Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


TA’LIM MUHITI – BOLALARNING TO‘LAQONLI TA’LIM FAOLIYATINI



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
TA’LIM MUHITI – BOLALARNING TO‘LAQONLI TA’LIM FAOLIYATINI 
TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHARTI 
 
Abduqaxxarova Oyjahon Sultonboy qizi 
Namangan davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaxshi jihozlangan rivojlantiruvchi muhitsiz 
to‘laqonli ta’lim faoliyatini tashkil etish mumkin emas. Axir, uning asosiy poydevori 
– bolalar ta’lim oladigan “Rivojlanish markazlari”dir. Guruhda biron-bir narsa 
shunchaki joylashtirilgan bo‘lishi kerak emas. Guruhdagi barcha narsalar bolalarning 
bilimini oshirishga qaratilgan, pedagogik yoki tarbiyaviy (ahloqiy, estetik) ta’sirini 
bajarishi kerak. Ya’ni, odatdagi oilaviy muhit bilan taqqoslaganda, MTTdagi muhit 
jadal rivojlanib boruvchi, bolaning bilim va qiziqishlari, ixtiyoriy fazilatlari, 
hissiyotlari paydo bo‘lishi va rivojlanishiga turtki bo‘lishi kerak. Maktabgacha 
yoshdagi guruhda subyektiv rivojlanish muhitini tashkil qilish quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: guruhdagi materiallar, jihozlar, inventarlar xilma-xilligi. Imkoniyati har xil 
bo‘ladigan jihozlar qismlaridan foydalanish (bolalar mebellari, matlar, yumshoq 
modullar, ekran va boshqalar); bolalarning yosh xususiyatlariga va “Ilk qadam” 


259 
DO‘Dga muvofiqligi ; atrof-muhitning o‘zgaruvchanligi (ta’lim sharoitiga, bolalarning 
o‘zgaruvchan qiziqishlariga qarab) subyektiv rivojlanish muhitdagi o‘zgarishlarni 
ta’minlaydi; subyektiv rivojlantiruvchi muhitning o‘zgaruvchanligi (o‘yin, 
qurishyasash, yolg‘izlik uchun muhitlar mavjudligi, o‘yin materialining davriy 
o‘zgarishi, bolalarning erkin tanlashni ta’minlash uchun turli materiallar va 
o‘yinchoqlar, bolalarning o‘yin, harakatli, bilim olish va tadqiqot faoliyatini 
rag‘batlantiruvchi yangi narsalarning paydo bo‘lishi); foydalanish imkoniyati (ta’lim 
faoliyati olib boriladigan barcha xonalarning tarbiyalanuvchilar uchun ochiqligi
bolalar faoliyatining barcha turlarini ta’minlaydigan o‘yinlar, o‘yinchoqlar, 
qo‘llanmalardan bemalol foydalanish, materiallar va jihozlarning ishlashi va 
xavfsizligi); muhitning xavfsizligi (uning barcha elementlarining ishonchliligi va 
xavfsizligini ta’minlashi). Bolalarning emotsional farovonligini ta’minlash uchun 
MTTda va guruhda muhit qulay, deyarli uyday bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lgach, 
bolalarning o‘zlashtirishi tezlashadi, ular o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etadilar. 
Qulay muhit – bu bolaga qiziqarli va sevimli faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin 
bo‘lgan qulay va ishonchli muhit. Ta’lim muhitining mavjudligini kiyinish xonasiga 
kirishdanoq ko‘rish mumkin: “Guruh burchagi” va “Ota-onalar burchagi”, bu yerda 
ota-onalar uchun juda ko‘p foydali, zarur ma’lumotlar mavjud: ta’limiy faoliyat 
jadvali, kun tartibi, ota-onalar uchun foydali maslahatlar va boshqalar. Nega biz ota-
onadan boshladik? Har bir pedagog ushbu joydan bolalarning ta’lim faoliyatida ota-
onalar bilan hamkorlik qilish uchun to‘liq foydalanishi mumkin: haftaning mavzusini 
ilib qo‘yish, bola bilan suhbatlashish uchun mavzularni tavsiya etish va uyda bola bilan 
qanday ta’lim-tarbiyaviy ish olib borishni taklif qilish. Shuningdek, guruhga kirish 
xonasida bolalarning ijodiy ishlari ilingan stendlar mavjud: rasmlar va qo‘l mehnatlari 
ko‘rgazmalari. Farzandining ishini ko‘rib, ota-ona uni maqtaydi va shu bilan o‘ziga 
bo‘lgan ishonchini oshiradi. Har bir bolalar shkafida alifbo harflari tasvirlangan belgi 
qo‘yiladi – bola 3 yoshdan harflarni bexosdan eslab qoladi. Guruh xonasining kirish 
qismida “Xavfsizlik burchagi” joylashgan. Unda yong‘in xavfsizligi, ko‘chada va uyda 
bolalarning xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan. 
Bola yana ma’lumotni vizual tarzda oladi. Guruh xonasidagi “Til va nutq” markazida 


260 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining portreti, “Sharqning buyuk siymolari”, 
davlatimiz ramzlari aks etgan albom, “O‘zbekiston shaharlari”, “Ona zamin tabiati” 
aks etgan fotosurat va rasmlar, amaliy san’at asarlari va boshqalar mavjud. Ushbu 
burchak har doim guruhda bor. Bolalar albomlar, rasmlarni ko‘radilar va o‘zlariga 
kerakli ma’lumotlarni oladilar va eslab qoladilar. Pedagog faqat haftaning mavzulariga 
va muhim sanalarga qarab materialni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirishi mumkin. Sport 
burchagi tarbiyalanuvchilarni harakatdagi ehtiyojlarini qondirish va ularni sog‘lom 
turmush tarzi bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Buning uchun zarur barcha jihozlar 
mavjud: gimnastika o‘rindiqlari, zinapoyalar, katta va kichik to‘plar, sakrash arqonlari, 
halqa, gimnastika tayoqlari, keglilar va nostandart jihozlar: tasmalar, rangli bayroqlar, 
qum qopchalari. Bola sport anjomlaridan foydalanadi va jismonan rivojlanadi. 
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim faoliyatini mavzuviy rejalashtirish” har bir 
yosh guruhlari uchun oyning mavzularini, haftaning mavzularini aks ettiradi va beshta 
rivojlantirish markazlarida ta’limiy faoliyat tashkil etiladi:
“Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika” markazi, “Syujetli-rolli 
o‘yinlar va sahnalashtirish” markazi, “Til va nutq” markazi, “Ilm fan va tabiat” 
markazi, “San’at” markazi 
Gap ular ko‘tara oladigan mavzuning ahamiyati haqida ketyapti. Masalan, 
haftaning mavzusi – “Qo‘shni davlatlar”, bolalar to‘liq tushunishi qiyin juda keng 
mavzu. Bir hafta davomida barcha kerakli atributlar bilan “Qozog‘iston”, “Tojikiston” 
kabi qo‘shni davlatlar haqida markazlarda ko‘rgazmalar tashkil qiling. Bu bolalarga 
bo‘sh vaqtlarida qo‘shni davlatlar to‘g‘risida ko‘proq bilib olishga, madaniyatlar va urf 
odatlarning farqlari va o‘xshashliklarini, xalq san’ati go‘zalligini tushunishga yordam 
beradi. 
.Biz bo‘lajak tarbiyachi pedagoglar bolalarning to‘laqonli ta’lim faoliyatlarini 
tashkil etish uchun rivojlantirish markazlari haqidagi tushunchalarimizni 
mustahkamlashimiz zaruriy shartlardan hisoblanadi. Chunki,oldimizda turgan 
pedagogik amaliyot jarayonlarini to‘laqonli va sifatli o‘tashimizda rivojlanish 
markazlari va unda olib boriladigan faoliyatlar mazmuni haqidagi tushunchalarni puxta 
bilish biz uchun muhimdir. 


261 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish