu kichik
ko’rinishlarning har biri ham bolalarda katta taassurot uyg’otadi shuningdek syujetli
rolli o‘yinlar bayram tadbirlariga ham ko’tarinki ruh baxsh etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida syujetli rolli o‘yinlarni sahnalashtirish
jarayonida quyidagi ifoda vositalaridan foydalanish lozim:
kichik guruhda sodda obrazli-ifodali ko’nikmalar, ya’ni ertak hayvonlariga xos
harakatlarini ijro eta olish;
416
o’rta guruhda badiiy obrazli ifoda vositalari, ya’ni
intonatsiya, mimika va
pantomimikaga o’rgatish;
katta guruh bolalarida badiiy obrazli ijro mahoratlarini takommilashtirish;
tayyorlov guruhida ijodiy mustaqillik, nutq va
pantomimika harakatlarini
rivojlantirish.
Tarbiyachi syujetli rolli o‘yinlarni tashkil etish jarayoniga yetarli darajada faol
bo’lmagan bolalarni ham jalb etishi lozim, bu bilan ularga tortinchoqlikni yengib
o’tishlariga yordam beradi.
Syujetli rolli o‘yinlar jarayonida bolalarda o‘zaro do‘stona,
xamkorlik
munosabatlari jamoada o‘zini tutish, umumiy maqsad uchun harakat qilish
ko‘nikmalari shakllanadi, ahloqiy xatti-harakatlar va normalarni oson o‘zlashtiradilar.
Syujetli rolli o‘yinlar jarayonida unda bola o’ynab, quvonadi, atrof olamni o’rganadi,
uning ichki olami boyiydi. Bolada ijodga e’tibor, qiziqish,
intilishning namoyon
bo’lishi uning taassurotlarini yangilaydigan emotsional undovlarni talab qiladi. Bu
borada syujetli rolli o‘yinlarning ijobiy ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin.
Pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan bu kabi faoliyat bola hayotiga yangi
mazmun olib kiradi. Quvonch hissini uyg’otib, barcha kuch va qobiliyatlari, jumladan
nutqiy rivojlanish qobiliyatlarini faoliyatga safarbar qilishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: